1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja
Dala aloqa liniyalarini yoyishga joy relyefining ta’siri
Download 1.96 Mb.
|
HTUT mavzular (optika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil dala aloqa kabellarining mo’ljallanishi va TTK. P-274M kabeli tavsifi
- P-268 yengil dala aloqa kabeli tavsif i
Dala aloqa liniyalarini yoyishga joy relyefining ta’siri.
Dala aloqa kabellari yer sathi bo’yicha bevosita tuproq ostiga yoki avval yer sathi bo’yicha yotqizilib keyin tuproq ostiga yotqiziladi (kombinasiyalangan uslub). Kabel yotqizish uslubi quyidagilar bilan belgilanadi: jangovar vaziyat sharoitlari, vaqt mavjudligi, mexanizasiya vositalari, joy relyefi, tuproq holati, ob-havo sharoitlari. Liniya trassasi kabel yotqizilgandan so’ng qo’shimcha niqoblanadi. Ayniqsa aloqa tarmog’iga kirishga yaqinlashgan liniya uchastkalari mukammal niqoblanadi. Kabelning shosseyli va temir yo’llardan o’tishi, odatda, suv oqar quvurlardan, ko’priklardan, kavlab tayyorlangan o’tish joylaridan yoki shpalalar orasidan, kamida 10 sm chuqurlikda ko’miladigan holda amalga oshiriladi. Tuproq yo’llardan o’tish, odatda, qo’lda chuqurligi kamida 1 m li transheya (ariq) qazish, unga po’lat, asbet-sementli quvurlarni yoki yog’och navlarini yotqizish bilan amalga oshiriladi. Havodan o’tish yo’li qurilganda osma kabel tuproqli yo’l sathidan 6 m balandlikda o’tkaziladi. Kabelni suv to’siqlaridan o’tkazishda ularning xarakteriga (kenglini, chuqurligi, suv oqimi tezligi, kema qatnovining mavjudligi), yotqizish vaqti, texnik vositalarning mavjudligiga bog’liq holda daryo tubiga kabel yotqizgich yordamida ko’mish yoki suzuvchi vositalardan turib daryo tubi bo’yicha amalga oshirish mumkin. Tog’larda kabel yotqizish odatda, yo’l va so’qmoqlar bo’ylab amalga oshiriladi. Daralardan o’tishda kabel daraning ikki tarafiga mustahkamlangan trossga osiladi. Kabelni ochiq joyda chaqmoq razryadidan himoyalash maqsadida uni alohida turgan jismlar (daraxt, alohida daraxtzor ,ustun va boshqalar) dan kamida 25m uzoqlikda yotqizish kerak. Kabelni yoritish tarmoqlari ustunlariga osish ta’qiqlanadi. Yengil dala aloqa kabellarining mo’ljallanishi va TTK. P-274M kabeli tavsifi P-274M yengil dala aloqa kabellari dala sharoitida vaqtincha aloqani ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ular yengilligi, ko’p marta foydalanilishi bilan farq qilib, qisqa muddatlarda yotqizish, montaj qilish va yig’ishtirib olish imkonini beradi. P-274M kabeli boshqaruv punktlarining ichki aloqa tarmoqlarida abonent liniyalarini tashkil etish va radiostansiyalarni 5…7 km gacha masofadan boshqarish uchun mo’ljallangan. Abonent liniyalarining uzunligi shleyf qarshiligi 1200 Om bo’lganda mahalliy batareyali (MB) rejimda 15....20 km, markaziy batareyali (SB) rejimda 8 km dan ortiq bo’lmasligi kerak. Kabel diametri 2,3mm, massasi 15 kg/km, uzilishga mustahkamligi 80 kg, qurilish uzunligi 500 m, g’altak bilan birgalikdagi massasi 12 kg. Zanjirning o’zgarmas tok bo’yicha qarshiligi 125 Om/km. Kabelning 1 kilometrida signalning so’nishi 0,13 Np/km. Foydalaniladigan chastotalar diapazoni 16 kGs gacha. P-268 yengil dala aloqa kabeli tavsifi P-268 kabeli yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lib, P-268 kabeli yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lib, boshqaruvning barcha bo’linmalarida, boshqaruv punktlarida ichki aloqa uchun, ayniqsa telefon kanallarini telegraf uskunalari bilan ikkilamchi zichlashtirishga mo’ljallangan. Kabelni standart massasi 35 kg/km, uzilishga mustahkamligi 120 kg, qurilish uzunligi 100 m, signalning bir kilometrdagi so’nishi 0,08 Np/km, o’zgarmas tok bo’yicha qarshiligi 66 Om/km, izolyasiya qarshiligi 500 mOm/km, tonal chastotalar spektrida zanjirning o’rta nuqtalari bo’yicha bir vaqtning o’zida telegraflashda, kabel bo’yicha aloqa masofasi 42 km, yuqori chastotada aloqa masofasi kanal hosil qiluvchi P-309-I apparaturasida 25....30 km; Azur-1 apparaturasida 25 km; Azur-6 apparaturasida 16 km ni tashkil etadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling