1- mavzu: “Bizning ko’cha Maqsad: o’quvchilarga ko’cha haqida ma’lumot berish, ko'chadagi harakat xavfsizligini o’rganish. Bizning ko'cha


- mavzu: Svetofor ishoralari. (2 soat)


Download 4.84 Mb.
bet8/10
Sana05.11.2023
Hajmi4.84 Mb.
#1749762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yo\'l harakati qoidalari fanidan konspekt 5467591507

11- mavzu: Svetofor ishoralari. (2 soat)
Maqsad: o’quvchilarga svetofor ishoralari va yo’l noziri ishoralari haqida tushuncha berish.
Svetoforning ahamiyati haqida tushuncha berish. Qizil, sariq, yashil ishoralarning ahamiyati va ularga transport vositalari hamda piyodalarning rioya qilishlarini tushuntirish. Svetofor ishoralari vazifasiga bog`liq ravishda doirasimon, yo`naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon bo`lishi haqida. Miltillovchi sariq ishorali svetofor harakatlanishga ruxsat berishi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o`tish joyi borligidan xabardor qilib, xavf-xatar haqida ogohlantirishi haqida. Tartibga soluvchining vazifasi va ish joyi haqida tushuncha berish. Ish qurollari: jezl, yorug`lik qaytaradigan qizil rangli moslama, xushtak, ovoz kuchaytirgichli qurilma. Tartibga soluvchining svetoforning qizil, sariq, yashil ishoralariga mos keladigan holatlari. Piyodalar tartibga soluvchining ishoralariga rioya qilishlari haqida tushuncha berish.
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi.
Svetofor ishoralari vazifasiga bog'lik ravishda doirasimon, yo'naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yo'naltirgich ko'rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo'shimcha tarmoq bo'lishi mumkin.
Svetofor yoki yo'l harakatini tartibga soluvchi yo’l noziri bor joylarda ko’chadan ishora (signal) bo'yicha o'ting .
Yo’l harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yo’q joylarda yo’lning qatnov qismini transportlarga halal bermasdan, o’zingizni erkin tutib, ikkilanmasdan kesib o’ting. Ikki tomonlama harakatlanish tashkil etilgan ko’chani kesib o’tishdan oldin to’xtab , chapga qarang va transport vositasi bo’lmasa , o’tishni boshlang . Yo’lning o’rtasiga borib , o’ngga qarang .
Agar yaqin masofada transport vositasi bo’lsa , xavfsiz joyda yoki ko’chaning o’rtasida kutib turing, yo’l bo’shagach harakatda davom eting.

Download 4.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling