1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Joydagi nisbiy va mutloq balandliklar


Download 1.05 Mb.
bet26/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Joydagi nisbiy va mutloq balandliklar. Yer yuzasidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deyiladi. Masalan: tepalikning atrofidagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo`ladi.
Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham aniqlash mumkin. Qo`lbola nivelir ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog`lab qo`yiladi. Shovun bilan nivelirning tik o`rnatilgani aniqlanadi.
Mutloq balandlik. Yer yuzasidagi quruqlikning balandligi har xil bo`ladi. Quruqlikning okean sathidan tik balandligi mutloq balandlik deyiladi. O`zbekistondagi barcha mutloq balandliklar Atlantika okeanining Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi. Masalan Toshkent shahrining o`rtacha balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2 267 m. O`zbekistondagi eng baland nuqta Hazrati Sulton tog`I – 4 643 m.
Gorizontallar. Joy planlarda tabiatdagi mahalliy predmetlardan tashqari Yer yuzasining notekisliklari ham tasvirlanadi. Yer yuzasining bunday notekisliklari geografiyada relyef deb ataladi. Relyef joy plan va xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutloq balandligi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi.
Joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo`lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko`rsatuvchi chiziqcha qo`yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar ajratib olinadi. Yonbag`irlar juda bo`lsa, planda mayda tishlarga o`xshagan chiziqlar bilan ko`rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.
IX. Mustahkamlash.
1. Joy planini qutbiy usulda qanday chiziladi?
2. Azimut usuli nima uchun kerak?
3. Balanliklar necha turga bo`linadi?
4. Gorizontallar, Bergshtrix, Relyef nima?
X. Rag`batlantirish: So`rab baholash.
XI. Uyga vazifa: Uyda o`qib kelish.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling