Tohirov Bobohojining


Download 0.87 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1564453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sotsiologiya ta\'rixi

Shuningdek, Sorokin integral nazariyasida tarixiy 0‘zgarishlaming siklik xususiyati tarixiy jarayonni harakatga kelitruvchi kuchi, davriyligi to‘g‘risidagi qarashlari muhim o‘rin egallagan. U madaniyatningtuzilishi, funksiyalari, siklik taraqqiyotini tizimli yondoshuv asosida tushunishga ko‘maklashuvchi supertizimlar dinamikasi tizimini ishlab chiqdi. Bu sxemaga asosan madaniyat mohiyat tashkil etuvchi aloqalar asosida shakllanuvchi me'yoriysemiotik tizimdir. Madaniyat turlari ular asosida qanday qadriyatlar turganligiga ko‘ra farqlanadi. 0 ‘zining integralizm falsafasi bilan birga Sorokin qadriyatlaming uch tizimini, shunga mos ravishda madaniyatning uch turini farqlaydi. Har bir madaniyat turi ijtimoiy jihatdaninsonlaming harakatlari va munosabatlarining mustahkamligini, barqarorligini, oldindan bilish mumkinligini, murasalililigini ta’minlagan holda funksionallashadi. Qachonki e'tiqodlar zaiflashsa, madaniy tizimning yaxlitligi buziladi, qadriyatlaming eski tizimi yangisi bilan almashadi, jamiyat esa nizolar va fojialarni boshdan o‘tkazadi.

Tarixiy jarayonni uch sotsiomadaniy turlar almashinuvi sifatida qarab, Sorokin ulaming har birining o‘zigagina xos bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va mental tashkiloti, qadniyatlari tizimi va shaxs tipi mavjudligini qayd etadi. Sorokinning urush va tinchlik muammosiga qarashlari uning hayot davomida o‘zgarib borgan. Ijodining ilk bosqichlarida bu masalalami yoritishda neopozitivizm va bixeviorizm nutai nazaridan yondoshgan. Bunda urush va tinchlikni o‘rganishda insonlaming reflektor xulq-atvori asos qilib olingan. Urushning asosiy sababi, Sorokin fikriga ko‘ra, sotsium a’zolari katta qismining asosiy instinktlarini su'stemol qilinishi va siyosiy rejimning «eskirib ishdan chiqishi»; uning ijtimoiy ehtiyoj larga munosib tarzda javob qaytara olmay qolishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, Sorokinga ko‘ra, urushlar va inqiloblar bir xil tabiatga ega, ular sotsium zaiflashib qolgan va o‘zining kuchi bilan muammolami hal qila olmaydigan holatga tushib qolgan, asosan aholining asosiy ehtiyojlarini qondira olmay qolgan murakkab paytda amalga oshadi. Emigratsiyada bo‘la turib, . Sorokin o‘zining urush haqidagi tasawurlarini o‘zgartirdi, ular hissiy sotsiomadaniy tartibotning dezintegratsiyasiga misol bo‘ldi. Urushning oldini olishda asosiy vosita sifatida jamiyatdagi mavjud madaniyat turini o‘zgartirish, yangi madaniyatni barpo etish olindi


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling