1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Yangi mavzu
Darsning borishi:
O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Rangli metallar deb nimaga aytiladi? 2. Rugali mineral boylik nima? 3. Rudamas mineral boylik nima? 4. Mineral o`g`it qanday aniqlanadi? VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni: Yerning suv qobig`i gidrosfera deb ataladi. (Yunoncha „hidro“ – suv, „sphaira“ – shar degani). Gidrosferada suv uch xil – suyuq, qattiq va bug` holatida uchraydi. Gidrosfera bir qancha qismlardan iborat. (Quyidagi jadvalga qarang). Gidrosferaning asosiy qismlari.
Gidrosferadagi suvlarning asosiy qismi okeanlarda yig`ilgan (96,4%). Biroq bu suv juda sho`r bo`lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug`orishga ham foydalanib bo`lmaydi. Quruqlikdagi suvning asosiy qismi sovuq o`lkalardagi muzliklarda to`plan-gan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo`lganligidan foydalanish qiyin. Biroq issiq o`lkalarning baland tog`lari-dagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi. Yer osti suvlari taxminan muzlik suvlaricha bo`lsa, ham ularning sifati har xil. Sho`r suvlar ham ko`p. Yer usti suvlari – daryo va ko`llarda to`plangan. Ularda suv kam. Lekin suv aylanib kelaverganidan insoniyat foydalanishi uchun eng qulay. Yer usti suvlari Yer yuzida uda notekis taqsimlangan. Havodagi suv bug`lari Yer yuziga yog`adigan yog`in manbaidir. Dunyoda suv to`xtovsiz aylanma harakatda bo`ladi. Quyosh nuri okean-lardan juda ko`p suvni bug`latadi. Bug`ning bir qismi okeanlarga yog`in bo`lib yog`adi. Bir qismini shamol quruqliklarga olib ketadi va u yerlarda yog`in bo`lib yerga tushadi. Bu suv daryolarga tushib oqadi va yana okeanlarga quyiladi. Suvning okeanlardan havo orqali quruqliklarga va quruqlik-lardan yana okeanlarga qaytib keladigan to`xtovsiz harakati suvning dunyoda aylanib yurishi deyiladi. Suvning bunday aylanib yurishining ahamiyati juda katta. Quruqlikda yog`in yog`may qo`ysa nima bo`ladi? Quruqlikdagi hamma suv bug`lanib ketib, o`simliklar qurirdi, hayvonlar qirilib ketardi. Hamma joy qurib qaqshab yotgan cho`lga aylanar edi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling