Tohirov Bobohojining


Download 0.87 Mb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1564453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sotsiologiya ta\'rixi

Sorokinning ilmiy qarashlari shakllanishiga N.K.Mixaylovskiy, P.L.Lavrov, V.M.Chemov, P.A.Kropotkinlar nazariyalari ta’sir ko‘rsatgan. Sorokinning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiyadagi sotsiologik fikr namoyandalari — M.M.Kovalevskiy, ye.V. de Roberti, L.I.Petrajitskiylar g‘oyalari bilan tanishuvi olimning shaxsiy ilmiy pozitsiyasini shakllantirishiga, o‘z tadqiqiy qiziqishlari doirasini aniqlashiga yordam berdi. Jamiyatni o‘zini anglashiga barcha ijtimoiy fanlaming birgalikdagi harakatlari bilan eirishish mumkinligini tushungan Sorokin umumiy va xususiy fanlar metodlarini, ayniqsa sotsiologiya va tarixni, sintezlash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi. Sotsiologiyaning «generalizatsiyalash» rolidan farqli ravishda tarixga u «individualizatsiyalash» - dunyoning organikdan yuqori xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan rolini beradi.

Tarixning ob'ekti bo‘lib, Sorokin fikriga ko‘ra, insonlaming o‘zaro ta’sirlashuvi natijasini namoyon qiluvchi empirik faktlar o‘rtaga chiqadi. Sorokin tarixni avloddan-avlodga o‘tuvchi ijtimoiy malaka sifatida talqin qilgan, shuning uchun tarixiy tahlilning asosiy vazifasi kelajakni bashlrat qilish uchun hodisalar va ulaming oqibatlari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi lozim. Shuningdek, Sorokin integral nazariyasida tarixiy 0‘zgarishlaming siklik xususiyati tarixiy jarayonni harakatga kelitruvchi kuchi, davriyligi to‘g‘risidagi qarashlari muhim o‘rin egallagan. U madaniyatningtuzilishi, funksiyalari, siklik taraqqiyotini tizimli yondoshuv asosida tushunishga ko‘maklashuvchi supertizimlar dinamikasi tizimini ishlab chiqdi.

Sorokin nazariyasini maqsadi - kitobxonga uning ijodini his qilish imkonini berishdan iborat bo‘lgan bu qadar qisqa sharh bilan tugallash mumkin emas. Nima uchun Sorokin sotsiologlaming g‘azabiga uchraganligining sababini tushuntirish qiyin. Balki, bu Sorokinning tanqid qilishni yoqtirganligi va bu haqida «Zamonaviy sotsiologiya va u bilan aloqador fanlaming erkaliklari va kamchiliklari» (1956) asari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Balki, Sorokin sotsiologiya nazariyotchilarining keyingi avlodi bilan qayta kashf etilishi mumkin. Hozirgi paytda uning ijodi sotsiologiya nazariyasining hukmron tendensiyasi ortida qolmoqda1


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling