Maqsad: O’quvchilarga shahar ko’chalarida harakatlanish qoidalari haqida ma’lumot berish,chorrahalar haqida, ularda harakatlanish qoidalarini o’rgatish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Darsga hozirlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash:
Quyidagi rasmlarga qarab savollarga javob bering:
1. Quyida keltirilgan rasmlardan foydalanib, piyodalarni ko'chadan to'g'ri o'tish holatlarini ko'rsat.
2. Nima sababdan yo'lni faqat chorrahadan va piyodalar uchun ajratilgan joyidan kesib o'tish kerak?
3. Nima uchun svetoforning qizil yoki sariq ishorasida yo'ldan o'tib bo'lmaydi?
4. Nima sababdan piyodalar yo'lkaning o'ng tomonidan harakatlanishlari kerak?
5. Agar piyodalarning o'tish joyi ko'rsatilmagan bo'lsa, qayerdan o'tish kerak?
6. Nima uchun yo'lning transport qatnaydigan qismida yurish mumkin emas?
III. Yangi mavzu bayoni:
Bu rasmlarga diqqat bilan qara. Ularda shahar ko'chalari ko'rsatilgan. Avtomobil, trolleybus, avtobus, tramvaylaryo'lning qaysi qismida harakatlanayotganiga va piyodalar qayerdan yurishayotganiga e'tibor ber.
CHORRAHALAR
Chorraha – yo’llarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan yoki ayriladigan joyi.
Agar bir yo'l ikkinchisini kesib o'tsa - bu tort tomonli chorraha deyiladi.
Agar bir yo'lga ikkinchi yo'l tutashib ketsa, ya'ni biri ikkinchisini kesib o'tmasa -bu uch tomonli chorraha deyiladi.
Chorraha - transport vositalari eng ko'p qatnaydigan yo'l qismi. Shuning uchun ham chorrahalar eng xavfli joy hisoblanib, u yerda transport va piyodalar harakatini tartibga soluvchi nazoratchi turadi yoki svetofor o'rnatilgan bo'ladi. Piyodalar chorrahalardan o'tayotganda juda ham ziyrak bo'lishlari kerak.
IV. Mustahkamlash
„Belgini to'g'ri qo'y" o'yini
Boshlovchi bolalarga oldindan tayyorlangan yo'l belgilari va ularni o'rnatish kerak bo'lgan joy va narsalarning rasmlarini bir-biri bilan aralashtirilgan holda tarqatadi. Har bir bola uchtadan belgi va uchtadan rasm oladi. Masalan: „Bolalar" belgisi va maktab yoki bog'cha binosining rasmi, „Temir yo'l kesishmasi" belgisi va „Yo'l va temir yo'l kesishgan joy" rasmlari, „Piyodalar o'tish joyi" belgisi va piyodalarning turli o'tish joylari rasmlari, „Svetoforli tartibga solish" belgisi va svetofor o'rnatilgan chorraha rasmi va hokazolar.
Bolalar ma'lum vaqt ichida barcha belgilarni ular o'rnatilishi kerak bo'lgan tegishli joylarni tanlab qisqich bilan qistiribtopshiradilar.
Topshiriqni to'g'ri bajargan o'quvchi g'olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |