Tohirov Bobohojining


Download 0.87 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1564453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sotsiologiya ta\'rixi

Sorokinning shaxs sifatida shakllanishi jarayonini qarab chiqibshu ma’lum bo‘ldiki, uning hayotida ikki davmi - ms va Amerika davrini ajratib olish kerak bo‘ladi. Rus davrining ahamiyati o‘zining qisqaligiga qaramasdan muhim, chunki shu davrda uning dunyoqarashi, olim sifatidagi ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi poydevori qo‘yilgan. Emigratsiyada Sorokin o‘zining Rossiyada tanishib chiqqan g‘oyalarini rivojlantirgan va tadqiq qilgan. Aynan xorijda uning tarixiy, sotsiologik, falsafiy qarashlariga ehtiyoj bo'lgan va ular tan olingan. Garvardda Pitirim Sorokin o‘zining g‘oyalarini hayotga tadbiq qilish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan. Jahon miqyosidagi tadqiqot markazlari, XX asming buyuk ilmiy kashfiyotlari bilan tanishish uning ilmiy yo‘nalishini shakllanishida muhim bir boshlangich nuqta bo‘ldi.

Sorokinning ilmiy qarashlari shakllanishiga N.K.Mixaylovskiy, P.L.Lavrov, V.M.Chemov, P.A.Kropotkinlar nazariyalari ta’sir ko‘rsatgan. Sorokinning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiyadagi sotsiologik fikr namoyandalari — M.M.Kovalevskiy, ye.V. de Roberti, L.I.Petrajitskiylar g‘oyalari bilan tanishuvi olimning shaxsiy ilmiy pozitsiyasini shakllantirishiga, o‘z tadqiqiy qiziqishlari doirasini aniqlashiga yordam berdi. Jamiyatni o‘zini anglashiga barcha ijtimoiy fanlaming birgalikdagi harakatlari bilan eirishish mumkinligini tushungan Sorokin umumiy va xususiy fanlar metodlarini, ayniqsa sotsiologiya va tarixni, sintezlash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi. Sotsiologiyaning «generalizatsiyalash» rolidan farqli ravishda tarixga u «individualizatsiyalash» - dunyoning organikdan yuqori xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan rolini beradi. Tarixning ob'ekti bo‘lib, Sorokin fikriga ko‘ra, insonlaming o‘zaro ta’sirlashuvi natijasini namoyon qiluvchi empirik faktlar o‘rtaga chiqadi. Sorokin tarixni avloddan-avlodga o‘tuvchi ijtimoiy malaka sifatida talqin qilgan, shuning uchun tarixiy tahlilning asosiy vazifasi kelajakni bashlrat qilish uchun hodisalar va ulaming oqibatlari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi lozim


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling