1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet69/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
Ko`llar. Quruqlik yuzasidagi yer usti va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo`ladi. Ko`llarda suv daryolardagidek o`zanda oqmaydi.
Yer yuzidagi ko`llar juda ko`p. Eng katta ko`l Kasbiy ko`li. Butun maydoni 376 ming km2 ni tashkil etadi. Eng chuqur ko`l – Baykal. Chuqurligi 1 600 m. O`rta Osiyodagi eng katta ko`l Orol dengizi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.
Ko`l suvi to`ldirgan chuqurliklar har xil yo`l bilan, ko`pincha Yer po`stining asta-sekin pasayishidan hosil bo`ladi. Yer po`stining yuqorilashidan ham ko`pincha uzun cho`zilgan chu-qurliklar vujadga keladi. Bunday chuqurliklar suvga to`lib hosil bo`lgan ko`llar tektonik ko`llar deyiladi. Kaspiy, Orol, Baykal ko`llari shunday ko`llardir.
Tog` daryolari vodiylarida chuqur to`g`on ko`llar uchraydi. Ular tog`lar qulab, vodiyni to`sib qolishidan vujudga keladi. Pomir tog`laridagi Sarez ko`li shunday hosil bo`lgan. Tekisliklardagi daryolar ilonizi o`zanlarda oqadigan joylarda eski o`zanlar suvga to`lib qolib, o`zan ko`l paydo bo`ladi.
Agar ko`llarda daryolar quyilsayu bironta ham daryo oqib chiqmasa, bunday ko`llar oqmas ko`l deyiladi. Kaspiy, Orol ko`llari shunday ko`llardir. Agar ko`llarda daryo oqib chiqsa, u oqar ko`l deyiladi. Baykal ko`liga 300 dan ortiq kichik daryo quyiladi va undan bitta katta daryo – Angara daryosi oqib chiqadi. Baykal – oqar ko`l.
Odatda iqlimi issiq o`lkalardagi oqmas ko`llar suvi sho`r bo`ladi. Chunki, qo`shilgan suv bug`lanib ketib, suvda erigan tuzlar qoladi. Dunyodagi eng sho`r ko`l Arabiston yarimorolidagi O`lik dengiz. Uning 1 litr suvida 270 gramm tuz bor.
Ko`llardan inson turli maqsadlarda foydalanadi. Sho`r ko`llardan tuz olinadi, sho`r suv va balchiq ayrim kasalliklarni davolashda qo`llaniladi. Chuchuk ko`llardan baliqchilik, parranda-chilik rivojlantirishda, toza suvdan aholi va xo`jalikni suv bilan ta`minlashda foydalaniladi.
M uzliklar. Quruqlikda qor to`planib, hosil bo`lgan ko`pyillik muzlar muzliklar deyiladi. Ular daryo va ko`llarni qoplab yotgan muzlardan farq qiladi. Sovuq o`lkalarda va baland tog`-larda yoqqan qor erib ulgurmay to`planadi va zichlashib muzga aylanadi. Tyanshan va Pomir tog`laridagi muzliklar 3 500 m dan balandda hosil bo`ladi.
Qor yig`iladigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig`i deyiladi. Qor chizig`i qutbiy o`lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Shuning uchun qutbiy o`lkalarda – Antarktida materigi va Shimoliy Muz okeanidagi orollarda dengiz bo`yidagi yerlar ham muzlik bilan qoplanib yotadi.
Tog`lardagi muzliklar bahor kelishi bilan asta erib daryolarga suv beradi. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ko`p suvini shunday muzliklardan oladi.
Sizga ma`lumki, sovuq o`lkalarda muzliklar butun yer yuzini qoplab yotadi. Antarktida materigi, dunyodagi eng katta orol – Gredlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan. Qalinligi esa 4 ming metrga yetadi.
Muzliklar ham asta-sekin siljib borib, dengiz va okeanlar bo`yiga kelib qoladi. Bunda muzlik yorilib, bo`linib, suvga tushadi va suvda suzib yuruvchi katta muz palaxsalarini hosil qiladi. Bular aysberglar deyiladi. (Gollandcha „iys“ – muz, nemischa „berg“ – tog`). Ba`zi aysberglar juda katta bo`ladi. Antarktida qirg`oqlari yonida kuzatilgan ulkan bir aysbergning uzunligi 170 km, eni 45 km va qalinligi 200 m bo`lgan. Aysbergning katta qismi suv tagida bo`ladi. Aysberglar dengiz va okeanlardagi kemalar qatnovi uchun juda xafli.
Agar siz mashhur „Titanik“ filmini diqqat bilan ko`rgan bo`lsangiz, kema qanchalik ulkan bo`lmasin, to`satdan aysbergga urilib, halokatga uchragan.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling