1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- VIII. Yangi mavzu
- Yer po`stini
Darsning borishi: O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Gografik xarita deb nimaga aytiladi? 2. Izochiziq nima? 3. Chiziqli masshtab nima? 4. Oriyentirlash qanday aniqlanadi? 5. Azimut bo`yicha qanday yuriladi? VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni: Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga o`zshab qobiqli tuzilgan. Yerni koinotdan kuzatgan fazogir nimalarni ko`radi? Yerni hamma tomondan havo bilan o`ralganligi va havo qobig`ida bulutlar suzib yurganini ko`ramiz. Bu Yerning havo qobig`i – atmosfera. Yana Yer qutblari atrofini juda katta oq dog`lar – muz va qorlar qoplab yotganini, juda keng maydonni suv – okean va dengizlar egallaganini ko`radi. Quruqlikda ham behisob ko`llar, daryolar ko`zga tashlanadi. Bular Yerning suv qobig`i – gidrosferadir. Quruqlikda o`rmonlar, cho`llar, ekin dalalari, bog`lar, shaharlar va qishloqlar joylashgan. O`rmonlar, ekinzorlar, shahar – qishloqlar, cho`li dashtlar hamda okeanlar ostida qattiq tog` jinslari mavjud. Bular Yer po`stini hosil qiladi. Yer po`sti eng qattiq qobiqdir. Hamma jonzodlar, o`simliklar, ular yashaydigan muhit esa birgalikda biosfera, ya`ni hayot qobig`i deb ataladi. Yerning tashqi qobiqlari ancha yaxshi o`rganilgan. Lekin uning chuqur, ichki qismi haqidagi bilimlarimiz juda kam. Yerning ichki qismini bevosita ko`rib, ya`ni uning ichiga kirib o`rganib bo`lmaydi. Yer ichki qismi vulqonlar otilganda chiqqan moddalarni o`rganish orqali, yer qimirlash to`lqinlarning tarqalish xususiyatlariga qarab taxminiy o`rganiladi. Olimlarning ma`lumotlariga ko`ra, Yerning markaziy qismida yadro (Yer mag`izi) bor. Uning diameti 7 000 km ga yaqin. Yadroni mantiya deb ataluvchi qobiq o`rab turadi. Uning qalinligi 2 900 km ga teng. Mantiyani esa Yer po`sti qoplagan. U Yer qobiqlaridan eng qattig`i bo`lib, qalinligi okeanlar tagida 5 km dan, baland tog`lar tagida 80 km gacha yetadi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, mantiya magniy, temir va qo`rg`oshindan iborat. Undagi harorat esa 2 0000 C va undan ham yuqori. Olimlar Yer ichiga chuqur tushgan sari harorat har 1000 m da 330 C ko`tarilishini aniqlashgan. Demak, 50 km chuqurlikda harorat 1 5000 C ga yetadi. Mantyaning quyi qismlari va yadroda harorat yana ham oshadi. Bunday yuqori haroratda tog` jinslari erigan, ya`ni suyuq holatda bo`lishi kerak edi. Biroq bunday emas. Chunki u chuqurliklarda bosimjuda katta. Masalan, 100 km chuqurlikda bosim Yer yuzasidagiga qaraganda 13 ming marta katta, ya`ni 1 sm2 yuzaga 13 tonna kuch bilan bosadi. Shuning uchun mantiya va yadroda tog` jinslari qattiq holatda deb taxmin qilinadi. Yer yadrosi haqida ma`lumotlarimiz yanad kam. Faqat uning radiusi 3 500 km va 4 0000 C atrofida ekanini bilamiz, xolos. Yerning ichki tuzulishini o`rganish insonga, uning hayoti uchun zarur bo`lgan ko`p savollarga javob topishiga yordam beradi. Masalan, foydali qazilmalar yetarlimi? Nega Yer qimirlaydi, uni oldindan aytish mumkinmi? Materiklar siljiydimi? Nega vulqonlar otiladi kabi savollarga javob topish muhim ahamiyatga egadir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling