1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja


  Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi


Download 495.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana23.12.2022
Hajmi495.22 Kb.
#1044573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (2)

1.3. 
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi 
Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, madaniy yodgorliklar va 
yozuvlar, qonunlar to'plamlari, ma'muriy va yuridik hujjatlar, statistik ma'lumotnomalar kiradi. 
G'arb iqtisodiyoti "burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan kurashning asosiy shakli" 
deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina ba'zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot 
tex- nikasi, manbalarni sinchiklab o'rganishi, matematik metodlardan foydalanish va ba'zi boshqa 
metodlar.
Turli davlatlarning iqtisodiy tarixi muammolari ingliz, fransuz, nemis tarixografiyasida 
ko'rilgan. 
Angliyada iqtisodiy tarixning asoschilaridan biri Arnold Toynbi
1
(1852-1883 yy.) 
hisoblanadi. Uning Buyuk Britaniyada sanoat to'ntarilishi tarixi bo'yicha ma'ruzalari muvaffaqiyat 
qozongan. Uning "XVIII asrda Angliyada sanoat to'ntarilishi" (1884 y.) kitobida 
XVIII 
va XIX asr davomida Britaniya iqtisodiy tarixi bo'yicha birin- chilardan bo'lib 
tadqiqotlar olib borilgan edi. A.Toynbi o'zining jamoat faoliyatida ishchilar sinfi manfaatlarini 
himoya qilgani bilan shuhrat qozongan. U ijtimoiy qonunchilik, davlatning mehnat va kapitalga 
aralashuvi, korxonalardagi ixtiloflarni bartaraf etish tarafdori edi. 
Fransiya 
Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 - 1889 yy.) Fransiya tarixini o'rganishda ilmiy 
yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor- gan. Uning asosiy ishi - "Qadimgi Fransiya ijtimoiy 
tuzumining tarixi" (1875-1892 yy.), unda muallif G'arbiy Yevropada feodalizm- ning kelib 
chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o'rta asrga o'tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-
qadam almashinishi deb aytgan. 
Fyustel de Kulanj shuni ta'kidlab o'tdiki, Yevropa sivilizatsiya- sining asosini faqat Rim 
jamoat institutlari tashkil qiladi va ular- da umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo'lmagan, 
chunki u tarixiy faktlarga to'g'ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar sohalarga katta e'tibor 
qaratgan, u birinchilardan bo'lib o'rta asr Fransiya agrar tarixini o'rgangan. U hujjatli materiallar 
bo'yicha mashhur bilimdon bo'lib, uning ko'pgina asarlarida ixtiyoriylik va muayyan bir g'oya 
mavjud edi. 

Download 495.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling