VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Har yili Yer ostidan yuz millionlab tonna neft, gaz, ko`mir, torf hamda temir, mis, alyuminiy va boshqa metall rudalari, tizlar qazib olinadi. Ulardan turli mashinalar, samolyotlar, kemalar, kosmir apparatlar yasaladi va harakatga keltiriladi. Deyarli barcha tog` jinslari mineral boyliklar hisoblanadi. Mineral boyliklar uch guruhga bo`linadi: yoqilg`i, rudali, rudamas.
Yerning yoqilg`i boyliklari. Yoqilg`i boyliklari asosan, torf, ko`mir, neft va gazdan iborat. Torf botqoqliklarda o`simlik qoldiqlaridan hosil bo`ladi. Hozirgi vaqtda torf kam ishlatiladi. Uning o`rniga ko`mir, neft, gaz tobora ko`proq yoqilayapdi.
Ko`mir ham o`simlik qoldiqlaridan hosil bo`ladi. Agar ko`mirni sindirib, diqqad bilan qarasangiz, unda qadimda o`sgan o`simliklar barglarining izlarini ko`rasiz. Ko`mir toshko`mir va qo`ng`ir ko`mir deb ataluvchi ikki turga bo`linadi. Toshko`mir qattiq va yaltiroq bo`lib, yonganda juda ko`p issiqlik beradi. Qo`mg`ir ko`mir nisbatan kamroq issiqlik tarqatadi. O`zbekistondagi Ohangaron koni ko`miri qo`ng`i ko`mir hisoblanadi.
Reapublikamizda yangi – yangi neft , gaz va oltin konlarining topilishi va ishlab chiqarish-ga joriy etilishi yurtimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda. Neft va gaz konlari ham cho`kindi jinslar orasida bo`ladi. Ular ko`pincha birga uchraydi. Neft va gaz Antarktidadan boshqa hamma materiklarda qazib chiqariladi. Neft va gaz dengiz sayozligida ko`p bo`ladi.
Rudali mineral boyliklarga tekir rudalari va rangli metall rudalari kiradi. Qayta ishlangan rudalardan temir, mis, alyuminiy, qo`rg`oshin, rux ajratib olinadi. Qimmatbaho hisoblangan – oltin va kumush rangli metallar guruhiga kiradi. Deyarli barcha rudalar Yerning qizib, yotgan chuqur qismida hosil bo`ladi.
Rudamas foydali qazilmalar ham Yer bag`rida ko`plab uchraydi. Ular qatlam – qatlam bo`lib yotadi. Ba`zan bunday qatlamlarni qalinligi bir necha o`nlab metrga yetadi. Bunday foydali qazilmalar orasida eng muhimi osh tuzidir. U tozalanib maydalanib ovqatga har xil tuzlamalarga ishlatiladi. Mineral boyliklar xaritalarda har xil belgilar bilan ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |