1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi
Download 495.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (2)
1.3.
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, madaniy yodgorliklar va yozuvlar, qonunlar to'plamlari, ma'muriy va yuridik hujjatlar, statistik ma'lumotnomalar kiradi. G'arb iqtisodiyoti "burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan kurashning asosiy shakli" deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina ba'zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot tex- nikasi, manbalarni sinchiklab o'rganishi, matematik metodlardan foydalanish va ba'zi boshqa metodlar. Turli davlatlarning iqtisodiy tarixi muammolari ingliz, fransuz, nemis tarixografiyasida ko'rilgan. Angliyada iqtisodiy tarixning asoschilaridan biri Arnold Toynbi 1 (1852-1883 yy.) hisoblanadi. Uning Buyuk Britaniyada sanoat to'ntarilishi tarixi bo'yicha ma'ruzalari muvaffaqiyat qozongan. Uning "XVIII asrda Angliyada sanoat to'ntarilishi" (1884 y.) kitobida XVIII va XIX asr davomida Britaniya iqtisodiy tarixi bo'yicha birin- chilardan bo'lib tadqiqotlar olib borilgan edi. A.Toynbi o'zining jamoat faoliyatida ishchilar sinfi manfaatlarini himoya qilgani bilan shuhrat qozongan. U ijtimoiy qonunchilik, davlatning mehnat va kapitalga aralashuvi, korxonalardagi ixtiloflarni bartaraf etish tarafdori edi. Fransiya Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 - 1889 yy.) Fransiya tarixini o'rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor- gan. Uning asosiy ishi - "Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining tarixi" (1875-1892 yy.), unda muallif G'arbiy Yevropada feodalizm- ning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o'rta asrga o'tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba- qadam almashinishi deb aytgan. Fyustel de Kulanj shuni ta'kidlab o'tdiki, Yevropa sivilizatsiya- sining asosini faqat Rim jamoat institutlari tashkil qiladi va ular- da umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo'lmagan, chunki u tarixiy faktlarga to'g'ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar sohalarga katta e'tibor qaratgan, u birinchilardan bo'lib o'rta asr Fransiya agrar tarixini o'rgangan. U hujjatli materiallar bo'yicha mashhur bilimdon bo'lib, uning ko'pgina asarlarida ixtiyoriylik va muayyan bir g'oya mavjud edi. Download 495.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling