Ob’ektlarning aks ko’rinishini hosil qilish
“Zerkalo” (Mirror) buyrug‘i ob’ektlarning aks ko’rinishini biror o’qqa nisbatan hosil qiladi.
Bu buyruqni asosiy menyuning “Izmenit” (Modify) bo’limi menyular ro’yxatidan tanlash bilan, jihozlar panelidan tugmasini bosish yoki buyruqni buyruqlar qatoridan kiritish bilan faollashtirish mumkin.
Ob’ektning aks ko’rinishini hosil qilish buyrug‘ining bajarilish ketma-ketligi quyidagicha:
Komanda: ZERKALO (“Enter” tugmasini bosing)
Pervaya tochka osi otrajeniya: (aks tasvirni hosil qilish o’qining birinchi nuqtasini
kiriting yoki kursor yordamida belgilang)
Vtoraya tochka osi otrajeniya: (aks tasvirni hosil qilish o’qining ikkinchi nuqtasini
kiriting yoki kursor yordamida belgilang)
Erase source objects? [Yes / No] : (“Boshlang‘ich ob’ekt o’chirilsinmi? [Ha / Yo’q]” so’roviga avtomatik ravishda “Net” so’zining bosh harfi “N” kiritilgan, boshlang‘ich ob’ektni o’chirish uchun esa “Da” so’zining bosh harfi “D” kiritilib, “Enter” tugmasini bosing).
Do'stlaringiz bilan baham: |