1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiyada ocharchilik
- 1889 yil 13 iyuldagi Qonun
Ikkinchisi-Rossiya burjuaziyasining fikri. Ular Turkiston dexqonlarini erkin yer yegalari deb e’lon qilishni, ularning o‘z yerlaridan shaxsiy mulk sifatida foydalanishlarini istab shu yul bilan Turkiston qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarga keng yo‘l ochishni ko‘zlagan. Rus amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarga ana shu ikki qudratli sinflar manfaatlari to‘qnashuvi o‘z aksini topdi. Rossiya Turkiston uchun chiqargan qonunlarida rus mustamlaka qulligi makkorona niqoblanib ularning moddalari bir-biridan battar beburd va beqaror bo‘lgan. Aslida Turkistonni ezish hamda talashda rus dvoryanlari va burjuaziyasi yakdil bo‘lgan. Lekin uning shakl va uslublari o‘rtasida kuchli ixtiloflar bor edi. 1882-1884 yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatorning haqiqiy maxfiy maslahatchisi Girs o‘z hisobotida va podshohga taqdim etgan qonun loyihasida rus burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan edi.
U Turkiston dehqonlari o‘z yerlarining to‘la xo‘jayinlari bo‘lgan holda imperiya sanoatiga xom ashyo yetishtirish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishlarini yoqlab chiqdi. Girs tayyorlagan qonun loyihasida barcha yerlar yaylovlar, dehqonlarga qishloq aholiga mavjud odat bo‘yicha har biriga alohida ravishda va to‘la xususiy mulk sifatida biriktirilishi zarur ekanligini takidladi. Maxfiy maslahatchi Girs o‘zining taftish yakunlarini ifodalagan taqdimnomasida yer-suv munosabatlariga to‘xtalib shunday deb yozgan edi. “Turkiston o‘lkasidagi har - bir qishloq uchastkalarga bo‘lindi, ularning egalari undan odat va meros yoki hujjatlarga ko‘ra to‘la xo‘jayin sifatida foydalandilar. Ana shu yerga egalik qilish shaklidan xalq mamnun ekan bu shaklni saqlab uni qonunan tasdiqlash kerak.” Ammo dvoryan-pomeshchiklar,burjuaziya fikriga qarama-qarshi o‘laroq Turkiston yerlarini talon-taroj qilishni istaganlar. Bu esa rus burjuaziyasi uchun xomashyo manbalarini kamaytirar va oqibatda rus mollari bozor doirasida cheklanishga olib kelgan. Dvoryanlar va burjuaziya fikrlaridagi qarama-qarshilik Sankt-Peterburgning hukmdor tabaqalari doirasida o‘z ifodalarini topib ular ham qonun loyihalarida ham bir-biriga zid moddalarni yoqlab matnlar podsholik Rossiyasi bu ikki qutbni o‘zaro yaqinlashtirish va murosaga keltirishga urindi. Ammo ko‘pincha imperator hukumat davlat kengashi va vazirlar qo‘mitasi dvoryanlarga yon bosar edi. Podsho hukumati Turkiston o‘lkasidagi o‘troq aholining yerlarini qishloq jamoalari va qishloqlarga biriktirib soliq yig‘ishda “doiraviy javobgarlik” ni joriy etdi. Bunda soliq birligi sifatida avvalgidek yakka hovli-xo‘jalik emas balki butun jamoa olindi. Rus amaldori kambag‘allar uchun ularning boy qarindoshlari yoki hamqishloqlari uning solig‘ini to‘lab yuborishlarini bilib, shu odatni qonunlashtirdilar. Ko‘pincha soliq yig‘uvchilarning o‘zlari kambag‘allarning solig‘ini to‘lab, keyin uni ortig‘i bilan undirib olishgan. Turkiston o‘lkasini 1908-1910 yillarda taftish qilgan senator graf K.K.Palen ila shu odat haqida “Rus mamuriy organlari butun omma bilan emas, balki uning manatlari, sultonlari va boylari bilan muomalada bo‘lishni afzal ko‘radilar, ila shular turmushning bir maromda tinch o‘tishi va hukumat farmoyishlari bajarilishini bekamu-ko‘st taminlashga qodirlar. 1.Soliq yig‘ishga odamlarning qanday yo‘l tutganligini tumanboshilar yig‘inida (1898 y) Kattaqo‘rg‘on vakili shunday ifodalagan edi: “Soliqlar kambag‘allarga ko‘p, boylarga esa kam tushadi.” 2. Chorizmning bunday siyosati mahalliy dehqonchilikning kapitalistik asosda rivojlanishiga xalal bergan. Eski munosabatlarning saqlanib qolishiga imkon beruvchi tartib qoidalari esa o‘lka qishloqlarida sudxo‘rlikning keng ildiz otib, qishloq xo‘jaligining taraqqiyot yo‘lini bo‘g‘ib qo‘ygan. Turkistonda qonun kuchini olgan 1886 yilgi “Nizom” da tilga olingan «vaqf yerlari” atamasi ruslar tomonidan mahalliy dehqonlarning yerlarini tortib olishga dastak bo‘ldi. Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlaridan yer taqchilligidan qutulish siyosati oqibatida mustamlaka Turkistonda boyish uchun rus mujiklari beto‘xtov oqib kela boshladi. Ular mamuriyatning ijozati bilan o‘lkaga kelib o‘z boshimchalik bilan tub aholiga qarashli yerlarni o‘zlashtira boshladi. 15 yil mobaynida (1875-1890 yy) Turkistonga 1300 ta oila ko‘chib kelib joylashib 19 ta rus qishlog‘i tashkil topdi. Ayniqsa 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda Turkistonga ko‘chib keluvchilar nihoyatda ko‘payib ketdi. Ana shu ikki yil davomida 25 ta yangi rus qishlog‘i (posyolkasi) paydo bo‘lib rus dehqonlari soni ikki barobar ko‘paydi. Mahalliy aholi bilan rus dehqonlari o‘rtasida yer-suv masalasida sug‘orish inshootlaridan foydalanish xususida o‘zaro to‘qnashuvlar kuchaydi. Bu to‘qnashuvlarda rus mamuriyati rus dehqonlari tarafida bo‘ldi. Masalani oqilona tinch yo‘l bilan bartaraf qilishga uringan ayrim amaldorlar quvg‘inga uchradi. Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘i soldatchasiga 1882 yilda “Baribir ochiqchasini gaplashadigan va tan oladigan payt keladi-ku axir! Bizning ishimiz avvalo ruslarniki milliy rus ishi qirg‘izlar joylashgan yer ularniki emas balki davlatnikidir. O‘troq rus nufuzi ularni o‘lkadan siqib chiqarishi yoki butkul qirib tashlashi darkor” deb yozgan edi. Xuddi ana shunday ruhda ishlab chiqilgan 1889 yil 13 iyuldagi Qonun ko‘chib kelgan ruslarga imtiyozlar va moddiy yordam berishni belgilab berdi. Turkistonni ruslashtirish siyosatidagi keskin burilish 1892 yilda boshlandi. Xuddi shu yili Rossiyadan o‘z boshimcha ko‘chib kelgan minglab “kelgindi”lar mamuriyat nazorati bilan kelganlar qatori ularga berilgan huquqlardan foydalanishlari mumkinligi joriy qilindi. O‘z yerlaridan dehqonlarning ila o‘lkalarga ketib qolishiga qarshilik qilgan rus pomeshchiklari ham mamlakatda kuchayib borayotgan dehqonlar harakatidan xavotirlanib “to‘polonchi unsur” larning Turkistonga ketishiga xayrihohlik ko‘rsata boshladi. Mustamlaka o‘lkasiga ruslarni ko‘chirish masalasi bilan maxsus idora-“Ko‘chirib keltirishlar boshqarmasi” tashkil qilindi. Chor hukumati 1890 yillar oxiridan rus dehqonlaridan kam yerli va yersiz dehqonlarga “Osiyo Rossiyasida bo‘sh yotgan ekin yerlardan” foydalanishga keng imkonoyat yaratdi. Shunday qilib podsho hukumati Rossiya dvoryan-pomeshchiklari manfaatlarini yoqlab ularni “ishga balo” bo‘lmish kambag‘al dehqonlar xurujidan saqlash niyatida Turkiston yerlari ularga ehson qilindi. Ichki nazoratchilikni esa mustamlaka xalqini ezish ularni yanada kambag‘al va nochor ahvolga tushirish hisobidan bosishga urindi. Chorizm joriy etgan qonunlar majmuasi bo‘lmish 1886 yilgi “Nizomda”o‘troq aholiga yerga egalik qilishda “yarim mulkchilik”o‘rnatilgani dvoryanlarni qoniqtirmagan edi. Bu qonunning 270-moddasiga ko‘ra o‘troq aholiga yer avloddan-avlodga merosiy tarzda foydalanishga, azaliy udum bo‘yicha taqsimlanishiga berilgan ko‘chmanchi axoliga tegishli yerlar esa davlatniki deb elon qilinib, ular ko‘chmanchilarga berilishi qayd qilingan edi. Imperiyadagi ila yer egalari-pomeshchiklar hukmron dvoryanlar sinfi vakillari sifatida nizomdagi bu moddaga qarshi chiqdilar. Ularning talabi bilan Davlat kengashida bir qancha oliy amaldorlardan iborat komissiyalar ish ko‘rishdi. Ammo burjuaziya vakillari ham qarab turmay o‘z manfaatlarini himoya qildilar. Rossiyaning savdo-sanoat doiralariga Turkiston paxtakori va pillakori kerak edi. Shuning uchun ham 1886 yilgi “nizom” ning 270-moddasini qayta ko‘rib chiqqan maxfiy maslahatchi Kobeko raisligidagi oliy vakolatli komissiya dvoryanlar talabini etiborsiz qoldirib, bu moddaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni rad qildi. 1896 yili shu tariqa Turkiston yerlari taqdiri masalasida rus burjuaziyasining qo‘li baland keldi. Pomeshchiklar 1910 yildagina o‘z niyatlariga yetdilar. To‘qimachilik sanoati uchun Turkiston paxtasining hal qilivchi roli haqida podsho vazirlaridan Krivoshein imperatorga yo‘llagan axborotida lo‘nda qilib shunday degan edi “Turkistonning har bir pud g‘allasi rus va sibir g‘allasiga raqobatdir. Shuning uchun o‘lkaga qimmatga tushsa ham g‘alla keltirib berish kerak ”paxta yakka hokimligi o‘rnatish haqidagi bunday g‘oyani Turkiston general-gubernatori qo‘llab-quvvatlab bu tadbir hukumatga yiliga 70 mln. oltin rublni tejashga imkoniyat yaratishini uqtirdi. Uning fikricha “ko‘p millionli vatan paxta tolasini qayta ishlash sanoatini xonavayron bo‘lishdan saqlovchi kafolat rolini o‘ynashi bilan shu Turkistonning Rossiyaga ko‘rsatadigan eng buyuk iqtisodiy xizmatidir. ”Paxta yakka hokimligi” ni o‘rnatish maqsadida Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan paxtadan butunlay boj olinmaydigan bo‘ldi. Moliya vazirligi rus burjuaziyasining Turkiston paxtachiligini rivojlantirishdagi harakatlarini faol qo‘llab-quvvatlab turdi. Rus shovinistlari qarashini o‘zida ifodalagan rus matbuoti ila shu sohada fikr bildirib “Turkiston amaldori doimo qirg‘iz va sartning tarafini olib qarshi borsa-da, chunki qo‘ymijoz tuzemeslar ularning aldashiga laqqa tushadilar. Ruslarni esa bunday laqillatib bo‘lmaydi, shuning uchun “yo‘qolsin ruslar yashasin tuzemeslar!” deb xitob qilishmoqda degan xulosaga kelgan edi. Mustabid saltanat markazi talabi bilan 1905 yilda ziroat va davlat mulklari vazirligi tarkibida “ko‘chiruvchilik boshqarmasi” tuzildi. Turkistonda esa 1906 yilda “Sirdaryo ko‘chiruvchilik rayoni” tashkil etilib, mahalliy aholi yerlarini rus mujiklari uchun tortib olib berish rejasi tuzildi. Turkistondagi mustamlaka mamuriyati bundan avval bu sohada o‘zholicha ish tutgan bo‘lsa, endilikda mahalliy aholi yerlarini tortib olish bevosita markaz tomonidan boshqariladigan va izchil amalga oshiriladigan bo‘ldi. Natijada XX asr boshlarida rossiyadan keluvchilarning soni 175 mingdan oshib ketdi. Turkiston aholisining atigi besh foizini tashkil etuvchi rus mustamlakachilari qo‘liga ekin ekiladigan hosildor yerlarning 60 foizi berib qo‘yilgan edi. Tarixiy dalillarning shahodat berishicha 1900 yili Farg‘ona vodiysida irrigatsiya inshootlarini tozalash ishlarida 253.293 nafar dehqon mehnat qilgan va bu ishga aholi o‘z yonidan 189.608 so‘m mablag‘ xarj qilgan bo‘lsa, davlat esa bu ishga bor yo‘g‘i 8450 so‘m ajratgan. Yoki yana bir misol 1888-1917 yillar orasida Chor Rossiyasi O‘rta Osiyodagi irrigatsiya inshootlari uchun 36 mln. so‘m (yiliga bir mln. so‘mdan) mablag‘ sarf qilgan. Shu o‘ttiz yil mobaynida atigi 80 ming gektar yer o‘zlashtirilgan va sug‘orilgan. Vaholanki, millionlab gektar unumdor yerlar foydalanilmay yotar edi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling