1- ma’ruza. Sintaksis. So`z birikmalari va uning turlari


Download 28.95 Kb.
bet1/6
Sana26.03.2023
Hajmi28.95 Kb.
#1297257
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-лексия.

1- Ma’ruza. Sintaksis.So`z birikmalari va uning turlari



Dars rejasi:
1. Sintaksis haqida umumiy malumot
2. Sintaktik aloqa turlari
3. Boshqaruv
4. Moslashuv
5. Bitishuv
6. So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi
7. So’z birikmasi
8. So’z birikmasi va uning turg’un birikma va gapdan farqi.
9. So`z birikmalarining tasnifi
Tayanch tushunchalar:
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so`zidan olingan) grammatikaning bir bo`limi bo`lib, so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmasi, gap, ularning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
Birikma – 2 mustaqil so’zlarning o’zi tobe aloqasi.
Boshqaruv – hokim so’zning talabi bilan tobe so’zni kelishik va ko’makchilar bilan shakllanishi.
Moslashuv - qaratqich kelishikdagi so’zlarning egalik qo’shimchasini olgan so’z bilan va bosh kelishikdagi so’zning eganing kesim bilan birikishi.
Bitishuv – ohang va tartib bilan birikish.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis. Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
4.Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996. - 248 b.
5. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995.


Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so`zidan olingan) grammatikaning bir bo`limi bo`lib, so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmasi, gap, ularning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
Sintaksis, bir tomondan, so`z va so`z shakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish birikish yo`llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog`lanish asosida yuzaga keladigan sintaksis birliklarni o`rganadi.
So`z birikmasi, gap, gap bo`laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik grammatik kategoriyalar hisoblanadi.
So`zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog`lanish, aloqa ikki xil bo`ladi:
1) teng bog`lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog`lanish, yoki tobe aloqa.
Teng bog`lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo`lgan biri ikkinchisiga bo`ysunmagan so`zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so`zlar yoki gaplar o`zaro teng bog`lovchilar, teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash ohangi (intonatsiya) yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go`zal ezgulikdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur).
2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur).
Birinchi misolda eng maqbul, go`zal sifatlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog`lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo`lgan qismlar (so`zlar, ergash gapli qo`shma gap qismlari) o`zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to`ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to`ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o`qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo`lsa, qadr-qimmati ham bo`ladi (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Birinchi misolda so`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim qism (o`qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo`lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo`shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo`ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo`lsa» tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. SHunday qilib, bog`lanishning ikki xil turini so`zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog`lanish haqida «qo`shma gap» bo`limida baxs yuritiladi).
So`zlar orasidagi tobe bog`lanish ikki xil bo`ladi:
1) predikativ tobe bog`lanish; 2) nopredikativ tobe bog`lanish.
Ega va kesimning bog`lanishi predikativ tobe bog`lanish hisoblanadi va bunday bog`lanishdan gap hosil bo`ladi. Tobe (ergash) bog`lanishning qolgan ko`rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to`ldiruvchi+to`ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog`lanish bo`lib, bunday bog`lanishdan so`z birikmasi yuzaga keladi.
So`zlarning nopredikativ tobe bog`lanishi uch xil bo`ladi:
1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv.

Download 28.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling