Biomolekulalar, membranalar va tirik tizimlar uchun xarakterli bo’lgan fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarning mexanizmlarini, ularga tashqi fizik ta’sirotlarni o’rganish biofizikaning asosiy vazifalaridan biridir. Biofizika o’rganadi? Biologik qonunlar, asosan, fizikaviy kimyo qonuniyatlariga asoslanadi. Biologiyaga ushbu qonuniyatlardan tashqari, qandaydir boshqacha kuchlar, maydonlar, maxsus energetik kuchlar va shu kabilar ta’sirida qaraydigan fikrlar hali ham mavjud. Masalan, turli xil ekstrasenslar, “bioenergetiklar” aniq fanni buzib, undan o’z maqsadlarida foydalanadilar. Hozirgi zamon biofizikasi esa ro’y berayotgan hodisalarni aniq qonuniyatlar va dalillar asosida o’rganadi. Shuningdek, biofizika organizmlarda kechadigan qon aylanish, nafas olish, harakat, ko’rish va eshitish kabi fiziologik jarayonlar mexanizmlarini o’rganadi. Biofizika boshqa tabiiy fanlar bilan bevosita uzviy bog’liqligi Biofizika boshqa tabiiy fanlar bilan bevosita uzviy bog’liq, masalan, fizika, biokimyo, a-norganik va organik kimyo, kolloid kimyo, o’simliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, tibbiyot va boshqa shu kabi fanlar erishgan yutuqlaridan foydalanadi va o’z qonunlari va uslublari bilan ushbu fanlar o’rganadigan jarayonlarni tushuntirib beradi. Biofizikaning rivojlanishi amaliy jihatdan turli xil kasalliklarga tashhis qo’yish va davolash uchun elektrokardiografiya, rentgenografiya, qon bosimini o’lchash asboblardan foydalanishga, izotoplar, ultratovush, lazer, ultrabinafsha nurlar kabi uslub va vositalarni ishlab chiqishga asos bo’ldi. Biofizikaning bo’limlari. Biofizika fani bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganiladi, lekin bu bo’limlar bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq va hech qanday chegara bilan ularni ajratish mumkin emas. Molekulyar biofizika, membranalar biofizikasi, hujayraviy jarayonlar biofizikasi, qisqaruvchan tizimlar biofizikasi, bioenergetika, fotobiologiya, radiobiologiya, biologik jarayonlar kinetikasi, murakkab tizimlar biofizikasi biofizikaning asosiy bo’limlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |