1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amlokdorlik Bug‘doy Arpa Paxta
- 9-mavzu. Rus va sovet hokimiyati davrida yer va suvga bo‘lgan munosabat; (2-soat) Reja.
- Birinchi
- «Turkistonda yerdan mehnat maqsadida foydalanish to‘g‘risida» gi Qonun
- «Natura solig‘i haqida» gi qaror
Ushbu jadvaldan ma’lum bo‘ladiki, dash yerlarining 45% shudgorda bo‘lgan. Zangning yangi o‘zlashtirilgan yerlarida shudgor jami yerlarning teng yarmini tashkil qilgan. Buning sababi, ko‘pchilikning yerida ishchi kuchi yetishmagan. Hatto uch desyatina yeri borlar ham uni ishlatolmay, dam berib qo‘ygan. Ekin turlari quyidagi taqsimotga ega bo‘lgan1:
Dashdagi ekinzorlar bo‘yicha suv, soliq va majburiyatlar taqsimlangan. Har bir qishloqda paykallar bek tomonidan yozib qo‘yilgan va ularning soniga qarab aholiga mehnat majburiyatlari (mardikorlik, ya’ni bek qo‘rg‘onida ishlash) yuklangan. Ammo paykallarning aniq soni “daftar”dagidan farq qilgan. Chunki qishloqlarda oilalar soni yil sayin o‘zgarib turgan. Har bir paykalda 4,6,8,10 kishi ishlagan. Ayrim hollarda ularning soni 14 va 16 kishigacha yetgan. Ba’zi kishilar bir vaqtning o‘zida bir nechta paykalga ham egalik qilgan. Masalan, Bobomurod aminning Kayronda 3 paykal yeri, Sayidobod amlokdorligining boshqa qishloqlarida 1 paykaldan yeri bo‘lgan. Dash yerlari paykallarga bo‘linganda, ular qishloq aholisi o‘rtasida qur’a tashlash yo‘li bilan bo‘lib berilgan. Odatda bir paykalga tushgan kishilar yerga sheriklik asosida ishlov berishgan. Ba’zan sheriklik “ikki” (“qo‘sh paykal”) va “to‘rt paykal”dan iborat bo‘lgan. Bunday turdagi sheriklikning saqlanishi xo‘jalikning sodda bo‘lishiga, ariqlarni qazish va tozalashda, soliq va majburiyatlarda muhim ahamiyat kasb etgan. Agar paykalchilardan bir kishi majburiyat o‘tash uchun yuborilsa, uning o‘rniga boshqa sheriklari ishlab bergan. 9-mavzu. Rus va sovet hokimiyati davrida yer va suvga bo‘lgan munosabat; (2-soat) Reja. 1. Turkistonda 1920-yillarda qishloq xo‘jaligining ahvoli iqtisodiy siyosatdagi burilish. 2. Yer-suv islohotlarining o‘tkazilishi va uning bosqichlari. 3. Yer-suv islohoti o‘tkazilishining salbiy oqibatlari. 4. Turkistonda qishloq xo‘jalik kadrlari masalasining hal etilishi 5. Bugungi kunda respublikamizda yer-suv muammolarining hal kilinishi, iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi. Adabiyotlar 1.Abduraxmanova Tursunoy. Istoriya razvitiya irrigatsii Uzbekistana v period siroitel’stva sotsializma (1925 - 1937 gg). K.i.n. - T., 1972 g. 2. Alimov I. Iz istorii zemel’no-vodnoy reformы v Tashkentskoy oblasti. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1965 yil.3-son. 40-42 b. 3. Aminova R.G. Kollektivlashtirish qashshoqlashtirish demakdir. Sharq Yulduzi. 1992 y. 4.Asqarov M. Farg‘ona vodiysida yer-suv islohotiningo‘tkazilishi va uning oqibatlari (1925-1926 yy). O‘zbekiston tarixi. 2012 yil, 2-son, 47-55 b. 5. Golovanov A.A. Krestyanstvo Uzbekistana evolyusiya sotsialnogo polojeniya 1917-1937 gg. - T., Fan. 1992 y. 6. Ibragimova A.Yu. Uspexi sotsialisticheskogo sel’skogo xozyaystva Uzbekistana za 40 let (k 40 letiyu Uz SSR i KP Uzbekistana). O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964 yil.7-son. 5-13 b. 7. Kunokova L. Z. Zemelno vodnaya reforma v Uzbekistane (1925-1929 gg). - Frunze , 1967 g. 8.Rasulov B. O‘zbekistonda XX asrning 20-30 yillarida kollektivlashtirish jarayonidagi qatag‘onlarning shakllari va mafkuraviy-huquqiy asoslanishi. O‘zbekiston tarixi. 1 yil, 4-son, 34-43 b. 9. Rizaev T.R. Razvitie irrigatsionnogo stroitel’stvo v Uzbekistane za godы Sovetskoy vlasti (k 40 letiyu UzSSR i KP Uzbekistana). O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964 yil.6-son. 5-11 b. 10.Ro‘ziev A.N. Mirzaev Sh.P. Barotaliev U. Surxondaryo suv omborlari va agrosanoat majmuini rivojlantirish masalalari. - T., “Jayxun,” 1997 y, 113-b. 11.Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). – T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv-uslubiy qo‘llanma). 12.Sovet jamiyati tarixi sahifalari. - T.,O‘qituvchi, 1993 y. 13.Tashev M.M. Istoriya razvitiya irrigatsii Samarkandskogo oazisa (1917-1970 gg). K.i.n. - T., 1971 g. 14.To‘xtaeva R.T. Sovet hokimiyatining pul islohotlari va O‘zbekiston aholisining ijtimoiy hayoti (1917-1970 yy). Tarix fanlari nomzodligi olish uchun yozilgan dissert. 14.Umrzoqova M.R. Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlari (1917-1924 yy). Tarix fanlari nomzodligi olish uchun yozilgan dissert. 15.Xaeskiy A. Popыtka vnedreniya xlopkovodstva na Ukraine i ispol’zovaniya «raskulachennыx» iz Uzbekistana. O‘zbekiston tarixi. 2010 yil, 4-son, 50-60 b. 16.Xoliqov E. Turkistonda yer-suv islohotlarining o‘tkazilishi va uning ijtimoiy - siyosiy oqibatlari. Yosh o‘qituvchilar va talabalarga qo‘llanma. - T., Nizomiy TDPI, 1995y. 17.Xoliqov E. Turkistonda yer-suv islohotlarining o‘tkazilishi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari. Yosh o‘qituvchilar va talabalarga qo‘llanma. - T., Nizomiy TDPI, 1995y. 18.Xolliev X. Suv keltirgan aziz. - T., “O‘zbekiston,” 1981 yil, 76 b. 19. Xusanov Nurullo. Deyatel’nost’ kompartii Uzbekistana po razvitiyu irrigatsii v godы vtoroy pyatiletki (1933-1937 gg). K.i.n. avtoref. 1973 g. 20.Husanov R. Yer islohoti imkoniyat va istiqlol. Muloqot. 1991y. 8-son, 3-6 b. 21.Hayitov Sh. O‘zbek muhojirligi tarixi. - T., 2015 yil, 64-75 b. 22. Hayitboeva Sh. O‘zbekiston sho‘rolar hokimiyati davrida melioratsiya va irrigatsiya tarixi. “Qoraqalpog‘istonning eng yangi tarixining dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. - Nukus. 2014 yil, 119-120 b. 23.Shoto‘raev T, Barotov P. O‘rta Osiyoning sun’iy ko‘llari. - T., “Fan,” 1972 yil, 46-b. 24.G‘oyibnazarov Sh. Ijtimoiy rivojlanish saboqlari. 1920-yillar tahlili. - T., O‘zbekiston, 1994 y. 6-60 ,1 08-110 b. 25.O‘zbekistonning yangi tarixi. 3 jildlik, 2-jild. O‘zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. - T., «Sharq», 2000 yil. 26.O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. - T.,“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti,” 2005 yil, 389-390 b. Birinchi jahon urushi, 1917 yildagi fevral va oktyabr inqiloblari, 1918-1920 yillardagi fuqarolar urushi bilan bog‘liq vayronagarchiliklar mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi. 1918 yildan boshlab, Harbiy kommunizm siyosati amalga oshirilishi natijasida harbiylashgan jamiyat vujudga keldi. Uning asosiy belgilari mutloq markazlashtirish va yalpi davlatlashtirish; 2.xususiy mulkni bekor qilish; 3.xo‘jalik yuritishning musodara usullari, jazo choralari bilan mehnatga majbur qilish; 4.mavjud bozor iqtisodiyoti tizimini barbod qilish; 5.milliy va insonparvarlik qadriyatlarini markscha sinfiy qadriyatlar bilan zo‘ravonlarcha almashtirish. Bu rejani amalga oshirish Sovet hokimiyati vujudga kelgan dastlabki kunlardan boshlanib, fuqarolar urushi yillarida mahalliy o‘ziga xoslikni hisobga olmay, hamma yerda davom ettirildi. Iqtisodiy qonunlarga nisbatan bepisandlik, xo‘jalik organizmini boshqarish, harbiy davrning favqulodda tadbirlari bilan kuchaytirilgan mamuriy choralar iqtisodiy mamlakatdagi, xususan, mayda tovar qishloq ishlab chiqarishi ustunlik qiladigan hamda mayda tovar qishloq ishlab chiqarishi ustunlik qiladigan hamda yuz minglab xususiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati bozor bilan chambarchas bog‘liq qishloq axolisi orasida bo‘lgan. Turkistondagi g‘oyat og‘ir ahvolning ilk sabablari ana shular edi. Fuqarolar urushi tugagach sovet hokimiyati oldida xalq xo‘jaligini tiklash bo‘yicha shoshilinch vazifalar ko‘ndalang bo‘ldi. 1921 yilning bahoriga kelibgina siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, dehqonlarning ko‘plab ko‘tarilishlari tufayli avvalgi siyosatni (harbiy kommunizm) qayta ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasida tasirchan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligi tushunila boshlandi. Yangi siyosatning mohiyati qishloq xo‘jaligini yuksaltirishdagi dehqonlarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirishdan iborat bo‘ldi. Oziq - ovqat razverstkasining oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ko‘paytirishning iqtisodiy rag‘batlarini vujudga keltirishda yagona to‘g‘ri g‘oya ediki, bunda dehqon hosilning qatiy belgilangan qismini topshirgach, unga o‘z mehnatini o‘zi istagancha tasarruf etish xuquqi berilar edi. Yangi iqtisodiy siyosatning muhim bo‘g‘inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko‘rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan qisman foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo‘ldi. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan xo‘jalik tadbirlari zanjirida mustaqil ish olib boruvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o‘ringa qo‘yildi. Respublikada dehqonlarga yordam berish maqsadida irrigatsiyani qayta tiklash, sug‘orish tarmoqlarini tamirlash muammolari o‘ta qiyinchilik bilan hal qilinayotgan edi. Hokimiyat organlari suv xo‘jaligini tiklash ishlariga keng dehqonlar ommasini majburan jalb qilishga asosiy etibor berdilar. 1921 yil 11 mayda Turkiston Avtonom Respublikasi XKK Moskvaning talabi bilan o‘lkadagi irrigatsiya ishlarini harbiylashtirish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Ayni vaqtda to 1923 yilga qadar dehqonlar zimmasida mehnat va ot-ulov majburiyati saqlanib qoldi. Keyin u natura majburiyati deb qayta nomlandi. Dehqonlar 1921 yilda bu majburiyat hisobiga irrigatsiya tizimlarida 2 mln. kishi kunidan ortiq tiklash ishlarini bajardilar. Bu pul bilan hisoblaganda 2 mln. 390 ming so‘m oltinni tashkil etar edi. Turkistonlik dehqonlarning majburiy bepul mehnati irrigatsiya shoxobchalarini tamirlash masalalarini qisman hal qilishga yordamlashdi. Lekin suvdan foydalanish tizimini tamirlash va tartibga solish sohasidagi asosiy ishlarni faqat aholining kuchi bilangina amalga oshirib bo‘lmas edi. Davlat buni his qilgan holda irrigatsiya ishlariga byudjetdan tobora ko‘proq mablag‘ ajrata boshladi. 1923 yilda bu mablag‘lar 5.567 ming, 1924 yilda esa 6.260 ming oltin so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga dehqonlarning bepul mehnatidan samarali foydalanishga qaratilgan yo‘l saqlanib qoldi. 1923 yilda qishloq ahli natura majburiyati hisobiga qariyb 3,6 mln. kishi kuni ishlab berdi, uning umumiy miqdori 3,8 mln. so‘mdan ortiq edi. Yangi iqtisodiy siyosatni isloh qilish yillarida agrar o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishi muvofiqlashtirilgan yer siyosatining o‘tkazilishi bo‘ldi. Biroq, unda avvalgi yillardagi agrar siyosatning ko‘pgina jiddiy nuqsonlari saqlanib qoldi. Ular jumlasiga sinfiy yondoshuvning ustuvorligi har tomonlama ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirish, Turkiston qishloqlarini sotsialistik asosda qayta qurish kirar edi. Bunday yondoshuv 1921-1922 yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohotida yaqqol ko‘rindi. Agrar islohot yangi bosqichining umumiy vazifalari TKP V sezdi va Turkiston sovetlarining 9 qurultoyi 1920 yil sentyabr qarorlarida belgilab berilgan edi. Bu vazifalarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi vazifa sotsialistik yo‘nalishda bo‘lib, u mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish Ikkinchi vazifa inqilobiy demokratik xususiyatga ega bo‘lib, u yerlarni yersiz va kam yerli dtoqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlashni o‘z ichiga olar edi. Uchinchi ustuvor yo‘nalish chor rossiyasi mustamlakachilik siyosatining kuchli sarqitlarini yengishga qaratilgan bo‘lib, bu sarqitlar shu narsada ifodalanar ediki, mahalliy aholi yerlarinig ko‘pchilik qismi, ayniqsa, Stolipin islohotlari davrida chorizmning ko‘chirish siyosati natijasida rus dehqonlari tomonidan egallab olingan edi. Islohotlarning boshlang‘ich davriga kelib, qishloq xo‘jaligidagi ko‘chirib keltirilgan rus aholisining soni hammasi bo‘lib 8 foizni tashkil etar edi, lekin ular butun madaniy yerlarning deyarli yarmini egallagan va mahalliy aholiga nisbatan yer bilan 15 baravar ko‘p taminlangan edi. Islohotni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga 1921 yilning bahorida kirishildi. Islohot o‘tkazish uchun dastlab Yettisuv, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari olindi. Islohotning birinchi bosqichida asosiy vazifa ko‘chirib keltirilgan ruslarning yerlarini tortib olishdan iborat siyosiy foydali ishni amalga oshirish bo‘ldi. Ko‘chirib keltirilganlarning asosiy qismi quloqlar deb elon qilindi. Ularning o‘z manfaatlarini himoya qilishga urinishlari, quloq mustamlakachi unsurlarning qarshilik ko‘rsatishi deb baholandi. Yer-suv islohoti favqulodda tadbirlar shaklida o‘tkazildi. Islohotning asosiy vositasi-mamuriy tazyiq o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Vaqtning o‘tishi bilan islohotning strategik vazifalarga muvofiq ko‘chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilib olish bilan bir qatorda vaqf yerlarini tortib olish, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning mehnat bilan shug‘ullanmaydigan yuqori tabaqalari degan boshqa vakillari yerlarini kamaytirish yuzasidan jiddiy ishlar qilindi. Bunda «Qo‘shchi» ittifoqi «agrar hujum» ning zarbdor kuchi bo‘lib maydonga chiqdi. Bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan bo‘lib, uning a’zolari tortib olingan yerlarni birinchi navbatda o‘zlariga olishar edi. Ular «mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar» ni aniqlar, badavlat xo‘jaliklarning yer, chorva mollari, mehnat qurollarini hisobga olishar, «yashirib qo‘yish» ga urinishlarni fosh etishar edi. Umuman olganda, Turkiston Respublikasida «Qo‘shchi» ittifoqi yordami bilan bunday xo‘jaliklardan 8034 tasi tugatilgan edi. Umuman, islohot jarayonida yer tuzish jamg‘armasiga 1.722.626 desyatina yer qo‘shildi. Shulardan ko‘chirib keltirilganlar posyolkalarini, xutorlar va birinchi kelib egallab olingan joylarni tugatishdan olingan yerlar 205.059 desyatinani, Yevropalik aholi posyolkalarida belgilangan me’yordan ortiqcha olingan yerlarni tortib olishdan qo‘lga kiritilgan yerlar 85.107 desyatinani, erkin va ko‘chib kelganlar jamg‘armasini tugatishdan olingan yerlar 1.321.720 desyatinani, «Mehnat bilan shug‘ullanmaydigan» xo‘jaliklardan tortib olingan yerlar 40.835 desyatinani,monastirlar,cherkovlar va vaqf yerlarini begonalashtirish natijasida qo‘lga kiritilgan yerlar 27.106 desyatinani tashkil qilgan edi. Ana shu resurslardan mahalliy aholining 15.745 xo‘jaligiga qariyb 600 ming desyatina yerni ekin ekish va yaylovlar uchun berildi, kam yerli va yersiz o‘zbek aholisi uchun esa 117.512 desyatina yer ajratib berilgan edi. 1921-1922 yillardagi yer islohoti har xil jarayonlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u ma’lum ma’noda yer masalasini hal qilishga yordam berdi. Biroq, ayniqsa, uning o‘zbeklar yashaydigan qismiga nihoyatda kam manfaat keltirdi Chunki ularga berilgan yerlar qishloq yersizlarini yer bilan ta’minlash sohasida ko‘rilgan bu tadbirlar Turkiston xo‘jaliklarining xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan barcha yerlarning 0,7 % ni tashkil etar edi, xolos. Islohot qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirib yubordi. Qishloqlar hayotida qat’iy sinfiy ziddiyatlar boshlanganligi ko‘zga tashlandi. Ko‘pgina tumanlarda mahalliy idoralar ish hayvonlari va qishloq xo‘jalik qurollarini umumiylashtirish yo‘li bilan aholini sun’iy ravishda dehqonchilik artellariga birlashtirishga urinar edi. Masalan, 1921 yilning o‘rtalariga kelib, faqat Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududlarida 8.745 xo‘jalikni birlashtirgan 275 ta jamoa xo‘jaligi tashkil etildi. Davlat xo‘jaliklari tarmog‘i ham kengayib bordi. 1923 yilda Turkiston Respublikasi Yer ishlari komissarligi ixtiyorida 161 ta davlat xo‘jaligi bor edi. Yer-suv islohotlarining natijalari TASSR MIQ ning 1922 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Turkistonda yerdan mehnat maqsadida foydalanish to‘g‘risida» gi Qonunida mustahkamlandi. 1922 yilning 2 chi yarmida 1923 yilning boshlaridan e’tiboran xo‘jaliklar hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarishlarning asosiy sababi yangi iqtisodiy siyosatni yanada amaliyroq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan choralar bo‘ldi. Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni mustahkamlash sohasidagi qonunchilik majmuasida Turkiston Sovetlari MIQning 1922 yil 11 apreldagi «Natura solig‘i haqida» gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qarorga ko‘ra dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan oziq-ovqat solig‘i belgilandi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay xo‘jalikning katta-kichikligidan kelib chiqib soliqni tabaqalashtirish joriy etildi. Soliq quyidagi proporsiyalarda olinishi belgilab qo‘yildi: ikki desyatinagacha yeri bo‘lgan xo‘jaliklardan hosilning 5 % miqdorida, 2-4 desyatinagacha yeri bor xo‘jaliklardan-10% li, 6-8 desyatinagacha yeri bor xo‘jaliklardan -14 %, 8-20 desyatinagacha yeri bor xo‘jaliklardan hosilning 16 % i miqdorida va hokazo. Bu nafaqat qishloqdagi xo‘jaliklarning turli toifalaridan, ayniqsa, kambag‘al-batraklar qatlamlaridan olinadigan soliqni kamaytirdi, shu bilan birga ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy omillardan foydalanishga urinib ham ko‘rildi. Qishloq xo‘jaligining yuksalishini ta’minlashda iqtisodiy rag‘batlantirishning boshqa vositalari ham qo‘llanildi, bular qat’iy valyutaning joriy etilishi, qarz berishning yangi tartibining belgilanishi, dehqonlarga davlat tomonidan qarz berishni kengaytirish, imtiyozlar belgilanishi, qishloq kooperatsiyasini avj oldirishdan iborat edi. Yangi iqtisodiy siyosat paxtachilik siyosatiga ham muayyan o‘zgarishlar kiritdi. Lekin bu o‘zgarishlar cheklangan tarzda edi. Yangi iqtisodiy siyosatning chinakam mohiyatini namoyon qilish yo‘lidagi asosiy to‘siq TASSRda, keyinchalik O‘zbekistonda Ittifoq Bosh Paxta qo‘mitasining tashkil qilinishi bo‘ldi. Turkistonlik ko‘pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha bor ko‘tarib chiqqan edilar. Mazkur monopoliya paxtachilikda raqobat va sog‘lom tovar pul munosabatlarining namoyon bo‘lish imkoniyatlariga to‘siq bo‘lar edi. Xususan, yer ishlari xalq komissari O.Asfandiyorov Turkistonda paxtaning davlat monopoliyasini tugatish masalasini faollik bilan o‘rtaga qo‘ydi. Yangi iqtisodiy siyosat yo‘li garchi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, odatdagi ma’muriy-buyruqbozlik vositalari «zaxirasi» ni qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi. 1923 yil yanvarda SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorga ko‘ra paxtaning qat’iy narxi bekor qilindi, chunki u paxta yetishtirish xarajatlarini qoplamas edi. Paxtakorlarni tovarlar bilan ta’minlashga e’tibor kuchaytirildi. Ularga yollanma mehnatdan foydalanishga ruxsat etildi, suv bilan birinchi navbatda ta’min etiladigan bo‘ldi, ot-ulov solig‘idan, kam quvvatli xo‘jaliklar oziq-ovqat solig‘idan ozod qilindi. Bularning hammasi dehqonlarning kayfiyatida, ularning ko‘proq paxta yetishtirishga bo‘lgan intilishida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Afsuski, bozorni tartibga solishga doir ko‘pgina muammolar lozim darajada amalga oshirilmay qoldi. Xususan, Bosh Paxta qo‘mitasi o‘z faoliyatini bir muncha qayta qurgan bo‘lishiga qaramay, aslida monopoliyachi bo‘lib qolaverdi. Turkiston qishloq xo‘jaligini tiklashda va yanada rivojlantirishda kooperatsiya sezilarli rol o‘ynadi. U o‘n minglab alohida mayda dehqon xo‘jaliklari bilan sanoat o‘rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, mehnat unumdorligini oshirishga, dehqonlarning moddiy ahvolini yaxshilashga, davlat korxonalarini zarur xom ashyo bilan ta’minlashga yordam ko‘rsatishi lozim edi. Kooperativ harakat qishloq xo‘jaligida ustivor rivojlanishga ega bo‘ldi. Shu bilan birga dastlabki yillarda Turkiston ASSR da kredit kooperatsiyasi ancha kengroq ommalashdi. Shuni ham aytish kerakki, Turkiston qishloqlarida qarz berish muammosi zaif sohalardan edi. Bu yerda boy-sudxo‘rlik va savdo kapitali asosiy mavqeini egallar edi. Undan 1921-1922 yillarda dehqonlarning 80-90 % i qarz oldi. Davlat yo‘li bilan kredit berish dehqon xo‘jaliklarining faqat 15-20 % ini ta’minlar edi. Bunday ahvol shu narsaga imkon berdiki, haqiqatda monopolist bo‘lib qolgan xususiy kapital kredit to‘lashning haddan tashqari yuqori miqdorini belgilay olar edi. Dehqonlarning o‘zaro yordam jamiyati boy-sudxo‘rlik va savdo kapitaliga qarshi kurash vositalaridan biri dehqonlarning o‘zaro yordam jamiyatining tashkil etilishi bo‘ldi. Bu jamiyat 1923 yilda paydo bo‘ldi. 1925 yilda O‘zbekistonda bu jamiyatning 809 ta shu’balari bor edi. Bu jamiyatlar kam quvvatli dehqon xo‘jaliklariga qo‘llaridan kelganicha yordam ko‘rsatish imkoniyati nihoyatda cheklangan edi. Hokimiyat tuzilmalarining fikriga ko‘ra, kredit kooperatsiyasi sudxo‘rlik kapitalini siqib chiqarishda davlatga ancha samarali ta’sir ko‘rsatish imkonini berar edi. Bu kooperatsiyaning shakllaridan biri kredit va ssuda-omonat shirkatlari bo‘ldi. 1923 yilda ularning soni 275 ta edi. Shu bilan bir qatorda qishloq kooperatsiyasi orqali ham amalga oshirilar edi. Bu kooperatsiya 1924 yilda qishloq ahliga kredit berish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan edi. Masalan, u paxtani kredit bilan kontraktatsiya qilish sohasida davlat bilan paxtakorlar o‘rtasidagi birdan-bir vositachiga aylanib qoldi. Natijada qayd qilingan davrda xususiy sektor hissasiga barcha tayyorlangan paxtaning qariyb 3 % i to‘g‘ri keldi, xolos. Boshqacha aytganda, ila monopoliya boshqasi bilan almashdi. 1923 yilning may oyida RSFSR hukumati Davlat qishloq xo‘jalik bankini ta’sis etdi. Tez orada uning filiali Turkiston Avtonom Respublikasida ham tashkil etildi. Qishloq xo‘jalik banki o‘z operatsiyalarini kredit shirkatlari va qishloq xo‘jalik kooperatsiyasi orqali amalga oshirar edi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati mavjud bo‘lib, shirkat a’zolarining aksariyat ko‘pchiligi O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik banki vositachiligida ssudalardan foydalandi. Kreditdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni esa 28 mingdan ortiq edi. Qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish qo‘mitasi Turkiston qishloqlarida kooperativ harakatning rivojlanishida 1923 yilda tashkil etilgan qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish qo‘mitasi salmoqli o‘rin egalladi. Bu qo‘mita faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jalik shirkatlarining tashkil etilishi bo‘ldi. Ular qishloq xo‘jalik kooperatsiyasining boshlang‘ich shakli edi. O‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra u unchalik murakkab emasdi Shu sababdan dehqonlarning kambag‘al qatlamlariga ancha tushunarli edi. 1923 yilning o‘rtalariga kelib bunday shirkatlardan 246 tasi ish boshlagan edi. Ular agrar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga xizmat ko‘rsatar edi. Ularning ko‘proq qismi paxtachilikni ham qamrab olgan edi. Qishloq xo‘jalik shirkatlari bilan bir qatorda Turkistonda kooperatsiyalarning boshqa turlari ham ommalashgan edi. Chunonchi, 1923 yilda respublikada har xil turdagi 877 ta kooperativ mavjud bo‘lib, ularga 288.1 ming kishi a’zo edi. Ular orasida 259 tasi matlubot kooperativlari bo‘lib, 155,5 ming kishini ta’minlar edi. 346 tasi qishloq xo‘jalik kooperativlari bo‘lib, ular 128,9 ming kishini, 199 tasi hunarmandchilik kooperativi bo‘lib, ular 3,3 ming kishini birlashtirgan edi. 1924 yilda xo‘jalik kooperativlari soni ortib, 910 taga yetdi. Natijada kooperativ qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining yetakchi kuchiga aylanib qoldi. Shuni aytish kifoyaki, 1924 yilda kooperatorlar umumiy paxta maydonlarining 92,6 % iga chigit ekdilar. Biroq kooperativ harakatida muvaffaqiyatlar bilan birga uning qudratli imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmadi. Bunga, qisman bo‘lsa-da, iqtisodiyotning mafkuralashganligi sabab bo‘ldi. Ular kreditlar ila nish kooperativlarga a’zolar qabul qilish masalalarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Har kimni ham kooperativga qabul qilishavermas edi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilar edi. 1924 yil 11 yanvarda Mehnat va Mudofaa Kengashi O‘rta Osiyo Tijorat bankini ta’sis etdi, uning vazifasiga quyidagilar kirar edi: respublikalarda paxta tayyorlashni kredit bilan ta’minlash, ularga SSSRning fabrika-zavod mahsulotlarini keltirib berish, TASSR, Buxoro va Xorazm respublikalarida ichki tovar ayirboshlashni amalga oshirish. Tijorat bankining kredit operatsiyalari qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan paxtachilikni yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1924 yilda bank tomonidan berilgan 13,5 mln. so‘m ssudadan 55 % i xom ashyo tayyorlashga, shundan 17 % i paxta tayyorlashga sarf qilindi. Xo‘jaliklarga rahbarlik qilish tizimlarining nisbatan sog‘lomlashtirilishi, iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish vositalaridan ko‘proq foydalanilishi 1923-1924 yillarda agrar ishlab chiqarishda burilish yasadi. Umumiy ekin ekiladigan maydon 1 mln. desyatinadan 1924 yilda 1 mln. 632 ming desyatinaga yetdi. Bu urushdan oldingi miqdorning 57,8 % ini tashkil etar edi. 1923 yilda chorva mollar miqdori deyarli uchdan bir barobar ko‘paydi. 1924 yilda esa 300 ming boshdan ko‘proqqa ortdi. 1924 yilda terib olingan paxta 1920 yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi va 125 ming pudni tashkil etdi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling