1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Download 1.96 Mb.
bet6/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

Simli aloqa o‘qi – bu usulda aloqa tashkil qilinganda katta boshqaruv punkti bir necha bo‘ysunuvchi boshqaruv punktlar bilan bitta simli liniya orqali bog‘lanadi.
Bu liniya o‘zining yoki bironta bo‘ysunuvchi birlashma (qism) boshqaruv punktlarining harakat yo‘nalihida yotqiziladi.
Simli aloqa o‘qida odatda tayanch (yordamchi) aloqa tugunlari tashkil qilinib, ulardan katta shtab va bo‘ysunuvchi birlashma (qism) boshqaruv punktlariga bog‘lanish liniyalari yotqiziladi. Yo‘nalishli aloqaga nisbatan o‘q bo‘ylab simli aloqa kuch va vositalari sarfini sezilarli kamaytiradi, aloqa o‘rnatishni tezlashtiradi va kanallar bilan manyovr qilish imkonini beradi.
Usul kamchiligi esa shundaki, bir necha bosharuv punktlari orasidagi aloqa o’q liniya holatiga bog’liq. O’qninig o’tkazish qobiliyati o’qli liniyaning hajmiga bog’liq.
Simli aloqa mudofaa paytida, hujumga tayyorgarlik paytida va qo’shinlar bir joyda joylashgan vaqtda tashkil qilinishi mumkin. Hujumda simli aloqa qo’mondonlik punkti bir joyda joylashgan vaqtda ichki aloqani ta’minlash uchun tashkil qilinishi mumkin.
Aloqa liniyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Harbiy aloqa liniyasi harbiy aloqa tizimi elementi bo’lib, u umumiy tarqalish muhitiga, liniya va (yoki) antenna-machta inshootlariga hamda ularga xizmat ko’rsatish qurilmalariga ega bo’lgan, harbiy aloqani birlamchi tarmoqlarining guruhli traktlari kanallarini hosil qilinishini ta’minlaydi.
To’g’ri aloqa liniyasi boshqaruv punkti aloqa tugunlari, yordamchi aloqa tugunlari va (yoki) harbiy aloqa abonentlari orasida bevosita yoyilgan harbiy aloqa liniyalari.
Bog’lanish liniyasi boshqaruv punkti aloqa tuguni yoki yordamchi harbiy aloqa tugunini, tayanch aloqa tuguni yoki bog’lovchi aloqa tugunlari bilan ulovchi harbiy aloqa liniyasi.
Harbiy aloqa tugunining ulovchi aloqa liniyasi aloqa tuguni elementlarini va alohida apparatxonalarni (stansiyalarni) bir biri bilan o’zaro bog’lovchi harbiy aloqa liniyalari.
Harbiy abonent liniyasi abonentlarning oxirgi qurilma vositalarini aloqa tuguni elementlari bilan bog’lovchi harbiy aloqa liniyasi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling