1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- VIII. Yangi mavzu
Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnik chizmasi: Dars tipi: Bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, yangi bilimlarni berish darsi. Darsning jihozlari: O`zbekiston tabiiy va dunyoning siyosiy xaritasi. Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi: O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Masshtab deb nimaga aytiladi? 2. Sonli masshtab nima? 3. Chiziqli masshtab nima? 4. Oriyentirlash qanday aniqlanadi? 5. Azimut bo`yicha qanday yuriladi? VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni: Masshtab. Siz, o`rtog`ingizga avtobus bekatidan uyingizgacha bo`lgan yo`lni qog`ozga chizib ko`rsatmoqchisiz. Albatta, buy o`l uncha uzoq bo`lmasa ham qog`ozga sig`maydi. Demak, yo`lni kichraytirib chizishga to`g`ri keladi.Bunda Sizga masshtab yordam beradi. Masshtab joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganligini ko`rsatuvchi kasr sondir. Avtobuz bekatidan Sizning uyingizgacha bo`lgan masofa 550 m. Uni qisqartirib chizmada 5,5 sm qilib chizdingiz. Siz masofani 10 000 marta qisqartirdingiz. Shunda masshtab 1:10 000 bo`ladi. Har qanday xarita va joy planida uning masshtabi, ya`ni masofalar necha marta qisqartirilganligini yozib qo`yiladi. Masshtab uch xil ko`rinishda bo`ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab. Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo`lingan to`g`ri chiziq shaklida bo`ladi. Agar bu masshtab 1 santimetrda 100 metr deb yozilsa, nomli masshtab deb, 1:10 000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi. Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22 000 000. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o`chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 km bo`ladi. Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo`lgan nuqtalarga qo`yib, so`ng uni masshtabga ham qo`yiladi. Shunda masofa aniq bo`ladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling