1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi
Download 0.6 Mb.
|
2 маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALTda konstruktorlik hujjatlarni bajarishni va ishlab chiqishni avtomatlashtirish (KХA)”
Savollar
Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlarini aytib bering. Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuvni bayon qiling. Pasayuvchi va ko'tariluvchi loyihalashlarning mohiyatini izohlang. Tashqi va ichki loyihalashlar mohiyatini izohlang. Loyihalanayotgan ob'yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasini bayon qiling. ALTda loyihalash rejimlarini aytib bering. 2-ma’ruza Mavzu: “ALTda konstruktorlik hujjatlarni bajarishni va ishlab chiqishni avtomatlashtirish (KХA)” Savollar: Umumiy ma’lumotlar. KХA tizimini qurishning strukturasi va asosiy prinsiplari. Loyihalashga yondashish. Geometrik modellashtirish va grafik ma’lumotlarni tashkil etish. Geometrik ob’ekt modellarini va geometrik tasvirlarni yaratish usullari. Geometrik ob‘ekt modellarini va geometrik tasvirlarni yaratish usullari. AutoCAD grafik tizimida ikki o‘lchamli modellashtirish asoslari. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning asosiy komponentlaridan biri loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi (ALT) – uslubiy va informatsion tashkillashtirilgan strukturadir. ALT ga loyihalash masalalarini echishga mo’ljallangan maxsus qismlar (masalan, muhandislik hisoblari. ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ishlab chiqarish, konstruksiyalash va boshqalar) kiradi. Konstruksiyalash masalasi (konstruksiyalash deb konstruktorlik hujjatlarda amalga oshirilgan dastlabki hisoblar asosida konstruksiyani ishlab chiqish tushuniladi) ALTning muhim va sermashaqqat masalalaridan biridir. Uning echimi konstruktorlik hujjatlarni bajarish va ishlab chiqishni avtomatlashtirish (KХA) grafik tizimi yordamida amalga oshiriladi. KХA grafik tizimini ishlashini ta’minlash vositasi sifatida geometrik ob’ektlarni (GO) va ularning grafik tasvirlarini (GT) kompyuter yordamida yaratishni va tahlil qilishni ta’minlovchi kompyuter grafikasi xizmat qiladi. Konstruktorlik faoliyatida kompyuterni elektron kulman sifatida qo’llash buyumni yasash bilan bog‘liq bo’lgan konstruktorlik va boshqa grafik hujjatlarni tayyorlashda juda katta yordam qiladi, ishlab chiqarish muddatini qisqartirib, ish sifatini oshiradi. Bu ayniqsa parametrlarini boshqarish mumkin bo’lgan buyumlarni konstruksiyalashrda va bir xil tipdagi (tipovoy) konstruksiyalarni yasashda juda qo’l keladi. Loyihalashtirilgan buyumlarning uch o’lchamli geometrik modelini yaratishga asoslangan konstruksiyalash jarayonini, hamda buyumlarni ishlab chiqarishga tayyorlashni avtomatlashtirish o’z ichiga quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: -mustahkamlik va kinematik hisoblash; -joylashtirish (kompanovka) va buyumlarni texnologik yig‘ish; -detallarni tayyorlash va boshqalar. Shunday qilib, geometrik ob’ekt modeli ob’ekt geometriyasi haqidagi ma’lumotlarni o’zida jamlab, ob’ektning ikki o’lchamli geometrik modelini hosil qilishda, hamda uni yasash bilan bog‘liq texnologik parametrlari va tasniflari hisoblarini bajarish uchun qo’llaniladi. Хulosa shuki, geometrik modellashtirish - bu avtomatlashtirilgan konstruksiyalash va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yadrosidir.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling