1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


Download 495.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana23.12.2022
Hajmi495.22 Kb.
#1044573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (2)

Maks Veber (1864-1920 yy.) 
Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy 
tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-
iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. 
M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bilan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida 
dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini 
ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati 
deb hisoblagan. U puritan
2
g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini 
rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni 
o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, 
atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi. 
Verner Zombart (1863 - 1941 yy.) 
Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart "Zamonaviy kapi- talizm" (1902 y.), "Burjua" 
(1913 y.), "Germaniyaning XIX asr va XX asr boshlarida xalq xo'jaligi" (1923 y.) kabi asarlarida 
kapitalizm- ning paydo bo'lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig- ini uqtiradi va uning 
rivojlanishini uch bosqichda ko'rib chiqish zarur, deb biladi, bular: individual, o'tish va ijtimoiy. 
2
Puritanlik (ing. puritan, lot. purus - sof, toza) - o'ta qat'iy fe'l-atvor, ehtiyojlarning maksimal darajada cheklanishi, har qanday dabdabalik va qulayliklarga 
qarshi bo'lish, oila va nikoh masalalariga patriarxal munosabatga asoslangan turmush tarzi (https:// dic.academic.ru/dic.nsf/enc_culture/2170) 
12 


Mezon sifatida u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya'ni qadimdagi uy xo'jaligining to'liq 
avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo- tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o'zining 
iqtisodiy ta- moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda "o'ziga ovqat topish" tamoyili asosiy 
hisoblanadi, kapitalizm uchun esa "muvaffaqi- yatga erishish, manfaatparastlik" xosdir. 
V.Zombart, shuningdek, o'zining kapitalning dastlabki jamg'arilishi nazariyasini yaratishga 
harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini qayd etdi. G'arbiy Yevropa 
iqtisodiy tarixi bo'yicha asar yozish uchun juda katta faktik material to'plagan. 

Download 495.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling