1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet25/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Darsning texnik chizmasi:

  1. Dars tipi: Bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, yangi bilimlarni berish darsi.

  2. Darsning jihozlari: O`zbekiston tabiiy va dunyoning siyosiy xaritasi.

Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

2 daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

3 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

25 daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

7 daqiqa

Darsni yakunlash

3 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

5daqiqa

  1. Darsning borishi:

    1. O`quvchilar davomatini tekshirish.

    2. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar.

1. Joy plani nima?
2. Ufq deb nimaga aytiladi?
3. Ufq tekisligi nima?
4. Azimutni kompas yordamida qanday aniqlash mumkin?
VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Joy planini turli usullarda tuzish mumkin. Bu usullardan biri qutbiy usul deb ataladi. Bu qanday usul ekanligini ko`rib chiqamiz.
Biz 20-rasmda tasvirlangan joyning eng sodda joy planini tuzmoqchimiz, deylik. Buning uchun ustiga planshet o`rnatilgan uchoyoqni katta harsang tosh yoniga planshet o`rnatilgan uchoyoqni katta harsang tosh yoniga o`rnatamiz. Shu yerdan plan chizishn boshlaymiz. Masshtab tanlaymiz. Masalan: 1:5000. Shundan so`ng planshetga shimol – janub strelkasini chizamiz. Keyin planshetning ufq tomonlariga oriyentirlaymiz. Ya`ni planshetni kerakli tomonga aylantirib, undagi shimol – janub chizig`ini kompas strelkasi bilan moslaymiz.
Endi planni tuzishga kirishamiz.Dastavval, turgan joyimiz – katta tosh oldini planshetga nuqta bilan belgilaymiz va uning o`rtasiga ignani tik qadab qo`yamiz. Bu bizning turgan nuqtamiz va uning o`rtasiga ignani tik qadam qo`yamiz. Bu bizning turgan nuqtamiz bo`ladi. Keyin vizir chizg`ich olib, bir uchini ignaga taqaymiz. So`ngra vizir chizg`ichni biz planga tushurmoqchi bo`lgan predmetlar (yakka daraxt, dala shiyponi, shamol tegimoni) ga to`g`irlab, har bir yo`nalishni qadam bilan chizamiz. Shundan keyin Siz bilgan masofani o`lchab, masshtab bilan belgilaymiz va o`sha joyga shu predmet shartli belgisini chizamiz.
Keyin daraxtni, dala shiyponini chizamiz. Vizirlash chiziqlarini o`chiramiz. Yo`llarni taxminan ham chizsa bo`ladi. Shartli belgi bilan o`tloq va paxtazorlarni tasvirlaymiz.
Biz joyda turib, vizirlash o`tkazgan nuqta qutb deyiladi. Shuning uchun joy planini bunday usulda chizish qutbiy usulda plan tuzish deb ataladi.
Joy planini chizishning azimutli usuli ham bor. Bu qutbiy usuldan ham sodda. Bu usulda planshet va vizir chizig`I kerak bo`lmaydi. Bunda harsang tosh oldida turib, ko`rinib turgan barcha predmet (daraxt, dala shiyponi, shamol tegirmoni)gay o`nalishlar azimuti aniqlanadi hamda shu predmetgacha bo`lgan masofa o`lchanadi. Bularning hammasi yondaftarchaga tushunarli qilib yozib olinadi. Uyga kelib oq qog`ozga turgan nuqta – qutb belgilanadi. Keyin transportir yordamida azimutlar aniqlanib, masofa masshtab bilan belgilanadi. Mahalliy predmetlar shartli belgilar bilan tushuriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling