1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet32/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Darsning borishi:

  1. O`quvchilar davomatini tekshirish.

  2. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar.

1. Gografik xarita deb nimaga aytiladi?
2. Izochiziq nima?
3. Chiziqli masshtab nima?
4. Oriyentirlash qanday aniqlanadi?
5. Azimut bo`yicha qanday yuriladi?



  1. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:

Siz Yerning modeli – globusni va joy planini bilsiz. Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda yarimorollar ancha aniq, lekin juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Joy planida esa kichik joy va undagi pretmetlar ancha to`liq aks etadi.
Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada kichraytirilgan holda tasvirlanadi. (Atlas xaritalari, devorga osiladigan xaritalarni ko`ring). Xaritalar har xil bo`ladi.
Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzasidagi va dengiz ostidagi tog`lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.
O`simliklar xaritalarida turli hududlardagi o`simliklar, ulrning qanday tarqalganligi ko`rsatiladi.
Foydali qazilmalar xaritalarida ko`mir, neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerlarda joylashganligi shartli belgilar bilan aks ettiriladi.
Iqlim xaritalarida Yer yuzasining qaysi nuqtasida qancha yog`in yog`ishi, havo haroratining qanday bo`lishi, shamollar yo`nalishi tasvirlanadi.
Bu sanab o`tilgan barcha xaritalarda ma`lum mavzuga oid geografik predmet va hodisalar tasvirlangan bo`ladi. Shuning uchun bunday xaritalar mavzuli xaritalar deb ataladi.
Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, materik va okeanlar xaritasi hamda alohida o`lkalar , davlatlar xaritalariga bo`linadi.
Mavzuli xaritalardan tashqari umumiy geografik xaritalar ham bo`ladi. Ular hududning umumiy ko`rinishi, ya`ni odaf, daryolar, ko`llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar ko`rsatiladi. Bunday xaritalar ham har xil bo`ladi: Dunyo (Yarimsharlar) tabiiy xaritalari, alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim davlat va o`lkalarning tabiiy xaritalari.
Shunday qilib, geografik xaritalar Yer yuzasining umumiy yoki ayrim jihatlarini tasvirlovchi xaritalar bo`lishi mumkin. Mazmuniga ko`ra esa umumiy geografik va mavzuli xaritalar bo`ladi. Tasvirlangan hududning kattaligiga ko`ra Dunyo xaritasi yoki o`lkalar xaritalariga bo`linadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling