1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Dastgoxli xaykaltaroshlik


Download 71.48 Kb.
bet6/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Dovud
Dastgoxli xaykaltaroshlik

  • Maxobatli xaykaltaroshlik

  • Bo’rtma (relyef) san’ati

  • Relyef (bo’rtma)

  • Barelef

  • Gorrelyef

  • Byust


    Maxobatli xaykaltaroshlik - bu san’at turi xar birdavrda xar bir millat san’atida o’z rivojini topib, bu xajm jixatda katta, odam bo’y bastidan 20 40-barobar kattalikda ishlangan xaykal turidir. Bu san’at yuqorida qayd etilgandek. Davrning siyoisy kurashlarida tobandi va rivojlandi. Uning tarixiga nazar tashlasak u xali ibtidoiy davrdan, Qadimgi Misr, Yunon, Rim, xristian Vizantiyasi, Sharqiy yevropa, umuman, Sharq va G’arb dunyosida eng rivojlangan san’at turidir. Maxobatli xaykal ochiq maydon, xiyobon va umuman plenerda qad ko’tarib, u qattiq materialdan ishlanib, bunda u tabiatning injiqliklari: yomg’ir, qor va quyosh nuriga dosh bera oladigan xom ashyodan yasaladi. M: Granit, marmar, po’lat, tosh, bronza va x.bizgacha bunday xaykallar qadimdan yetib kelgan: Firavnlarning xaykallari, Rim imperatorlari, buyuk sarkardalar xaykallari, tarixiy qaxramonlar bilan birga siyosiy arboblar va b...maxobatli xaykaltaroshlikning dunyo tan olgan buyuk xaykallaridan –Mikelandjeloning –“Dovud” xaykali, “Zevs xaykali”,” Afina va Apollon” xaykallari, Misr exromi yonida qad ko’targan –“Katta sfinks” xaykali. Fir’avn Amenxotib Sh kolos xaykali, Dunyoning yetti mo’jizasi qatoridan o’rin olgan - “Gelios xaykali”(bizgacha yetib kelmagan) “Zevs mexrobi” ga ishlangan maxobatli relyeflar va xaykallar, “Ozodlik” xaykali,”Amir Temur xaykali,”Navoiy”, “J. Manguberdi”, “Ibn Sino”, “Beruniy”, “Al- Xorazmiy”,

    Xaykaltaroshlikning yana bir turi dastgoxli turi bo’lib, bu uncha katta bo’lmagan xajmdagi xaykallarga nisbatan ishlatilib, “dastgox”(stanok) so’zi ijodkorning biror asar yaratishda foydalanishga mo’ljallangan uskunasidir. Bu tur eng keng tarqalgan tur bo’lib, bu turda ko’plab qulay bo’lib unda ko’plab xaykaltaroshlar ijod qilib kelmoqda. Dastgoxli turdagi xaykal odam bo’y bastidan xajmi oshmasligi inobatga olinib, agar xajm jixatdan kattalashsa, u xolda xaykal maxobatli tus oladi.bu tur xar qanday xom ashyodan:gips, alebastr, yog’och, fil suyagi, tosh va x.. foydalangan xolda dunyoga keladi. Bu turda eng rivojlangan xaykal turi byustdir. Ma’lumki xar bir davrda taniqli, buyuk insonlar nomlarini abadiylashtirishda bu san’at turidan keng foydalanib kelingan. Misol uchun –Navoiy, Beruniy, Ibn Sino, Al- Xorazmiy, o’zbek ziyolilarining talay galelereyasi shunday xaykallar sirasiga kiradi: Akademik Qori Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Said Axmad, Zulfiya, Oybek, Mirmuxsin va ko’plab misolarni keltirish mumkin.Dastgoxli turda xaykaltarosh biror mavzuga oid o’zining janrli xaykalini xam yaratish mumkin. Bunday xakllar yevropa rossiya san’atida talaygina. Jumladan, katta fontanlar otrofida yunon mifologiyasidan olingan syujetli guruxli xaykallar shaxar maydoniga ko’rk bag’ishlab turgan.



    Download 71.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling