1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Xaykaltaroshlik.
Xaykaltaroshlik san’ati eng qadimgi davrlardan beri rivojlangan san’at turidir. Bu san’at turining dunyoga kelishi insoniyatning dastlabki tarixiy evolyusion rivoji bilan barobar kechib o’tgan. Yuqorida qayd etilgandek, tasviriy san’at, xaykaltaroshlik , kulolchilik turilari ibtidoiy davrdan boshlab rivojlana borgani bu davrdan bizgacha yetib kelgan san’at asarlari dadil sifatida asqotadi. Paleolit davrida ko’plab kichik xajmdagi ona-ayolni tasvirlovchi xaykallar, turli ko’rinidagi bud-sanamlar(maxobatli tarzda) xaykali bunga yaqqol misol bo’ladi. Davrlar o’tib, xaykaltaroshlikdan siyosiy-diniy kurashlarda qurol sifatida foydalanib, qirol va xukmdorlar, din axli o’z siyoisy –g’oyaviy qarashlarini keng tarhib qilishda foydalanlar. Bunga -- Misr firavnlari daxma va piramida va ibodatxonalarida qad ko’taib kelgan katta xaykallar, xukmdorlarning maxobatli xaykallari, (xar bir davrga xos) ayniqsa ibodatxonalardan keng o’rin olgan ilox yoki xudolar xaykallar buning isbotidir. Qadimgi yunon va rimliklar san’atida xudolar obrazi :Zevs, Paseydon, Afina, Appollon, Gerakl, Venera va b..xristian olamida xam Iso, Mariya, saxobalar va aziz-avliyolar xaykallari, Rim imperatorlari katta xaykallari bu san’at turining xaddan ziyod rivojini ko’z oldingizda namoish qiladi. 20-asr 17-yilda Lenin xam maxobatli xaykaltaroshlikda o’z siyosiy g’oyalarini amalga oshirishda bu san’at turidan misoli qurol sifatida foydalangan. U ochiq maydon va xiyobonlarda sovetlar yetakchilari xamda bu kurashda jon bergan kishilar xaykallarini maydonlarga o’rnatib, savodi bo’lmagan kishilarni xaykallar orqali tanishtirishni maqsad qilib, targ’ib-tashviqod ishlarini olib bordilar. Xaykaltaroshlik davrning siyosiy-g’oyaviy kurashlarida zarur san’at turi bo’lib xizmat qilgan ekan bu san’at asrlar osha turli xil ko’rinishlari xam dunyoga kelishi tabiiydir. Shundaylardan : Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling