1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Geografik xaritalarda amaliy ishlarni quyidagi savollar yordamida o`tkazish mumkin
VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
1.Maktab hovlisining joy planini azimutli usulda chizish. Buning uchun maktab hovlisiga chiqib, bir joyni – turish nuqtasi deb tanlaymiz va planshetda uni A harfi bilan belgilaymiz. A nuqtaga kompasni oriyentirlab olamiz. Shundan keyin maktab hovlisining har bir burchagining azimutini aniqlaymiz. Maktab hovlisi hamma joyda har xil bo`lishi mumkin. Biz misolda to`rt burchagli maktab hovlisini tanladik. Har bir burchakni B, C, D, E deb belgiladik. Endi A nuqtada turib, kompas yordamida har bir burchakka yo`nalishning azimutini aniqlaymiz. Bizning misolda C burchak azimuti 600, E burchak azimuti 1250, D burchak azimuti 2200 va B burchak azimuti 3100 ekan. Endi A nuqtadan har bir burchakkacha bo`lgan masofani ruletka yordamida yoki qadamlab aniqlaymiz. Demak, bildikki, A nuqtadan C nuqtagacha masofa 60 m, E nuqtagacha masofa 70 m, D nuqtagacha 50 m va B nuqtagacha 40 metrga ekan. Ana endi chizayotgan planimizda masshtab tanlaymiz. Bu 1:600 masshtabni tanladik, ya`ni joydagi 6 m ni biz planda 1 sm deb olamiz. Shundan keyin maktab hovlisi planni chizmoqchi bo`lgan qog`ozimizda avval A nuqtani belgilaymiz. Keyin kompasni qo`yib B, C, D, E nuqtalar yo`nalishini belgilaymiz hamda har bir nuqtagacha bo`lgan masofani 1:600 (1 sm da 6 m) masshtab bilan o`lchab, nuqta o`rnini aniqlaymiz. Bu nuqtalarni chiziqlar bilan birlashtirsak, maktab hovlisi chizmasi hosil bo`ladi. Mana shundan keyin maktab hovlisidagi boshqa predmetlarni shartli belgilar bilan planda aks ettirsa bo`ladi. Masaln, yo`llarni chiziqlar, daraxtlarni daraxt belgisi, o`tloqni o`tloq belgisi, gulzorni qizg`ish rang bilan ko`rsatish mumkin. Planning g`arbiy yarmida stadion, valeybol maydonchalarini tushursa bo`ladi. Joy planining bir chetiga masshtabi, shartli belgilari yozib qo`yiladi. 2.Geografik xaritalarda amaliy ishlarni quyidagi savollar yordamida o`tkazish mumkin: 1) O`zbekiston tabiiy xaritasida quyidagilarni aniqlang: a) shartli belgilar yordamida Chirchiq, Zarashon va Surxondaryo daryolari qaysi tog`lardan oqib chiqadi? Bu daryolar qayerlarga borib quyiladi? b) Chotqol, Turkiston, Hisor, Nurota tog`larining eng baland cho`qqilari necha metr? d) O`zbekistonda neft, gaz, ko`mir, oltin konlari qayerlarda joylashgan? 2) O`zbekistonning siyosiy – ma`muriy xaritasidan quyidagilarni aniqlang? a) O`zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaraosh? b) Farg`ona vodiysida O`zbekistonning qaysi viloyatlari joylashgan? d) Toshkent – Termiz avtomobil yo`li O`zbekistonning qaysi viloyatlaridan o`tadi? 3) Geografik atlasdagi yarimsharlar xaritasidan quyidagi: a) Mamlakatimiz poytaxti – Toshkentning; b) O`zbekistonning Urganch, Buxoro, Termiz, Samarqand, Andijon shaharlarining geografik koordinatalarini aniqlang. 4) Quyidagi nomli masshtablarni soni masshtablarga aylantiring: 1) 1 sm da 5 km; 2) 1 sm da 20 km; 3) 1 sm da 50 km. Hamma javobni “Geografiyadan amaliy ishlar daftari”ngizga yozib qo`ying. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling