1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaralangan bizon”, “Pishqirayotgan bizon
Ibtidoiy davr san’ati
Insoniyat san’at bilan uzoq vaqtlardan buyon shug’ullanib kelgan. Bunga bizgacha yetib kelgan g’orlar va qoyatoshlarga ishlangan tasviriy san’at namunalari dalil sifatida asqotadi. Xali Paleolit (Qadimgi tosh davri) davridanoq ibtidoiy kishilarning dastlabki san’at namunalari dunyoga kela boshladi. Ular o’zi anglab yoki anglamagan xolda shunday asarlarni dunyoga keltirdilarki, bu san’at namunalari nafaqat o’z davrining shox asarlari bo’libgina qolmay balki, ayni vaqtgacha ularning qadr- qimmati balanddir. Dastlabki san’at namunalari Paleolitning ilk bosqichida chiziqli tasvirlarda dunyoga kelib,ibtidoiy musavvir xali rangni his qilishga idroki yetmas edi. Bu tasvirlarda asosan “Ov mavzusi” yetakchilik qilib, ibtidoiy kishilar o’z xayotlaridagi tirikchilikning eng asosiy jarayoni bo’lgan –yovvoyi xayvonlarni ovlab, qorin to’yg’azish eng birinchi muammolardan bir xisoblanganligi bois, ov mavzusi ibtidoiy san’atda eng yetakchi mavzu bo’lib qoldi. Shuningdek, yovvoyi xayvonlarning (mamont, qo’tos, oxu va boshqalar) aloxida tasvirlovchi suratlar xam chiziqlar orqali ifodalangan.Bunga dunyo miqyosida qaraydigan bo’lsak, Yevropaning Fransiyadagi –Fon de Gom va Ispaniyadagi Altamir g’oridan topilgan chiziqli tasvirlar bunga yaqqol dalil bo’lib xizmat qiladi. “Yaralangan bizon”, “Pishqirayotgan bizon” kabi tasvirlar xozirgi davr san’at asaridan qolishmaydi. Ibtidoiy musavvir xayvonning anatomik tuzilishi, xatti-xarakatini yetkazish bilan birga, o’zi anglamagan xolda shtrixlar orqali shakl, xajm (ob’yom), nur va soyani,xatto xayvonning emosional kechinmasini xam yetkazib bera olgan. Paleolit san’atining eng gullagan davri “Madlen” davridir. Madlen davri tasviriy san’at rivojining eng baland cho’qqisidir. Ibtidoiy kishilar endi o’z ijodiy faoliyatini faqat chiziqli tasvirlar bilan boyitmay, balki, rangli tasvirlarni xam qoldirishga muvaffaq bo’ldilar. Fransiyadagi Lasko g’orining shipiga ishlangan suratlar rangli bo’lib, unda yovvoyi qo’tos?larning urchishi ibtidoiy musavvir tomonidan mavzu qilib olingan. Unda ibtidoiy musavvir qizg’ish-qizil ranglar orqali butun bir podaning o’zaro qovushish jarayonini lol qolarli darajada yetkazib bera olgan. Suyakka o’yib ishlangan “Daryodan kechib o’tayotgan kiyiklar”tasviri gravyura san’atining ilk namunasi xisoblanadi. Dastlabki amaliy san’at namunalari xam xali Paleolitning ilk bosqichida dunyoga kela boshladi. Toshdan ishlangan ov qurollari, idish tavoqlar va xk. Keyinroq kulolchilik san’ati xam paydo bo’la boshladi. Idishlar dastlab qo’lda, keyinroq mezolit davrda dastgoxning paydo bo’lishi qo’l mexnatni yengillashtirdi. Ular sirtiga solingan tasvirlarda dastlab geometrik naqshlar kuzatilib, ularning loy rangi esa och sariq tusda bo’lgan. Keyinchalik zoomorf(jonivorlar va parranda)ni ifodalovchi shuningdek, o’simlik olamini qamragan ornamentlar kulolchilik buyumlari sirtini qoplay boshladi. Neolit davriga oid kulolchilik namunalari sirtiga shunday tasvirlar ishlangan. Xaykaltaroshlik san’atining ibtidosi xam Paleolit davriga borib taqaladi. 5 sm, kattalikda loydan ishlangan ayol-onani tasvirlovchi xaykalcha ko’plab xududlardan topilib,bu davrda jamoada ayol ustunligini ko’rsatib, matriarxat davri xukm surganini dalil sifatida isbotlaydi. Ushbu xaykalchada ibtidoiy xaykaltarosh ayolning bosh qismiga e’tibor qaratmasada, ammo uning tana qismini real yetkazishga intilgan. Biroq xaykalda ayol qomati nisbati (proporsiyasi) bir oz buzilishi, ya’ni uning kalta tanasi,katta ko’kraklari va toz qismining keng katta berilishi ayol-ona obrazining dastabki namunasi sifatida tan olinib,”Paleolit madonnasi” deb nom olishga sabab bo’ldi. Baxaybat tosh mengirlar maxobatli xaykaltaroshlikning dastlabki namunasi xisoblanadi. Kulolchilik. Qurol aslaxalar.
Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling