1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Inson hayoti tabiat bilan bog`liq bo`lgani uchun kishilar qadim zamonlardayoq o`zlari yashagan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni ko`rishgan. O`zlari yashaydigan joining hamda borgan yerlarining eng soda xaritalarini chizishga harakat qilishgan. Shu yo`l bilan geografik ma`lumotlar to`plana borgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra qadimgi kishilar bundan 7 ming yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan. Yerning shaklini odamlar turli joyda turlicha tasavvur qilishgan. Dengiz bo`yida yashaydigan odamlaryerni nahang baliqlar ko`tarib yuradi deb faraz qilishgan. Yana bir toifa odamlar yerni fillar ko`tarib yuradi, deb, boshqalar esa katta ho`kiz shohida ko`tarib turadi, deb fikr yuritishgan. Yerni sharsimon yumaloq bo`lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning yuzaga kelganiga 2400 yilcha vaqt bo`ldi. Bunga qadimgi kishilarning kuzatishlari dalolat berib turar edi. Masalan: kema qirg`oqdan uzoqlashib ketayotganida ufqdan pastga tushishi, kelayotganida esa ufqdan ko`tarilib chiqishi, oy tutilganda Yerning oyga tushgan soyasining doira shaklda ko`rinishi, Yerning yumaloq doira shaklda ekanligini anglatar edi. Eramizdan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq o`lchagan. U dunyoning birinchi xaritasini tuzgan. Eramizning avvalgi II asrida bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani Rtolomey tuzgan. Bizning bobokalon olimlarimizdan Muxammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Maxmud Koshg`ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo`shganlar. VIII asr oxiri – IX asr boshida yashab, ijod qilgan Muhammar al-XorazmiyYerning sharsimon ekanligini aytib bergan. Abu Rayhon Beruniy esa birinchi globusni yasagan va Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik bor ekanligini aytib o`tgan. Maxmud Koshgariy “Devoni lug`ti turk” asarida ko`p geografik joy va terminlarga izoh yozgan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling