Termodinamikaning birinchi qonuni. - Termodinamikaning 1- qonuniga binoan, sistema tomonidan tashqi muhitdan yutilgan issiqlik Q uning ichki energiyasini o’zgartish dU va sistema tomonidan bajariladigan (hajmini o’zgartish dV uchun tashqi P - bosimga qarshi bajariladigan ish PdV hamda kimyoviy o’zgarishlar bilan kechadigan maksimal foydali Amax ishdan iborat) umumiy ish A ga sarflanadi:
Q = dU + A, - bu yerda ish A = pdV + A’max
yoki: Q = dU + pdV + A’max (1). - Bunda, sistemadagi issiqlik miqdoriga mos, yangi holat funksiyasi entalpiya . (H = U + pV) ni kiritish foydali, ya’ni dH = dU + pdV .
- Aynan mana shu yangi funksiya, termokimyo qonuni (Gess qonuni) asosida yotib, unga binoan, kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti -Q reaksiyaning dastlabki moddadan reaksiya mahsulotigacha bosib o’tadigan yo’li emas, faqat oxirgi va dastlabki holatlar entalpiyalariaro farq bilan belgilanadi. Mazkur qonun yordamida organizmda kechadigan murakkab biokimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektini, uning bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lmasdan turib, faqat dastlabki va oxirgi mahsulaotlarga doir ma’lumotlar asosida aniq hisoblab topish mumkin. Gess qonuni ovqat mahsulotlarining kaloriyasini hisoblashda ham qo`llaniladi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. - Muvozanatlanuvchi (qaytar) jarayonlarda entropiyaning kichik miqdorda o’zgarishi dS - sistema tomonidan yutilgan issiqga Q/T teng, ya’ni dS=0, bo’lsa, muvozanatlanmagan (qaytmas) jarayonlarda esa undan katta ya’ni dS Q/T
- Demak, izomerlangan sistemalarda kechadigan qaytar jarayonlarda dQ=0, qaytmas jarayonlarda esa dS>0 bo’lishi bilan xarakterlangan. Aynan mana shuning o’zi izomerlangan sistemalarida entropiyaning maksimal miqdor tomon o’sa borib, termodinamik muvozanat qaror topishi bilan tamomlanadigan qaytmas jarayonlar evolyutsiyasining kriteriysidir. Entropiyaning o’sishi sistema tartiblanganligining kamayishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |