1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet29/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Joy planni o`qish. Hayotda joy plandan foydalanishga to`g`ri keladi. Harbiylar, quruvchilar, yo`lsozlar, sayyohlar ishida joy planlar, ayniqsa, ko`p kerak bo`ladi.
Joy plannini o`qishni o`zingiz yashaydigan joy planiga qarab o`rganganingiz ma`qul. Agar Siz, shaharda yashasangiz, qishloq xo`jaligi yerlari planidan foydalaning.
Buning uchun Siz, joyga plan bilan chiqasiz va planni kompas yordamida ufq tomonlariga oriyentirlaysiz. Keyin planda o`zingiz turgan joyni topasiz. Agar Siz yo`lda turgan bo`lsangiz, palndan avval yo`lni va Sizga ko`rinib turgan biror predmet (masalan, ko`prik, daraxt, chorraha)ni va o`zingiz turgan joyni topasiz. Endi plan yordamida shu atrofdagi predmetlargacha bo`lgan masofani aniqlashingiz mumkin. Siz turgan joydan ko`rinmaydigan, lekin planda masofani o`tish kerakligini ham topib olasiz.
Joy planda azimutni aniqlash. Siz, paromdan Jilg`asuvdagi to`g`onga borishingiz zarur, deylik. Buning uchun qanday azimut bo`yicha yurishingiz kerak? Bu azimutni plandan transportir yordamida aniqlasa bo`ladi. 13 rasmda ko`rinib turibdiki, bu azimut 1450 ekan. Qancha yurish kerakligini chizg`ich yordamida aniqlang. Buning uchun paromdan to`g`ongacha necha santimetir ekannini o`lchaysiz va masshtabdagi masofaga ko`paytirasiz. Planda bu masofa 10 sm. Masshtab: 1 santimetirda = 50 metr. Binobarin, 10 x 50 = 500 metr.
Endi amaliy mashg`ulotlarni bajaramiz. Agar joy planlarda Yer yuzasining notekisliklari gorizontallar bilan tasvirlangan bo`lsa, quyidagi amaliy ishlarni bajarish mumkin. 22 – rasmdagi joy planida mutloq balandligi 1 160,7 metr bo`lgan tepani, uning sharqiy yonbag`ri tik, janubiy – g`arbiy yonbag`ri esa qiya ekanni ko`rib turibmiz.
Yana bir misol. Shu joy planidan shamol tegirmoni yonidan qaraganda Qorasuvdagi parom ko`rinadimi, yo`qmi ekani aniqlanishi kerak. Tegirmon turgan joy Qorasuv sathidan 23 metr balandda joylashgan. Shu bilan birga yonbag`ir tegirmondan paromga tomon pasayib boradi (1160 dan 1137 metrgacha). Agar kuzatuvchi tepaning sharq tomonida 1 150 m balandlikda tursa u paromni ko`rmaydi, chunki, uni tepalik to`sib turadi. Paromni ko`rish uchun kuzatuvchi tepalikning ustiga – 1 160,7 metrli belgiga chiqishi kerak bo`ladi.
22 – rasmdan foydalanib, quyidagi savollarga javob bering.
1. Shamol tegirmoni Jilg`asuvga qurilgan to`g`onning qaysi tomonida joylashgan?
2. Joy planda tasvirlangan tepaning Qorasuv sathidan nisbiy balandligi qancha?

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling