Masofani o`lchash. Biror joining planini tuzayotgan masofalarni o`lchashga to`g`ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o`lchash mumkin. Lekin yurilgan yo`l uzunligini yoki tabiatdagi ikki predmet oralig`idagi masofani ular bilan o`lchash juda qiyin hamda ko`p vaqtni oladi. Bunday hollarda masofani qadamlab o`lchasa bo`ladi.
Masofani qadamlab o`lchash uchun har bir bola o`z qadamining uzunligini bilishi zarur. Qadamning o`rtacha uzunligini bilish uchun avval, 100 metr masofani fuletka bilan o`lchab olish kerak. Keyin shu masofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qadam ekanligi aniqlanadi. Aytaylik, Siz, 100 m masofani 200 qadamda bosib o`tdingiz. Endi 100 m ni 200 ga bo`lasiz. 100m – 10 000 santimetr. 10 000 : 200 = 50 sm. Demak, Sizning har bir qadamingizning uzunligi 50 sm, ya`ni yarim metrga teng ekan.
Kattaroq masofalarni o`lchaganda qadamni juftlab hisoblash kerak. Bunda chap oyoq qadamini sanasangiz, sanoq qancha bo`lsa, masofa shuncha metr bo`ladi.
Masofani yasama o`lchov g`ildirak yordamida o`lchasa ham bo`ladi. Bunday g`idirakni tunukadan qo`lda yasash mumkin. Buning uchun qalin tunukadan diametri 31,85 sm qilib, doira shaklda g`ildirak qirqib olinadi. G`ildirakni uzunligi 1 metrli o`qqa aylanadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g`ildirak bir aylanishi 1 m gat eng. G`ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib qo`yilsa, g`ildirak har bir to`liq aylanganda o`qqa tegib, ovoz chiqaradi. Siz uning yordamida g`idirak necha marta aylanganini hisoblaysiz.
IX. Mustahkamlash.
1. Joy plani nima?
2. Ufq deb nimaga aytiladi?
3. Ufq tekisligi nima?
4. Azimutni kompas yordamida qanday aniqlash mumkin?
X. Rag`batlantirish: So`rab baholash.
XI. Uyga vazifa: Uyda o`qib, sayyora nomlarini yodlab kelish.
O`TIBDO`______________Inoyatov Sh
5 – sinf. Tabiiy geografia.
Sana: 2.11.2019____________ Fan o’qituvchisi: Xo’jamov J
Do'stlaringiz bilan baham: |