1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Yangi mavzu
- T roposfera
- Mezosfera va termosfera
- Ekzosfera.
Darsning borishi:
O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Tektonk ko`llar deb nimaga aytiladi? 2. Aysberg nima? 3. Qor chzig`i nima? 4. Ko`llar qanday turlarga bo`lnadi? 5. Ko`l deb nimaga aytiladi? VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni: Atmosferaning ahamiyati. Atmosfera – Yerni o`rab turgan havo qobig`i. Yunoncha „atmos“ – bug`, „sphaira“ – shar ma`nosini bildiradi. Atmosfera Yer bilan birga aylanadi. Yer yuzini samodan keladigan meteor jins-lardan, Quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo`lgan ultra binafsha nurlaridan saqlaydi. At-mosfera bo`lmaganida Yer yuzi kunduzi +1200 C gacha qizib, tunda esa – 1800, -2000C gacha sovub ketar edi. Havo qobig`i Yer yuzini shaffof ko`rpa kabi o`rab turadi. Yerning havo qobig`i asosan ikki xil gazdan, ya`ni azot va kislorod aralashmasidan iborat. Havodagi gazlarning 78% ini azot, 21% ini kislorot, 1% ini inert gazlar tashkil etadi. Bulardan tashqari havoda karbonat angdrid, boshqa gazlar, suv bug`lari, changlar ham bor. Azot va kislorot nisbati o`simliklar ta`sirida saqlanib turadi. Lekin avtomobillardan chiqadigan is gazi, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini doimo qattiq nazorat qilib turish, ifloslanishning oldini olish zarur. Negaki, insonning sog`ligi atmosferaning tozaligiga juda bog`-liq. Yer havo qobig`ining yuqori aniq chegarasi yo`q. Taxminan 2 000 km balandda deyiladi. Lekin turli balandliklarda havoning tarkibi, har-orati, zichligi har xil bo`lib, atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratila-di. T roposfera – atmosferaning quyi qatlami („tronos“ – yunoncha so`z bo`lib, aylanmoq, o`zgarmoq degani). O`rtacha qalinligi 10 – 11 km. Qutblar ustida 8 – 9 km, ekvatorda 18 km gacha yetadi. Havodagi barcha suv bug`lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlar paydo bo`ladi. Yog`inlar yog`adi, ob-havo o`zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko`tarilgan sari har 1 000 m da harorat 60C pasayadi. Stratosfera – (yunoncha „stratum“ – qatlam) troposferadan yuqorida joylashgan. Yuqori chegarasi 40 – 50 km balandda. Stratosferaning quyi qismida harorat - 450 C dan -750 C gacha pasa-yadi. Lekin yuqoriga ko`tarilgan sari havo isib, +100C gacha ko`tari-ladi. Mezosfera va termosfera – (yunoncha „mesos“ – o`rta va „therme“ – issiq) atmosferaning yuqori qatlamlaridir. Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta`siridaelektr tokini yaxshi o`tkazadigan bo`lib qolgan. Qutb yog`dulari, „Yulduz uchishi“ hodisalari shu qatlamda ro`y beradi. Ekzosfera. 900 – 1000 kmdan 2000 -3000 km ga-cha. Gaz atomlari 600 km gacha erkin harakat qiladi. Bundan yuqorida yer toji joylashadi. U yerdan tarqalayotgan Atmosferani o`rganish. Inson juda qadim zamon-lardan ob-havoni, atmosferada bo`ladigan hodisalarni kuzatib keladi. Atmosferada ro`y beradigan ayrim hodisalar havo aynib, yomg`ir yog`ishidan, boshqa hadisalar esa ochilishi, Quyoshli kunlar bo`lishidan darak berishini odamlar qadimdan anglab olganlar. Inson uchun ob-havoni oldindan bilish juda zarur (Qani ayting-chi, nima uchun zarur?). Hozirgi vaqtda atmosfera, unda ro`y beradigan hodisalar dunyoning turli joylardagi minglab meteorologik stansiyalarda o`rganiladi. Bu ishda elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar, havo sharlari, meterologik raketalar, Yerning sun`iy yo`ldoshlaridan foydalaniladi. Barcha ma`lumotlar maxsus ilmiy-tatqiqot institutlarida o`rganilib, ob-havo xaritalari tuziladi va ob-havoda ro`y beraadigan o`zgarishlar e`lon qilib turiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling