1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Dars tipi: Bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, yangi bilimlarni berish darsi. Darsning jihozlari


Download 1.05 Mb.
bet2/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Dars tipi: Bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, yangi bilimlarni berish darsi.

  • Darsning jihozlari: O`zbekiston tabiiy va dunyoning siyosiy xaritasi.

    Dars uchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
    Darsning texnik chizmasi:

    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.

    2 daqiqa

    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

    3 daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    25 daqiqa

    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

    7 daqiqa

    Darsni yakunlash

    3 daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar

    5daqiqa

    VII.Darsning borishi:

    1. O`quvchilar davomatini tekshirish.

    2. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar.

      1. Ona tabiat deganda nimani tushunasiz?

      2. O`simliklar qanday nafas oladilar?

      3. O`lkamizdagi qaysi hayvonlarni bilasiz?

      4. O`lkamizda o`suvchi shifobaxsh o`simliklar to`g`risida nimalar bilasiz?

    VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
    Geografiya juda qadimgi fan bo`lib uni yunon olimi Erotosfen “Geografiya”deb atagan. Yunoncha “ge”-yer, “grafo”- yozaman degan ma`noni bildiradi va Yerning tasviri degan ma`noni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiatini, aholisi va uning xo`jaligini o`rganadigan fan. Geografiyani o`rganadigan kishilar geograflar deb ataymiz.
    Uzoq vaqtgacha geograflar Yer yuzi tabiatini, aholisi va ayrim mamlakatlarning xo`jaligini tasvirlab yozish bilan shug`ulanib kelishdi. Geograf sayyohlar yangi yerlarni, dengiz va okeanlarni kashf qilishdi. Biroq Yer yuzini tasvirlash, kattaligini aniqlash, xaritasini tuzish uchun bir necha ming yillar kerak bo`ladi.
    Geografiya fani rivojlanib brogan sari unda ikkita asosiy yo`nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi.
    Tabiiy geografiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o`zgarishi, ro`y beradigan tabiiy hodisalirni, tabiatdan foydalanishga nimalarga etibor berish zarurligini o`rganadi. Shuning uchun Siz, aziz o`quvchilar, tabiiy geografiyani boshdanoq puxta o`rganishga harakat qiling.
    Inson yashashi uchun zarur bo`lgan hamma narsani havo va suvni, foydali qazilmalarni, oziq-ovqatni tabiatdan oladi. U uy joy quradi, kon oshadi, zavodlar, shaxarlar quradi, g`alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, chorva mollari boqadi. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa geografiya fanini yaxshi bilmoq lozim.
    Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta`rif berish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan: cho`l zonalarida yog`ingarchilikning kam, tog`li hududarda esa aksincha ko`p bo`lishini: tog`lar ustida jazirama yozda ham qorlar erimay yotishni, ekvatorda yil bo`yi ob-havo bir xil – issiq bo`lishini, mo`tadil mintaqada esa to`rta fasl almashinib turishini tushuntirib beradi.
    Shuning uchun tabiatning kambag`allashib ketmasligi, ifloslanmasiligi, yerlarni sho`r bosib unumdorligini yo`qotmasligi, daryolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan foydalanishda geografiya fanining hissasi katta.

    Download 1.05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling