Tohirov Bobohojining
Download 0.87 Mb.
|
sotsiologiya ta\'rixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
Farg’ona davlat universiteti, ta’rix fakulteti ,sotsiologiya yunalishi 22-86 guruh talabasi Tohirov Bobohojining Sotsialogiya ta’rixi fanidan taqdimoti qabul qildi ______ N.Imomova Mavzu: Pitirim Aleksandrovich Sorokin hayod va ijodiReja:
Pitirim Aleksandrovich Sorokin (1889-1968) - XX asming yirik olimlaridan biri, Petrograd universitetining professori, 1922- yilda Rossiyadan surgun qilingan. Sorokinning ijodiy faoliyatini ikki davrga - Rossiya (1910-1922 yy.) va AQSh davrlariga ajratiladi. 1960-yillarga kelib Pitirim Sorokin qirq yildan ortiq “dunyoning taniqli sotsiologlari o‘ntaligining yuqori o‘rinlaridan birida turgan amerikalik sotsiolog” sifatida tanilgan edi. Ko‘pchilik amerikalik sotsiologlar uning shogirdlari bo‘lib, o‘zi nazariy sotsiologiyaning shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim hisoblanadi. G‘arbda Pitirim Sorokin XX asr sotsiologiya klassigi sifatida tan olinib, uning nomi O.Kont, G.Spenser, M.Veber bilan bir qatorda turadi.Pitirim Aleksandrovich Sorokin 1889-yil 21-yanvarda Vologod gubemiyasi Yarsensk uezdining Turya qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Aleksandr Prokopevich hunarmand bo‘lib, cherkovni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan. Pitirimning onasi Pelageya Vasilevna dehqon bo‘lgan. Pitirim akasi bilan birgalikda otasiga ustachilikda yordam qilib kun kechirgan. 0 ‘qish-yozishni o‘zi o‘rgangan. Palevitsadagi maktabda o‘qigan. Pitirim oilada o‘rtancha farzand edi. U o‘n yoshida katta akasi Vasiliy bilan ichkilikbozlikka chalingan otasini tark etib, daydi ustalar hayotini kechirishgan. 1902-yilda Pitirim bu hayotini o‘zgartirishga harakat qiladi va Gamskdagi ikki sinfli maktabga o ‘qishga kiradi.Maktabda o‘qishni tugatib cherkov-o‘qituvchilik maktabiga o‘qishga kiradi. Qishda o‘qib, yozda qishloqdagi xolasiga dehqonchilikda yordam bergan. 0 ‘n besh yoshligida 1905-yilda Pitirim Sorokin eserlar partiyasiga a’zo bo‘ladi va aktiv inqilobchiga aylanadi. Keyinchalik o‘zi eslaydi: «Men bir dunyo odamlar bilan tanishdim: dehqon, ishchi, mansabdor, din ulamolar, taniqli shaxslar, doktorlar, yozuvchilar... turli partiya oqimlari vakillari (bolsheviklar va mensheviklar), monarxistlar, anarxistlar, liberallar va konservatorlar. Ular bilan muloqotdan so‘ng yangidan-yangi g‘oyalar bilan tanishdim, yangi qadriyatlami anglab yetdim va ij'timoiy shart-sharoitlaming farqiga boradigan bo‘ldim. ...Menga ma’lum bo‘lmagan kitoblami, jumal va gazetalami intensiv ravishda ocqishim natijasida dunyoqarashim kengaydi va chuqurlashdi».Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling