Biologik jarayonlar kinetikasining nazariy asoslari. Gunberg-Vaage qoidasi - Kimyoviy kinetika nazariyasi asosida kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiya kirishuvchi reagentlarning faol massasiga proporsionaldir, deb ta’kidlovchi Gunberg-Vaage fundamental qoidasi yotadi. Bu qoidani reaksiyaning umumiy tezligini tasvirlovchi ifodaga qo`llash har bir faol massa yoki faollikni (misolimizda konsentratsiyani) reaksiyaning stexnometrik tenglamasidagi koeffisiyentiga mos keladigan darajaga ko’tarishga olib keladi. Eng oddiy misol sifatida quyidagi reaksiyani olamiz:
Kinetikada reaksiyalar birinchi, ikkinchi, uchinchi, nolinchi va hatto kasr tartibli reaksiyalarga ajratiladi. Reaksiyaning tartibi bu reaksiya tezligining tasvirlovchi tenglamadagi reagentlar konsentratsiyasi darajalarining yig’indisidan iborat kattalikdir. Masalan, agarda dP/dt = k[A]1 bo’lsa, bu yerdagi A ning darajasi 1 ga teng va shuning uchun bunday reaksiya birinchi tartib kinetikaga binoan amalga oshadi. Bordi-yu, dP/dt = k[A]2 bo’lsa, A ning ko’rsatkichi 2 ga teng, demak, reaksiya ikkinchi tartib kinetikaga bo’linadi va nihoyat, dP/dt = k[A]2[B][C]3, bo’lsa, (aslida bunday reaksiyaning o’zi hech qanday ehtimolga ega emas), u oltilchi tartib kinetikaga mansub bo’lib chiqadi. Agarda kinetik tenglamada konsentratsiya ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda bunday reaksiyaning kinetikasi nol tartib deb atalib, reaksiya tezligi reagent konsentratsiyasi emas, balki reaksiyaning tezlik konstantasiga bog’liq bo’lib chiqadi Reaksiyalar tezligiga temperaturaning ta’siri - Temperatura ko’tarilganida ximiyaviy reaksiya tezligi ko’p darajada ortib boradi. Chunolchi, temperaturaning 100 daraja ko’tarilishi reaksiya tezligining 2 – 4 baravar ortishiga sabab bo’ladi. Temperaturaning 100ga o’zgarishida ko’riladigan solishtirma tezliklar nisbati reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti deb ataladi:
-
bu yerda Kt0- t0 temperaturadagi tezlik konstantasi, Kt0+10 – temperatura 100ga ko’tarilganda tezlik konstantasi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |