1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


Ushbu tajriba quyidagilardan iborat


Download 495.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana23.12.2022
Hajmi495.22 Kb.
#1044573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (2)

Ushbu tajriba quyidagilardan iborat: 
1. 
Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi rivojlanishining amerika- cha yo'li. 
2. 
XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metod- lari tarixi. 
3. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi 
"iqtisodiyot mo'jizasi"ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari. 
4. 
Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun ma'lumotlar 
bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqiroz- dan chiqishning oqilona modellarini izlashga 
yordam beradi. 
Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yo'nalishga 
asoslanadi: 
• 
tarix; 
• 
iqtisodiyot nazariyasi
• 
aniq iqtisodiyot. 
Bu fandan rivojlangan mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyo iqtisodiy tarixi, xalq 
xo'jaligi tarixi hamda iqtisodiy g'oyalar tarixi kabi alohida yo'nalishlar ajralib chiqdi. 
Iqtisodiy tarixning bunday tuzilishi va integratsion xususiyatlari uning turli-tuman 
o'rganish obyektlarini alohida tadqiq etilishiga bog'liq holda tushuntiriladi. Eng umumiy holda 
tushuntirishda iqtisodiy jarayon va voqealarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixini 
o'rganish obyekti sifatida xizmat qiladi. Turli mintaqalar iqtisodiy tarixini o'rganish obyekti bo'lib 
davlatning iqtisodiy siyosati hamda alohida tarixiy voqealarning sabab va oqibatlari xizmat qiladi. 
Xalq xo'jaligi tarixining tadqiqot obyekti sifatida ishlab chiqa- rish usullari evolutsiyasi, 
xo'jalik tarmoqlari tarixi, alohida iqtisodiy jarayonlar (urbanizatsiya, kooperatsiyalashuv, 
sanoatlashuv va boshqalar) tarixi, iqtisodiy institutlar (soliq, narx, moliya va kredit, ish haqi) tarixi, 
iqtisodiy g'oyalar tarixi uchun esa iqtisodiy nazariyalar tarixi, alohida nazariyalar tarixi va 
iqtisodiy tahlil me- todlari tarixi xizmat qiladi. 
Iqtisodiy tarixning integratsion xususiyati e'tiborga olinsa uning tadqiq etish predmetlarini 
ajratish ancha murakkab. Bu masala yurtimiz va chet el adabiyotlarida qayta-qayta ko'tarib 
chiqilgan va u turli-tuman nuqtayi nazardan tushuntirilgan. Xuddi shun- day iqtisodiy tarix va 
iqtisodiyot tarixining bir-biriga o'xshashligi to'g'risidagi turli fikr va munozaralar ham davom 
etmoqda. 
• 
Keng ma'noda iqtisodiy tarixning predmetijamiyatning "iqtisodiy harakati", uning 
o'zgarishi xususiyatlari, bunday harakat- larning transformatsion qonuniyatlari, uning ijtimoiy 
hayotning barcha sohalari bilan bo'lgan aloqalaridan iborat bo'ladi. 
• 
Tor ma'noda esa turli mamlakatlar aholisining xo'jalik faoli- yati, ulardagi ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ishlab chiqarish xususiyatlarining o'zgarib borishi predmet 
sifatida o'rganiladi. 

Download 495.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling