1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja
Ushbu tajriba quyidagilardan iborat
Download 495.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yonalishga asoslanadi
Ushbu tajriba quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi rivojlanishining amerika- cha yo'li. 2. XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metod- lari tarixi. 3. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi "iqtisodiyot mo'jizasi"ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari. 4. Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun ma'lumotlar bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqiroz- dan chiqishning oqilona modellarini izlashga yordam beradi. Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yo'nalishga asoslanadi: • tarix; • iqtisodiyot nazariyasi; • aniq iqtisodiyot. Bu fandan rivojlangan mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyo iqtisodiy tarixi, xalq xo'jaligi tarixi hamda iqtisodiy g'oyalar tarixi kabi alohida yo'nalishlar ajralib chiqdi. Iqtisodiy tarixning bunday tuzilishi va integratsion xususiyatlari uning turli-tuman o'rganish obyektlarini alohida tadqiq etilishiga bog'liq holda tushuntiriladi. Eng umumiy holda tushuntirishda iqtisodiy jarayon va voqealarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixini o'rganish obyekti sifatida xizmat qiladi. Turli mintaqalar iqtisodiy tarixini o'rganish obyekti bo'lib davlatning iqtisodiy siyosati hamda alohida tarixiy voqealarning sabab va oqibatlari xizmat qiladi. Xalq xo'jaligi tarixining tadqiqot obyekti sifatida ishlab chiqa- rish usullari evolutsiyasi, xo'jalik tarmoqlari tarixi, alohida iqtisodiy jarayonlar (urbanizatsiya, kooperatsiyalashuv, sanoatlashuv va boshqalar) tarixi, iqtisodiy institutlar (soliq, narx, moliya va kredit, ish haqi) tarixi, iqtisodiy g'oyalar tarixi uchun esa iqtisodiy nazariyalar tarixi, alohida nazariyalar tarixi va iqtisodiy tahlil me- todlari tarixi xizmat qiladi. Iqtisodiy tarixning integratsion xususiyati e'tiborga olinsa uning tadqiq etish predmetlarini ajratish ancha murakkab. Bu masala yurtimiz va chet el adabiyotlarida qayta-qayta ko'tarib chiqilgan va u turli-tuman nuqtayi nazardan tushuntirilgan. Xuddi shun- day iqtisodiy tarix va iqtisodiyot tarixining bir-biriga o'xshashligi to'g'risidagi turli fikr va munozaralar ham davom etmoqda. • Keng ma'noda iqtisodiy tarixning predmetijamiyatning "iqtisodiy harakati", uning o'zgarishi xususiyatlari, bunday harakat- larning transformatsion qonuniyatlari, uning ijtimoiy hayotning barcha sohalari bilan bo'lgan aloqalaridan iborat bo'ladi. • Tor ma'noda esa turli mamlakatlar aholisining xo'jalik faoli- yati, ulardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ishlab chiqarish xususiyatlarining o'zgarib borishi predmet sifatida o'rganiladi. Download 495.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling