Yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug`lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo`lgan joylarga eng ko`p issiqlik va yorug`lik keladi. Bu yerlarda Quyosh ufqdan baland ko`tarilib, yil bo`yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig`i Quyoshdan kamroq yorug`lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo`tadil (o`rtacha) mintaqalardir. Qutbiy doira (66,50 shimoliy va janubiy kengliklar) dan qutblargacha bo`lgan joylarga Quyoshdan yanada kam yorug`lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.
IX. Mustahkamlash.
1. Kabisa yil qanday yil?
2. Quyosh turish kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?
3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to`g`ri keladi.
4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?
X. Rag`batlantirish: So`rab baholash.
Nazorat Ishi.
1. Qaysi qatorda ufqning asosiy tomonlari to`g`ri berilgan?
A. Shimol, shimoli-sharq, janubi sharq.
B. Shimol, janub, g`arb, sharq.
C. Janub, g`arb, janubi-g`arb.
D. Barcha javoblar to`g`ri
2. Azimut nima?
A. Joydagi ikki yo`nalish orasida hosil bo`lgan burchak.
B. Shimol va janub orasidagi burchak.
C. Joydagi masofaning plan va xaritada necha marta kichraytirilganini ko`rsatuvchi son.
D. Ikki joy orasidagi balandlik.
3. 1800 azimut ufqning qaysi tomonini bildiradi?
A. Shimol. B. G`arb C. Sharq D. Janub.
4. Masshtab necha xil bo`ladi?
A. 2 xil. B. 5 xil. C. 4 xil. D. 3 xil
5. Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligi nima deb ataladi?
A. Masshtab. B. Nisbiy balandlik.
C. Azimut. D. Mutloq balandlik.
6. Relyef nima?
A. Yer yuzidagi past-balandlik, notekisliklar.
B. Quruqlikning okean sathidan qancha balandligi.
C. Ikki joy orasidagi balandlik.
D. Barcha javoblar tog`ri
Do'stlaringiz bilan baham: |