Darsning borishi:
O`quvchilar davomatini tekshirish.
O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar.
1. Azimut deb nimaga aytiladi?
2. Joy plani nima?
3. Ufq nima?
4. Ufq tomonlari qanday aniqlanadi?
5. O`lchov asboblariga nimalar kiradi?
VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Geografik xarita – insoniyatning buyuk kashfiyoti. Yer yuzi va har bir joining tabiiy sharoiti, aholisi va uning xo`jalik faoliyati geografik xaritalarda hamda joy planida tasvirlangan.
Sayyohlar, kashfiyotchilar notanish o`lkalarda ot-ulovda yuzlab, minglab kilometr yo`l yurganlar, qayiq va kemalarda dengiz-u okeanlarda suzganlar. Ular ko`rgan, o`rgangan, kashf qilgan narsalar xaritalarga tushurilgan. Demak, Yer yuzini o`rganishning eng qadimgi va sinalgan usuli yo`l bo`ylab joy planini chizishdir.
Joyda ufq tomonlarini aniqlash. Agarda keng tekis joyda chiqsangiz, Siz turgan yer doira shaklda ko`rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgan dek ko`rinadi. Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan ufqgacha bo`lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi.
Darslikning “Quyosh, oy va yulduzlar” mavzusida ufqning 4 ta aosiy tomoni va 4 ta oraliq tomonlari hamda bulardan boshqa mayda oraliq tomonlari borligi haqida aytib o`tilgan edi. Lekin har bir joyda yo`nalishlar juda ko`p. Chunonchi, Siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo`nalish to`ppa-to`g`ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo`lsa, Siz bu yo`nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimuth yordam beradi.
Azimutni kompas yordamida aniqlash. Har qanday aylana 3600 ga bo`lingan ( Kompas nima? U qanday tuzilgan? Bularni “Tabiatshunoslik” fanidan eslang).
Xo`sh, azimuth nima? Azimuth – joydagi ikki yo`nalish orasida hosil bo`lgan burchak. Bu yo`nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqash lozim bo`lgan predmetga ( biror daraxtmi, simyog`ochmi) yo`nalgan bo`ladi.
Azimutlar shimolga yo`nalishdan boshlab soat millari harakati yo`nalishi bo`yicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |