1- mavzu. Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari ma’ruza rejasi


Download 46.7 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi46.7 Kb.
#1049219
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu

2. TV ekspluatatsion xususiyatlari
Avtomobyl transporti vositalarining konstruksiyasi ishonchli, yuqori tortish-dinamik xususiyatli, katta o‘tag‘on, etarli darajada yuruv zahirasiga ega, yuqori tejamli, engil xizmat talab etuvchi va haydovchilar mehnat sharoiti me’yorli, maksimal miqdorida tashiy olish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur. TVning yuqorida bayon etilgan asosiy xususiyatlari avtomobil transporti uchun oliy malakali kadrlar tayyorlashga mo‘ljallanilgan tegishli fanlarda o‘rganiladi. SHuning uchun ayni darslikda avtomobillarda tashishni tashkil etishga ko‘prok yondoshuvchi TVning ayrim xususiyatlarigina yoritiladi.
Haydovchilar mehnati sharoitini me’yorli bo‘lishiga quyidagilar kiradi: boshqarishni engilligi, boshqaruv mexanizmlarini avtomatlashganligi, atrofiniyag ko‘rishni kengligi, kabinaning isitilishi, ventilyasiyasi, o‘tirg‘ichning o‘ng‘ayligi va regulirovka qilina olishi va boshqalar.
Transport vositasining tashiy olish xususiyatlariga ayni tashishga qo‘yiladigan talablarga rioya qilingan holda avtobuslar uchun yo‘lovchilarni sig‘dira olishi, yuk avtomobili va avtopoezdlar uchun ko‘tarish va kuzovini sig‘dira olish qobiliyatlari kiradi.
Avtobuslar sig‘imi, uning saloniga belgilangan chegaraviy me’yorga ko‘ra qancha yo‘lovchini sigdira olishidir. Avtomobil (avtopoezd)ning ko‘taro olish qobiliyati, bu uning kuzoviga, yukning solishtirma og‘irligini inobatga olingan holda tonnada o‘lchanuvchi yuk miqdori bilan belgilanadi. YUk ko‘tara olish yoki avtobus sig‘imi, belgilangan ortish balandligida ular kuzovi va saloni gabarit o‘lchamlariga bog‘liq. Ortish balandligi tashilayotgan yuklar turi, xarakteri, ular upakovkasi yoki tarasiga bog‘liqdir. Avtobuslar sig‘imi esa, o‘rindiq joylar soni, salon polining bo‘sh sathi va nisbiy me’yorlarga bog‘likdir.
Tashish qobiliyatidan yuqori darajada foydalanishlik uchun transport gabaritidan yuqori darajadan foydalanishlik lozim.
YUk avtomobillari oldiga qo‘yiladigan zarur vazifalardan biri ular ko‘tarish qobiliyatlari bilan kuzovlarini sig‘dira olishlari iloji boricha yaqin bo‘lishligidir. Bu narsa esa o‘z navbatida har xil yuklarni tashishlikda ulardan samarali fodalanilishlikni ancha yaxshilaydi. Avtobuslarga qo‘yiladigan talab, ularning tejamkorligi va yo‘lovchilar qatnovining komfortabelligidir.
YUk avtomobillarning tashiy olish xususiyatiga bulardan tashqari ko‘yidagilar ta’sir etadi: yuklarni tashishga moslangaliga (go‘sht, sut, qurilish panel va fermalari va h.k.); avtomobillar kuzovi tashiluvchi yuklar turi va xarakteriga mosligi (quyiluvchi, sochiluvchi, uzun o‘lchamli, tirik mol va h.k.); ortish va tupshrish operatsiyalarini tez bajarshshshiga moslanganli (o‘zi ag‘daruvchilar-samosvallar); ba’zi bir sanitariya-texnik ishlarini tez va ung‘ay bajarilishga mosligi (dizenfitsiya-yuqumsizlashtirish, yuvib-tozalash, ventilyasiya). Qatnov yoki yuruvning ravonligiga (elastikligi), ya’ni, avtomobilning o‘nqir-chuqurlardan o‘tishdagi tebranishini zudlik bilan kamaytirish xususiyati aloxida o‘rin eg‘allaydi. CHunki shundagina tashilayotgan yuklar sifat miqdorining saqlanuvi yuqori darajada bo‘ladi. YUruvning ravonligi osilmalar konstruksiyasi va mahsus amortizatorlar hamda qo‘llanilayotgan shina turlari bilan ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Yo‘lovchilarni tashishni tashkil etishda, avtobuslarga qo‘yiladigan sifat kursatgichlariga: yo‘lovchilarni chiqishi yoki tushishini o‘ng‘ayligi, yo‘lovchilar o‘rindiqlarini komfortabelligihamda boshqaruvning engilligi kiradi.
Yo‘lovchilarni chiqishga va tushishga o‘ng‘ayligi avtobuslar eshigi qurilmalari va chiquv-tushuv zinapoyasi balandligi (ayniqsa shaharlar tipidagi avtobuslar uchun) bilan aniqlanadi.
Yo‘lovchilar joyining komfortabelligi o‘rindiqlar konstruktiv parametirlari, bo‘sh fazoning va salondagi mikroklimat bilan bog‘liqdir.
Boshqaruvning engilligi haydovchilar ish joyining o‘ng‘ayligi va ularning boshqarishga sarflanuvchi quvvati hamda ular kabinasining mikroklimat bilan bog‘liqdir.
Yo‘lovchilarni chiqish va tushishiga ungayligi fakatgina ularga ungaylik yaratib kolmay, avtobuslarni to‘xtov joylarida kup yoki oz turishlariga xam ta’sir etadi. Engil avtomobillardagi bunday xususiyat ular eshiklarining katta-kichikligi va eshik ochilish yunalishi bilan Aniqlanadi. Eshik darchasi balandligi urindik yostigidan 800 mm bulishi tavsiya etiladi. Eshiklar ilinuvchi oshik-moshiklar odatda urindikdan oldinda bulishi xavfsizlirok bulib xaydovchi va oldingi urindik yulovchisi uchun ancha ungaylik beradi.
Avtobuslardagi yulovchilar chikish va tushishlarini mosligi ular eshiklarning eni va balandligi eshik tavakkalarining ochilish yunalishi, zinapoyalar soni va ular balandligi, qo‘l ushlagichlarni ungay urnatilganligiga boglikdir.



Download 46.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling