1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Xaritalarning shartli belgilari


Download 1.05 Mb.
bet33/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o`ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.
Yer yuzasining relyefi masalan, ustma – ust rang berish bilan tasvirlanadi. Bunda, 0 mdan 200 m gacha baland bo`lgan pasttekisliklar yashil rangda, 200 m dan 500 m gacha baland bo`lgan qirlar och jigarrangga bo`yaladi. Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xaritaning pastki qismidagi jadvalda beriladi. Bunday jadval balandliklar shkalasi deb ataladi. Balandliklar shkalasidan foydalanib, hududning har bir nuqtasining balndligini aniqlasa bo`ladi. Chuqurliklar shkalasi ham shunday tuziladi. Ba`zi bir tog` cho`qqilarining balandligi, ayrim okean botiqlarining chuqurligi xarita va globuslarda metr (raqam) bilan ko`rsatib qo`yiladi.
Geografik xaritalardagi izochiziqlar (yunoncha “isos” – teng) deb ataluvchi chiziqlar biror geografik hodisa bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiradi. Masalan, havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziqlar izobara, havo harorati o`xshash nuqtalarni tutashtirgani izoterma deb ataladi.
Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi harakat belgilari sterlka bilan tasvirlanadi. Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo`nalishi sterlkalar yordamida ko`rsatiladi.
Aholining irqiy va diniy tarkiblari, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari turli ranglar bilan aks ettirilgan bo`ladi.
Geografik obyektlar va hodisalar oda hamda yaxshi ko`rinadigan qilib tasvirlangan, daraja to`ri berilmagan xaritalar ham bo`ladi. Ular oddiy (sxematik) xaritalar deyiladi. Bunday xaritalarga sayyohlarning bosib o`tgan yo`llari, davlatlarning savdo aloqalari va boshqalar tasvirlanadi.
IX. Mustahkamlash.
1. Izochiziqlar nima?
2. Shartli belgilar nima uchun kerak?
3. Xaritalar necha turga bo`linadi?

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling