1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet76/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
Havoning harorati termometr yordamida o`lchanadi. Termometr yer yuzida 2 m balandga, Quyosh nuri tushmaydigan soya joyga o`rnatiladi. Meterologik stansiyalarda termometr maxsus meterologik quti ichiga qo`yiladi. Quti ichiga havo erkin kirib-chiqib turadigan qilib ishlanadi. Qutining eshigi shimol tomonda bo`ladi. Shunda quti eshigi ochiganda Quyosh nuri termometrga tushmaydi.
Dunyodagi ko`pchilik meterologik stansiyalarda ob-havo holati, shu jumladan, havo harorati har 3 soatda kuzatib turiladi. So`ngra o`rtacha harorat aniqlanadi. Buning uchun sutka davomidagi barcha kuzatish natijalari qo`shilib, necha marta kuzatilgan bo`lsa, shunchaga bo`linadi. Toshkentda 10 apreldagi bir sutkalik kuzatish natijalari quyidagicha deylik: kechasi soat 1 da +60C, soat 4 da +40C, ertalab soat 7 da +50C, soat 10 da +100C, kunduzi soat 13 da +140C, soat 16 da +160C, kechqurun soat 19 da +100C, soat 22 da +70C.
Haroratlar yig`indisi 720C:8 = 90C. Sutkalik o`rtacha harorat +90C ekan.
O ylik o`rtacha haroratni topish uchun oydagi kunlik o`rtacha haroratlar qo`shilib, oyning kunlari soniga bo`linadi. Yillik o`rtacha haroratni topish uchun hamma oylar o`rtacha harorati qo`shilib, 12 ga taqsimlanadi.
Havo haroratini kuzatish uning sutka va yil davomida ancha o`zgarib turishini ko`rsatadi. Havoning harorati kunduz kuni soat 14 va 15 larda eng yuqori, erta bilan Quyosh chiqishi oldi-dan esa eng past bo`lishi kuzatiladi. Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko`rsatgichlari orasidagi farq havo haroratining sutkalik amplitudasi deb ataladi. Yil davomida eng yuqori harorat bilan eng past harorat orasidagi tafovut esa havo haroratining yillik amplitu-dasi deyiladi.
Turli iqlim mintaqalarida havo haroratining sutkalik va yillik amplitudalari har xil bo`ladi. Haroratning sutkalik o`zgarishi okean va dengizlar ustida 1 – 20C bo`lsa, dasht va cho`llarda 15 – 200C gacha boradi. Yillik amplituda esa ekvator atrofida 5 – 100C dan oshmaydi. Ekvatordan qutblarga tomon yillik amplituda kattalashib boradi. Masalan, Toshkentda u 280C ga teng.
Haroratning yil davomida o`zgarishini chizma ko`rinishida tasvirlash mumkin. Buning uchun bir – biriga tik qilib ikkita chiziq chiziladi.yuqoridan pastga chizilgan chiziqqa harorat yoziladi. Yon chiziq 12 ga bo`linib, har bir bo`linmaga oyning bosh harfi yoziladi. So`ngra har bir oydagi o`rtacha harorat belgilanadi.
Havo bosimi. Havo juda yengilga o`xshaydi, lekin uning ham og`irligi bor. Masalan, dengiz bo`yida 1 m3 havoning massasi 1 kg 300 g. Havo og`irligi yer yuziga katta kuch – 1 sm2 yuzaga 1 kg ga teng bo`lgan og`irlik bilan bosadi(Bolalar kaftingiz 50 sm2 bo`lsa, unga havo qancha kuch bilan bosadi?).
Havoning Yer yuziga va undagi barcha narsalarga bergan bosimini havoning bosimi deyiladi. Odam bu bosimni sezmaydi, chunki havo bosimi odam tasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya`ni muvozanatlashgan. Yuqoriga ko`tarilgan odamga havo bosimining kamayishi seziladi. Agar tog`da 3 000 m balandga ko`tarilsa, nafas qisiladi, bosh aylanadi, 4 000 – 5 000 m balanda burun qonashi, tomirlar yorilishi mumkin.
Havo bosimi barometr asbobi bilan o`lchanadi („baros“ – og`irlik, bosim, „metr“ – o`lchash). Barometr ikki xil bo`ladi: simobli barometr va metall barometr – aneorid.
Simobli barometr asosan uzunligi 1 m va kengligi 1 sm bo`lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berki-tilgan bo`ladi. Shisha naycha millimetrlarga bo`lingan. Shisha naychani simobga to`ldirib, simob solingan idishga ochiq tomoni bilan botirib tik qo`yiladi.
Dengiz bo`yida havo harorati 00C bo`lganda barometr naychasidagi simob 760 mm ni ko`rsatadi. Shunda havo bosimi normal (me`yordagi) bosim deyiladi.
Dengiz bo`yidan balandlikka ko`tariladigan bo`lsa, har 100 m ko`tarilganda simob 10 mm pasayadi (yoki har 10 m da 1 mm pasayadi). Bosim qanday o`zgarishini bilgandan keyin turgan joyimizning balandligini aniqlashimiz mumkin. Toshkentda havo harorati 00C, simobli barometr 720 mm ni ko`rsatayabdi. Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha bo`ladi?
IX. Mustahkamlash.
1. Havo harorati qanday o`lchanadi?
2. Sutkalik va oylik o`rtacha havo harorati qanday aniqlanadi?
3. Havo harorati amplitudasi nima? O`z joyingizda sutkalik amplituda necha darajaga yetadi? Yillik – chi?
4. Eng yuqori havo bosimi qayerda kuzatiladi?
X. Rag`batlantirish: So`rab baholash.
XI. Uyga vazifa: Uyda o`qib, sayyora nomlarini yodlab kelish.


O’IBDO’___________Inoyatov Sh
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling