1- mavzu: “Davlatchilik” tushunchasi. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar
Ilk davlatlar paydo bo‘lishi arafasida
Download 51.16 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qohinlar Harbiylar Dehqonlar CHorvadorlar Hunarmandlar
Ilk davlatlar paydo bo‘lishi arafasida
O‘rta Osiyo jamiyati Ma’muriy hududiy boshqaruv: oila – nmana urug‘ jamoasi – vis qabila – zantu viloyat – dahyu hukmdor - kavi: Ijtimoiy tabaqalar: Qohinlar Harbiylar Dehqonlar CHorvadorlar Hunarmandlar 2.Davlatning kelib chiqishiga sivilazatsiyaviy nuqtai nazardan yondashish to‘g‘risida Davlatchilikning rivojlanish tarixi to‘g‘risida so‘z borganda, odatda, «davlatning tipi» kategoriyasidan foydalaniladi. Davpatiing tipi - bu muayyan, qoidaga ko‘ra, davlatlarning tarixiy shartlangan guruhiga xos bo‘lgan umumiy belgilar jamidir. SHo‘rolar davrida yuridik fanda jamiyat va lavlat rivojlanishi tarixiga yondashuvning fakat davlat va huqukning markscha-lenincha nazariyasi doirasida ishlab chiqilgan formaiiyali yondashuvidan foydalanilar edi. Ushbu yondashuvga muvofiq davlatning tipi sinfiy jamiyatning iktisodiy tuzumi, unga muvofiq keluvchi sinfiy tuzilma, uning sinfiy mohiyati bilan belgilanar edi. Formatsiyali yondashuvning asosiy nuqsonlari: birtchidan, davlatchilikning tarixiy rivojlanishini davlatning bir tarixiy tipining boshkasi bilan mexanik almashishi deb talkin qiluvchi bir tomonlamalik bo‘lib, bu tarixning davlat rivojlanishi yo‘llari va shakllarining ko‘p xilliligi, ushbu rivojlanishning siklligiga, davlatlar tiplari o‘zgarganda jarayonlarning kaytishi ehtimoliga muvofiq kelmaydi; ikkinchilan, besh formatsiyali sxemaning nomuqobilligi va butunjaxon ko‘lamida davlatning quldorchilik,feodal, burjua va sotsialistik tiplarining xato ravishda universallashtirilishi hisoblanadi. Davlatchilik tarixi ko‘p variantlilidir va hamma vakt ham uning uchun chizilgan sxemaga «tushavermaydi»; uchinchidan, ishlab chiqarishning Osiyocha usuli inkor qilinadi; turtinchidan, ma’naviy omillar (madaniy, milliy, diniy, va boshka omillar) etarlicha baxolanmaydi hamda davlatchilik rivojlanishida va uning tipologiyasida jamiyat ma’naviy, madaniy hayogining axamiyati kamsitiladi, uni antagonistik sinflar manfaatini aks ettiruvchi g‘oyalar, tasavvurlar va kadriyatlar bilan cheklaydi; beshinchidan, davlatchilikning sotsialistik tipini tarixan so‘nggi va oliy tarixiy tip deb biladi. Davlat rivojlanishi amaliyoti davlatning «o‘lishi» to‘g‘risidagi utopik konsepsiyani fosh kilib tashladi. Hozirgi vaktda davlatlar tipologiyasiga sivilizatsiyaviy yondashuv tobora katta rol o‘ynamoqda. Sivilizatsiyaviy yondashuv asosida «sivilizatsiya» (lotincha - civilis fukarolik) tushunchasi turadi. Ushbu tushunchaning o‘zi turlicha tavsiflanadi.«Sivilizatsiya» atamasi ko‘proq umuman madaniyatning sinonimi sifatida ko‘llaniladi hamda odamlar turmushi va faoliyatini tashkil etishning tiplari va shakllarida, ularning o‘zaro munosabatparida, shuningdek ular tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy sadriyatlarda ifodalanadigan jamiyat tarakqiyotining tarixan muayyan darajasini,insonning ijodiy kuchlari va qobiliyatlarini anglatadi Zamonaviy nuktai nazardan qaraganda davlatlar tipologiyasiga davlatchilik mavjud bo‘lishining tashqi xususiyatlariga emas, balki ichki xususiyatlariga asoslangan sivilizatsiyaviy yondashuv qimmatliroq tuyuladi. Davlat bu hokimiyatning tashkil etilishidir, shu sababli, har xil davlatlar xususiyatlarini tahlil kilganda diqqat e’tiborni eng avvalo davlat hokimiyatining shakllanishi, tegashliliti, amalga oshirilishi jixatlariga qaratish zarurdir. Bunday nuktai nazardan davlatlar tipologiyasiga sivilizatsiyaviy yondashuvda davlat va shaxs nisbati tasniflashga asos kilib olinadi. Binobarin, sivilizatsiyaviy yondashuvning formatsiyali yondashuvdan asosiy farki jamiyat va davlatchilik rivojlanishini insonning o‘z faoliyati kadriyatlari va maqsadlari to‘g‘risidagi tasavvurlari orqali ochib beriщdan iboratdir.«Sivilizatsiya» tushunchasi yordamida tarixni o‘rganish asoslari ingliz tarixchisi A.J.Toynbi (1889-1975 yy.) tomonidan 1934-1961 yillarda chop etilgan o‘n ikki jildlik «Tarixni anglash» («AStudyofHistory») asaridaishlab chikilgan. Muallif sivilizatsiyalar farkini eng avvalo tafakkur tarzida ko‘radi. U madaniy element o‘zida «sivilizatsiyaning qalbi, qoni, limfasi, mohiyati»ni ifodalashi to‘g‘risidagi qoidani asosladi. Toynbining fikricha, sivilizatsiya geografik, milliy, liniy belgilar va boshqa belgilarning umumiyligi bilan farq kiluvchi jamiyatning tor va mahalliy holatidir. U ularga bog‘liq ravishda jahon tarixida 21 sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatdi. Davlatning shakllanishi'- uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon har xil xalklarda turli yo‘llar bilan bordi. Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chikarish usuliga asoslangan «SHarq yo‘li» bo‘lib, unda iktisodiyotning asosini irrigatsiya dehqonchiligi tashkil etgan; er va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo‘lgan;dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan Ishlab chikarishning osiyocha usuli miloddan avvalgi ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Xindiston kabi mamlakatlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining ikkinchi «Evropacha yo‘li» Evropa hududida .miloddan avvalgi U asrdan boshlab milodiySH asrgacha kadimgi yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi,. tufayli kelib chikdan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabakalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanishi jarayoni) asosiy omil bo‘ldi. Davlat paydo bo‘lishining ushbu yo‘li Fridrix Engelsning «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chikishi» asarida batafsil yoritilgan. T.V.Kashanina davlat paydo bo‘lishining ikki yo‘lini ajratib ko‘rsatib, «SHarq yo‘li»ni «davlat-hokimiyat», «Evropa yo‘li»ni esa «davlat-mulkchilik» yo‘li deb ataydi. Download 51.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling