1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari


Download 1.08 Mb.
bet10/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

4- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari.
R yeja
1. A.Temur davrida Movarounnahrdan tashqari barcha yerlarning suyurg‘ol qilinishi va oldingi yer-suv boshqaruvi tartiblarining saqlab qolinishi.
2.A.Temur davrida mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor qaratilishi.
3. Temuriylar davrida yirik sug‘orish inshootlarining barpo etilishi.
4. A.Navoiy, Xoja Ahror va boshqalarning yer-suv masalalariga oid olib borgan ishlari.
Adabiyotlar
1.Karimov I.A. A.Temur faxrimiz g‘ururimiz. «Xalq so‘zi 1995 yil, 25-oktyabr.
2.Ahmedov M. O‘rta asrlar uzunlik o‘lchovi. Moziydan sado. 2017 yil, 3-son, 15-18 b.
3.Temur tuzuklari. - T., 1991 y.
4. Bobur.«Boburnoma». - T.,«Yulduzcha», 1989. 6,46,47,116,120,124,126 betlar.
5.Vohidov Sh.Ulug‘bek madrasasi vaqfnomasi. Moziydan sado. 2016 yil,
4 - son, 27-29 b.
6. Yo‘ldoshev N. Amir Temurning iqtisodiy aqidasi. Hayot va iqtisod. 1992 yil, 2-son, 9-bet.

7.Ismatova N. Samarqand vaqf xo‘jaligida mutavalli lavozimiga tayinlash ananaviy tartib va yangi tizim amaliyoti. O‘zbekiston tarixi. 2016 yil, 1 - son, 19-29 b.


8. Nikboev U. Dunyo obodonligi mehnatdandur. (A.Navoiyning ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari). Iqtisod va hisobot. 1995 y, 8 - 9 son, 60-61 betlar.
9.Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). – T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik.
10.Sultonov O‘ktam. Turkistonlik ayollarning vaqfi. Temuriylar telegramm kanali. 2022 yil, 4 oktyabr.
11.Xushbaqov N. Olimov X. Shahrisabzning qadimiy bog‘lari. Moziydan sado. 2017 yil, 1 - son, 16-19 b.
12.O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). - T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma).
13.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6-8
b.
14.Hasanov A. Ananaviy suv qurilmalari (sardoba, koriz, hovuzlar) Moziydan sado. 2017 yil, 1-son, 45-47 b.
Amir Temurning davlati buyuk va qudratli bo‘lib, ko‘rinsa-da, aslida uning iqtisodiy negizi unchalik baquvvat emas edi. A.Temur bosib olingan viloyatlarni o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qilib ular orqali davlatni boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni A.Temur to‘rt o‘lkaga bo‘lib yubordi. To‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongirga Balx viloyati bilan 12 ming navkarli qo‘shin, ikkinchi o‘g‘il Umar Shayxga Fors viloyati va 10 ming navkarli qo‘shin, uchinchi o‘g‘li Mironshohga Ozarboyjon, Iroq, va Armaniston bilan birga 9 ming navkarli qo‘shin, kenja o‘g‘li Shohruhga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seiston bilan 7 ming navkarli qo‘shin berdi.
Bu uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorligining alohida davlat devonxonasi bo‘lib, ular markaziy hukumatga tobeligi, xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki jalb qilingan askarlarni yuborib turishdan iborat edi. Suyurg‘ol Temur davlati tashkil etilishi arafasida joriy etilib, u «iqto’» kabi ma’lum tuman yoki viloyatlarni hukumat yorlig‘i bilan g‘arbdagi «feod» yoki «len» tarzida oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko‘rsatgan yuqori tabaqa vakillariga in’om tariqasida berilgan.
Ba’zan suyurg‘ol yerlarini olib hukmdorning farmoni bilan avloddan - avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Masalan, A.Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongir Mirzo vafotidan keyin unga tegishli Balx viloyatiga Qobul, G‘azna va Qandahorni qo‘shib, Jahongirni o‘g‘li Pirmuhammadga berildi. Shuningdek, A.Temur Umarshayxning o‘g‘li Rustamga Isfaxonni, Mironshohning o‘g‘li Abdubakirga Bog‘dodni suyurg‘ol qilib berildi.
Mana shu tarzda Movarounnahrdan tashqari mamlakat bir qancha bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Viloyat hokimlari shahzodalar o‘z ixtiyoridagi uluslarda doimo iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashar edi. Shubhasiz suyurg‘ol asosida qurilgan mulkchilik tartibining g‘oyatda kuchayishi oqibatida ayrim viloyatlarning ma’lum darajada mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan. Lekin katta hudud va imtiyozlarga ega bo‘lgan, kuchli qo‘shinga tayangan buyuk hukmdor viloyatlarning feodal doiralari tomonidan ko‘tarilgan isyonlarni va xalq harakatlarini doimo osongina bostira olgan.
A.Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o‘zining yaqinlariga atab ko‘pgina go‘zal bog‘lar qurdirdi. Bog‘idilkusho, Bog‘ichinor, Bog‘ibixisht, Bog‘ibaland, Bog‘i Davlatobod, Bog‘inav, Bog‘ishamol, Bog‘i Buldi, Bog‘i Hakim jahon, Bog‘i Hayot, Bog‘i Jahonnoma, Bog‘i Amirzoda, Shohruh, Bog‘i maydon kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘zal qo‘shiqlar o‘sha davr bog‘dorchik san’atining namunalaridandir.
A. Temur va temuriylar davridagi davlatimiz qudrati ko‘p jihatdan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar quvvati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Temur tuzuklari”da bu masalaga bag‘ishlangan maxsus bob bor. Unda ushbu soha ishtirokchilari (dehqon, hunarmand, savdogar, soliqchi va hokazo), ob’ektlari (er-suv, hosil va boshqalar) har birining o‘z o‘rni va vazifasi aniq belgilab qo‘yilgan. Eng mas’uliyatli vazifani esa davlat o‘z bo‘yniga olgan. Xaroba yerlarga suv chiqarish va obod qilish, buzilgan ko‘priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo‘l xavfsizligini ta’minlash, savdo va elchilik karvonlariga kuzatuvchi va soqchilar tayinlash, yo‘lovchilarning hayotini, mol-mulkini muhofaza qilish, karvonsaroy, yomxonalar qurish kabi katta kuch va mablag‘ talab qiladigan ishlar shular jumlasidandir.
A.Temur davrida yer-suv munosabatlari davlat miqyosidagi darajaga ko‘tarilgan edi. Sh. Ali Yazdiyning guvohlik berishicha “olam ravnaqi va ro‘shnoligi yo‘lida hafsalasi nihoyatda yuksak(A. Temur) obodonchilikka yaraydigan biron qatra yerning zoe bo‘lishini ravo ko‘rmas edi.” Shu qoidaga rioya qilgan holda u Movarounnahr, Xuroson, Eron va boshqa yerlarda suv chiqarib obodonchilik, yangi yerlar ochish, yangi bog‘lar barpo etish kabi tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi.
Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharu tumanlarda o‘nlab kanallar, ariqlar qazdirdi, daraxtzorlar, ekinzorlar, bog‘-rog‘lar gullab yashnab to‘kin - sochinlik hayoti yuzaga keldi. Xorijdan kelgan sayyohlar, elchilar mamlakat go‘zalligi va farovonligidan hayratga tushdilar. Bunday tadbirlar nafaqat bizning yurtda, balki tashqi mamlakat va makonlarda ham amalga oshirilganini alohida takidlash lozim. Shu manoda o‘sha zamon tarix va geografiya olimi Hofizu Abruning guvohlik berishicha A.Temur Xurosondagi Murg‘ob daryosi (hozirda Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridan oqadigan daryo) vodiysida obodonchilik va dehqonchilik xarob ahvolga tushib qolganini ko‘rib daryodan yigirmata kanal qazib suv chiqarishni buyuradi.
Shu tariqa deb yozadi tarixchi, vodiyda bunyodkorlik va dehqonchilik sohalariga asos solindi. Bu kanallar Dilkusho, Ganjravon, Darband, Ganjxona, Umar Tobon, Oqbug‘o, Qutlug‘-xotun, Shayx Abu Said, Shayx Ali, Davlatshoh Jondor, Guli Mog‘on, Qilqamur, (Qutlug‘ Temur), Hasan Jondor, Amir Alovuddin, Sunjadak, Navro‘z, Navbaxton, Menglixoja, Kepakchi va Ali Malik kanallari. Yuqorida tilga olingan Qutlug‘-xotun kanali aftidan A.Temurning opasi Qutlug‘ Turkon Og‘o nomiga berilgan bo‘lishi mumkin. A.Temurning Ozarboyjonda ham suniy sug‘orish ishlariga ahamiyat berganini bilamiz. Qorabog‘da bo‘lib turgan paytida sohibqiron o‘sha atrofda uzunligi oltmish-yetmish kilometr keladigan Barlos kanalini qazitgani haqida guvohliklar bor.
Boshqa bir gal uning buyrug‘i bilan 35-40 km. uzunlikdagi Bayloqon kanali qaziladi. Ushbu tadbirlar natijasida yerlarga suv chiqib sahro va xarobalar o‘rnida ekinzorlar, bog‘-rog‘lar, qishloqlar qad ko‘targani manbalarda aniq yozilgan. A.Temurning Kobuldan nariroqda oqadigan G‘urbon daryosidan 30–35 km uzunlikda kanal chiqargani va Jo‘yi Mohigir va Jo‘yi nav nomlari bilan mashhur bo‘lgani, bu atrofda obodonchilik yuzaga kelgani ham malum. Bu vodiylardagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga keyingi davrlarda ham etibor susaymaganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv shahri oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, tamirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganini yaxshi bilamiz.
Manbalarda aytilishicha, shahar atrofi o‘sha paytlarda Samarqandning eng go‘zal va eng hashamatli qismi hisoblangan. Bu yerda bir yarim ikki chaqirimgacha cho‘zilgan bog‘lar va ulardagi saroylardan tashqari Arkoni davlatning o‘yin-kulgi qiladigan maxsus joylari bo‘lgan. Butun XV asr davomida yer va mulkchilikning asosiy to‘rt shakldagi «mulki devoniy», davlat yerlari madrasa va ibodatxonalar ixtiyoridagi yerlar va «jamoa yerlari» bo‘lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qiladi. Temuriylar davrida davlat yerlarini “suyurg‘ol” tarzida in’om qilish keng tarqaldi. Suyurg‘ol yerlari hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlarga bo‘lingan.
Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg‘ol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Temuriylar davrida ham markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaganlarni jazolashgan. Masalan, Shohruh 1414 yilda Mirzo Iskandarni, 1415 yilda Mirzo Boyqaroni suyurg‘ollardan mahrum qilgan edi.
Vodiydagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga temuriylar davrida ham e’tibor susaymaganligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, ta’mirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganligi tarixdan ma’lum. Temur va temuriylar davrida ham sun’iy sug‘orish ishlariga katta e’tibor berilgan. Shu bilan birga lalmikor yerlar imkoniyatlaridan ham unumli foydalanishga harakat qilingan. “Tuzuklar” da ta’kidlanishicha, lalmikor yerlar jariblarga (gektar) bo‘linib, yig‘ib olingan hosilning 3/1 yoki 4/1 qismi soliq sifatida to‘langan.
Dehqonchilik maydonlarining kattagina qismi «mulk» xususiy yerlardan iborat edi. Yirik mulkdorlarning mayda paykallari ham xususiy mulk yerlari qatoriga kirgan. Mulk yerlarning katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo‘lgan. Masalan, XV asrning ikkinchi yarmida yashagan yirik mulkdorlardan Xoja Ahrorning 1300 taga yaqin yer-mulki bo‘lgan. Bu mulklarning ayrimlari 300 qo‘shga teng bo‘lgan.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmat uchun tarxonlik yorlig‘i odatda amirlar, beklar, Saroy amaldorlari, sayidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga «tarxon» so‘zi qo‘shib aytilgan. Tarxonlarning ko‘pchiligi juda boy bo‘lgan. Temuriylar hukmronligining so‘nggi davrida Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa viloyatlarning dehqonlaridan hamda shahar aholisidan yig‘iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qo‘lida to‘plangan edi. Movarounnahrda ular g‘oyat katta kuchga aylangan edi. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p yer va suv, masjid, madrasa, xonaqox, maqbara va mozorlarga biriktirilib bunday yerlar «mulki vaqf» deb atalgan.
XV asrda Mavarounnahr va Xurosonda yer egalari «dehqon» ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni «muzoriy» deb yuritilgan. Muzoriy ya’ni ziroatchilar qishloqning mehnatkash tabaqasi bo‘lib, ular to‘rt guruhga bo‘lingan:
1. Davlat yerlarida yashovchi muzoriylar.
2. Mulkdorlarning yerlarini ishlovchi muzoriylar.
3. O‘z yeriga ega bo‘lgan dehqonlar.
4. Vaqf mulklarida yashovchi muzoriylar.
Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yollanma ziroatchilar bo‘lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan olgan hissasi yer egalarining yerdan tashqari urug‘lik, omoch, ho‘kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishidan qat’iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‘lar va majburiyatlarni o‘tar edi. Sug‘orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq «xiroj» deb atalgan.
Temuriylardan yana biri Z.M.Bobur o‘zining “Mubayyin” nomli asarida o‘zining davlatidagi zakot mollarini 4 ga bo‘lganini yozadi. Bular: naqdina-pul solig‘i, savoyim hayvonlar uchun to‘lanadigan soliq, tijorat-yer solig‘i. Bobur dehqonchilik bilan bog‘liq soliq tizimini quyidagicha o‘zgartiradi: mukassama-yetishtirilgan hosildan bir qismi natura shaklida to‘lanadigan soliq, muvazzif-kadastrda qayd qilingan yerdan olinadigan soliq. Amir Temur xokimiyat tepasiga kelishi bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga aloxida e’tibor qaratdi. Dexkonlarning yerlarini toptash va ekinlar yakson bo‘lishidan saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temur farmoyishiga muvofiq ekinzorlar yaqiniga o‘tov o‘rnatish ko‘shin rahbarlariga taqiqlangan. Birok ayrim hollar bundan mustasno.
Akademik V.V.Bartold Amir Temurning ziddiyatli faoliyatiga shunday baho beradi: “Temur ayni bir paytda beshafkat vayronakor va jonboz quruvchi edi: uning tomonidan ajoyib bog‘-rog‘lar bilan muhtasham binolar qurildi, shahar va qishloqlar tiklandi, sug‘orish tizimlari barpo etildi va tuzatildi: rasmiy tarixni ifoda etishiga, umuman ekin yetishtirish mumkin bo‘lgan yer bekor yotmagan.”
Temur O‘rta Osiyo sharoitida dehqonchilikni tiklash va rivojlantirish sun’iy sug‘orish bilan bog‘lik ekanligini yaxshi tushungan. Xuddi shu tarzda, Temur faoliyatiga ko‘ra yerlarni sug‘orishga bog‘liq ishlar amalga oshirildi va Angor tumani tashkil etildi. Uning ko‘rsatmasi bilan Murg‘ob vodiysida muhim ishlar bajarildi. Eski angor kanalining tog‘ maydonini o‘yib, kanal qazildi.
Bundan tashqari Temur Afg‘onistonda Bodom kanalini, Samarqand va Shahrisabzni oqar suv bilan ta’minlash uchun murakkab irrigatsiya ishlarini bajardi, o‘sha davrda deyarli har bir hovlidan ariq o‘tgani fikrimiz isbotidir. Temur davrida yerga egalik qilish shakli bir necha toifaga bo‘lingan: davlat, mulk va vaqf yerlari. O‘z navbatida jamoa yerlari ham saqlanib qolgan.
Feodal yer egaligining asosiy birini davlat yerlari tashkil etgan. Uning daromadlari asosan saroyni va qo‘shinni ta’minlashga ketgan. Bu yerlar hukmron sulola a’zolari va amaldorning sohibqiron oldidagi xizmatlari, asosan harbiy xizmatlari-harbiy yurishlarda katnashish, isyonkor feodallarni tobe etish, chegarani qo‘riklash uchun mukofotlashning asosiy manbai bo‘lib xizmat qildi.
Temur va Temuriylar davrida davlat yerlarini in’om qilish-suyurg‘ol berish keng tus oldi. Suyurg‘ol, tom ma’noda xayr-ehson, yerni hadya etish, imtiyozni anglatadi va harbiy xizmatni o‘tash bilan shartlangan yerni in’om qilish turlaridan biri hisoblanadi. Suyurg‘ol egasi soliq dahlsizligidan foydalanib, suyurg‘olga karashli yerlarda o‘z foydasiga o‘lpon olgan. Suyurg‘ol egasining iqtodordan farqi shundaki, u ma’muriy-sud dahlsizligiga ham ega edi.
Ayrim suyurg‘ol egalari bir vaqtning o‘zida tarxon yorliqlariga ham ega edi. Mazkur xollarda ushbu shaxslar ko‘shimcha imtiyozlar olgan yoki shunday yorliqlar yer egasini davlat soliqlarini to‘lashdan ozod qilgan. Ularning noto‘g‘ri hatti-harakati to‘qqiz martagacha kechirilgan, u shoh oldiga bemalol kirib-chiqishga imkon bergan.
Ikkinchi yer turi-bu vaqfdir. Vaqf yerlar diniy, xayriya, o‘quv va boshka masalalar foydasiga tashkil etilgan. Nazariy jihatdan vaqf yerlar daxlsiz sanalsa ham amalda bu qoidaga har doim ham rioya etilmagan. Vaqf yerlardan soliq olib odatda ijaraga berilgan ijarador mutavalli bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, mazkur yerdan ma’lum vaqt mobaynida soliq olish huquqiga ega bo‘lgan.
Yerga egalik qilishning yana bir shakli-xususiy yerlardir. Albatta, katta-kichikligidan qat’iy nazar, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari xam, ziroatkorlarning mayda paykallari xam xususiy yer mulklari hisoblangan. Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarga ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun berilgan va ular juda katta hajmdagi yer mulklariga egalik qilganlar.
To‘rtinchi guruh yerlar-jamoa yerlari hisoblanib, uncha katta bo‘lmagan ulushni tashkil etgan va bu yerlar qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo‘lgan.Temur davrida ko‘plab qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirilgan. Asosan bug‘doy ekilgan. Geografik holati va yil fasllariga qarab uning turli navlari ekilgan, gandumi obi (sug‘orma bug‘doy), gandumi safidcha (oq bug‘doy), gandumi surxaki (qizil bug‘doy), gandumi surxaki bahori (baxorgi qizil bug‘doy), to‘l tishi tog‘li joylarda bug‘doyning sovuqqa chidamli navlari yetishtirilgan.
Movarounnahrning asosiy dehqonchilik tumani doimo Zarafshon vodiysi bo‘lib kelgan. Undan keyin Qashqadaryo vodiysi turgan. Bu yerda hosil boshqa viloyatlarga qaraganda tez pishgan va odatda shimolroqdagi shaharlarga yetkazilgan. Xo‘jand atroflarida ham donli ekinlar yetishtirilgan, biroq aholi ehtiyojini to‘liq ta’minlamagani uchun ham, uni mo‘l hosil olingan Farg‘onadan keltirgan. Manbalarda Shosh (Toshkent) ga tutash yerlar ishlov berilganligi bilan ajralib turgani, Chag‘oniyon viloyatida non arzon bo‘lgani, Qarshidan xam yaxshi hosil olinishi haqida xabar beriladi. “(Bu yerda) bug‘doy va qovunlar mo‘l-ko‘l”deb yozadi mualliflardan biri. Surxondaryoda Termiz donli ekinlar yetishtiradigan asosiy joylardan biri bo‘lgan. Bu joyda Amudaryo orqali Xorazmga bug‘doy yuborilgan.
Xorazmda eng ko‘p hosil Vazir degan joydan janub tomondagi pasttekislikda yetishtirilgan. Bu yerda, Farg‘onaning ayrim tumanlari singari, jo‘xori yetishtirilgan, u keyinchalik Qo‘qon jo‘xorisi nomini olgan. Yerlarning bir qismiga beda ekilgan. Shuningdek, arpa va tariq ham ekilgan. Uch turdagi don-bug‘doy, arpa va tariqning muallim, tolib, vakf xodimlariga berilishi ko‘pgina vaqf hujjatlarida kayd etildi. Donning uch navidan katta samarqandcha o‘lchov bo‘yicha 24 man hajmida, masalan, mujavir - Ishratxona maqbarasining doimiy nazoratchisi olgani 1464 yil vaqf yorlig‘ida qayd etilgan.
Kambag‘allar arpa va tariqdan sof holda va turli aralashmalar bilan non yopishgan. Yarim ko‘chmanchi aholi tariqni qatiq bilan iste’mol qilgan. Mosh va no‘xat barcha joylarda ekilgan. O‘rta Osiyoda eng keng tarqalgan ekinlardan biri guruch bo‘lib, Amir Temur zamondoshlaridan birining qayd etishicha, Samarqand tomonlarda «benihoya ko‘p» edi. Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda texnik ekinlardan paxta muhim o‘rin tutgan. Tarixchilarning qayd etishicha, u Samarqand yaqinidagi yerlar, Balx atrofi, Shahrisabz yaqinidagi sug‘orma yerlar va boshqa joylarda yetishtirilgan.
Movarounnahr qishloqlari va ko‘pgina shaharlaridan paxtadan ip-gazlama tayyorlanishi, shuningdek ko‘pchilik hunarmandlarning paxtadan muayyan gazlama turi tayyorlashga ixtisoslashgani bu ekinni hamma joyda yetishtirish kengayganidan guvohlik beradi. Qishloqliklar o‘z ehtiyojidan orttirib, bu matolarning bir qismini keng iste’molchilar-shaharliklar va sahro aholisi orasida sotish maqsadida ham ishlab chiqargan. Shuningdek, paxta yetishtirishning tarqalganligini shu narsa ham tasdiqlaydiki, yirik shaxarlarda yakin atroflardan keltiriladigan paxtani saqlash va sotish uchun maxsus binolar qurilgan.
Temur Movarounnahrda ba’zi yangi tur o‘simliklarning tarqalishiga ko‘mak beradi. Aftidan ilk bor aynan Temur hukmronligi chog‘ida zig‘ir ekish paydo bo‘ldi. Klavixo xabar berishicha, Temur yurishi natijasida Movarounnahrda nasha va zig‘ir ekila boshlagan. Mazkur ekinlar «ilgari bu yerda sira ekilmagan», deb yozadi Rui Gonsales de Klavixo.
Tut daraxti, asosan ipak qurtlarini ko‘paytirish va boqish uchun ekilgan. Bu daraxt mevasi, qishda quritilgan holda ham iste’mol qilingan. Tut ko‘chati odatda sug‘orish kanallari, ariqlar bo‘yiga ekilgan. Pilla xom ashyosi asosan shaharga keltirilib, undan turli matolar to‘qilgan, Samarqand va Buxoroda pilla sotiladigan do‘konlar bo‘lgan.
Bo‘yoq olinadigan o‘simliklar, jumladan, qizil va sariq ranglar olishda foydalanilgan ro‘yan o‘simligi yetishtirilgan. Xina nafaqat tirnoq bo‘yash uchun kosmetikada, balki sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan siyoh tayyorlash, qog‘ozga tegishli rang berishda ishlatilgan. Xina dorivor vosita sifatida xam qo‘llanilgan.
Samarqand baxmali va boshka matolar, yozma kog‘ozlarni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho qirmiz bo‘yog‘i, ehtimol, O‘rta Osiyoda ham tayyorlangan. U koshenik hasharoti tanasidan olingan, o‘zi ham shu nomdagi kaktusda oziqlanib, uzoq issiq mamlakatlardan keltirilgan. Eng keyingi davr manbalariga ko‘ra, Buxoroda «qirmiz nomli qimmatbaho bo‘yoq cho‘ldagi uncha katta bo‘lmagan daraxt qurtlaridan olinadi». Shahar bozorlarida sotiladigan xushbo‘y va dorivor vositalarning ayrim turlari Movarounnahr yerlaridan, boshqalari tashqaridan keltirilgan.
Bog‘ va uzumzorlar katta yerlarni egallagan. Olma, nok, anor,shaftoli va boshqa mevalarning xilma-xil turlari haqida ko‘plab asarlarning mualliflari yozadi. Bu bog‘lar Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlarni qalin devor kabi o‘ragan edi. Zayniddin Vosifiy Toshkent bog‘larida barq urib o‘sgan gul va daraxtlar latofatini kuylagan.
Hovuzli va soya-salqin daraxtli, jildiragan jilg‘ali ajoyib bog‘lar aholining yuqori tabaqa qismiga xizmat qilgan. Bunda maxsus reja bo‘yicha ekilgan mevali va manzarali daraxtlar va ko‘plab gullar o‘sgan. Asarlar mualliflari qayd etgan sitrus ekinlar e’tiborni tortadi. Amir Temur buyrug‘i bilan tashkil etilgan bog‘da limon o‘stirilgan, aniq materiallarning ko‘rsatishicha u boshqa zamonlarda xam yetishtirilgan. M: deyarli bir yarim asrdan so‘ng Bahriddin Kashmiriyning ma’lumoticha, Buxoroning Jo‘ybor degan joyida limon, xurmo va shamshod daraxti o‘sgan.
Movarounnahrda uzumning turli navlari yetishtirilgan. Samarqandga yaqinlashar ekan, Kastiliya elchisi Klavixo Temur davlati o‘rab olgan bog‘-rog‘ va uzumzorlarni ko‘rib hayratdan yoqa ushlagan: “Bu bog‘u-rog‘lar va uzumzorlar shunchalik ko‘pki, shaharga yakinlashganing sari baland daraxtli o‘rmonni va uning o‘rtasida shaharni ko‘rasan,”- deb yozadi u.
Sohibkorlik boshqa joylarda ham, jumladan Toshkent, Andijon atroflarida rivojlangan edi. Turli uzum navlari, jumladan o‘sha asrda eng yaxshi samarqandcha va toshkentcha uzum navlari qatorida sohibi navi ham yetishtirilgan. Musallas tayyorlash rivoj topgan. Temur Samarqandni boshqa shaharlar orasida birinchi o‘ringa qo‘yib, dunyodagi mashhur shaharlar - Bog‘dod, Sultoniya va Sheroz nomi bilan ataluvchi qishloqlar qurishga farmoyish beradi. Shuningdek bir kvadrat kilometrga yaqin hajmdagi ulkan bog‘lar barpo etiladi. Ularda juda xilma-xil daraxt va gullar yetishtirilgan. Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan Bog‘i maydonda o‘simliklar juda oqilona joylashtirilgan.
Bog‘cha nomi bilan ataluvchi bog‘ barpo etilishi ham Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq.Temur buyrug‘i bilan bunday bog‘larning barpo etilishi faqat davomli harbiy yurishlardan so‘ng dam olish va ko‘ngil ochish joyi istagi bilangina bog‘liq emas edi. Ularning paydo bo‘lishida siyosiy sabablar ham muhim edi. Bu yerda turli davlatlardan kelgan elchilar qabul qilinar, ular yurtiga kaytgach, Temur saltanatining go‘zalligi va haqida xabarlar tarqaldi.
Yangi bog‘larning paydo bo‘lishi turli xil, shu jumladan bu paytgacha ekilmagan o‘simliklar turlarini yetishtirish, yirik hajmdagi bog‘ maydonlarini rejalashtirish bo‘yicha ixtisoslashish va ko‘nikmalarning kengayishi bilan ko‘shib olib borildiki, bular mamlakatning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Temur hukmi bilan Samarqand atrofida qurilgan qishloq va bog‘lar davlat poytaxtining unga tutashib ketgan joylar bilan iqtisodiy markaz sifatidagi ahamiyatni kuchaytirdi.
Qishloq xo‘jaligida poliz ekinlari katta o‘rin tutgan, ular «butun dunyoda eng yaxshi va eng mo‘l-ko‘l» deb hisoblangan. «Movarounnahrning hech bir yerida Buxorochalik ko‘p va a’lo qovun yetishtirilmagan» deb yozgan edi keyinchalik Bobur. “Miri Temur” deb atalgan va Buxoronikidan shirinroq hisoblangan qovun navining yetishtirilishi, ehtimol, Temur nomi bilan bog‘liqdir. «Farg‘ona Axsisida» «Miri Temur» nomli, Buxoronikidan totli va nafis qovun navi bor»,- deb yozadi Bobur. Xorazm qovunlari, ayniqsa ko‘k tarnay navi juda ajoyib bo‘lgan.
Movarounnahrda qo‘ychilik, asosan qorako‘l va dumbali qo‘y nasllarini yetishtirish juda rivojlangan. Aholining yarim ko‘chmanchi qismi ko‘p sonli ko‘y podalariga egalik qilgan. O‘troq aholi ham qo‘y boqqan. Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoga Zunun Arg‘un bir varakayiga 40 ming qo‘yni in’om etgan. Andijon qal’asini himoya etganlar va ular yaqinlariga Xo‘ja Mavlono Qozi 18 ming qo‘yni ulashib bergan.
Qo‘ylarning nasl tarkibi turlicha bo‘lgan. Bu nasllardan biri boqiladigan maydon hududining kengayishi, ehtimol Temur yurishlari bilan bog‘liq bo‘lib, Hisori naslli qo‘ylarga yaqin bo‘lgan, bu qo‘ylar bir paytlar Volga, Bo‘lg‘or va Oltin O‘rdada yetishtirilganligi aniqlangan. Bular dumbali qo‘ylar guruhiga kiritiladi.
Xo‘jalik hayotida yilqichilikka muhim o‘rin ajratilgan. Turli nasldagi otlar, jumladan «o‘zbek», »turkman», «arab» va boshqa otlar ko‘paytirilgan, yo‘rg‘a otlar juda qadrlangan. «Bu yerlarda otlar chidamliligi bilan mashhurdir»- deb yozadi elchi sayyoh.
Temur va Ulug‘bek, boshka temuriylar qo‘shinida jangda oldga siljish va harakat qilish uchun otlardan keng foydalanilgan. Ko‘p sonli otliq Temur qo‘shinining asosiy turi bo‘lgan. Hujum chog‘ida bu qo‘shin katta manyovr kilish xususiyati va kuchli zarba berish qobiliyatiga ega edi. Jang maydonidan yolg‘ondakam chekinib, temurning otliqlari odatda dushmanga yashirib qo‘yilgan otliqlari bilan to‘satdan kuchli zarba bergan.
Shoshilinch xabar yetkazish uchun tez chopishga moslangan otlardan foydalanilgan. Har bir bekatda maxsus kishilar otlarga qaragan. Otlarni asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi yetkazib turgan, biroq o‘troq aholining ko‘pchiligida anchagina otlar bo‘lgan. Temurga tegishli yilqi ayrim amirlarga parvarish uchun berilgan. U o‘z yaqinlariga bu ishni yuklab, ayni choqda otlar omonligi va yaxshi parvarish ettirayotganini qat’iy kuzatib turgan.
Ot go‘shti va sutidan O‘rta Osiyo aholisi keng foydalangan. Biya sutidan ayniqsa issiq xavoda yoqimli bo‘lgan qimiz tayyorlangan. Ot go‘shti sevimli oziq - ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan. Uning turli bo‘lak va a’zolaridan xar xil taomlar tayyorlangan.Yuk tashishda asosan tuyalardan foydalanilgan, ular harbiy yurishlarda ham asqotgan. Temur Hindistonga yurishida raqibining qudratli qo‘shinini yengishda jangovor fillarga qarshi ustiga yonayotgan shox - shabba bog‘lagan tuyalarni qo‘yib yuborgan.
Chorvachilik go‘sht, yog‘, sut, jun va teri bergan. U ko‘chmanchi aholi hayotida muhim o‘rin tutgan. Jamiyat hayotida va ayniqsa hukmron tabaqa muhitida ovchilik muayyan o‘rin tutgan. Temur, Ulug‘bek va sulolaning boshqa vakillari ov bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Bu ular uchun ko‘ngil ochar mashg‘ulot, harbiy yurishlar oralig‘ida dam olish, davlat ishlaridan bo‘sh paytda hordik chiqarish bo‘lgan. Ular ov qushlari va itlari bilan bir qancha ayonlari davrasida ovga chiqishgan. Maxsus kiyikchilar podshoh ov qilish uchun mo‘ljallangan joylarda qush va hayvonlarni maxsus ushlab turishgan. Afarikent suv qushi ov qilish uchun eng yaxshisi hisoblangan.
Amir Temur hukmronligi davrida ham davlat xazinasi aholidan olinadigan soliq hisobiga to‘ldirilgan. Sug‘orma dehqonchilik yerlarida alohida olinadigan asosiy soliq turi «Xiroj» bo‘lgan. Bu soliq turi ba’zan «mol» deb ham atalgan. Soliq miqdori yetishtirilgan hosilga va yerning unumdorligiga qarab olingan.
Shu sababdan xiroj solig‘i asosan hosil yetilib, uni yig‘ishtirib olish paytida mahsulot shaklida yoki pul bilan to‘langan xolos, dehqonlar sug‘orma yerlardan hosilning 1/3 qismidan tortib yarmigacha xiroj to‘lar edi. Lalmikor yerlarda esa bu ko‘rsatkich 1/6-1/8 qismini tashkil etgan. Mulk yerlarining bir kismidan “umr” solig‘i ham undirilgan, u h1/10 qismiga teng bo‘lgan.
Bulardan tashqari, bog‘ va daraxtlardan-«mol sardaraxt», yaylovlardan - «mol o‘tloq» va suvloq» kabi soliklar undirilgan. Chorvadorlar esa zakot solig‘i to‘lagan. Bu soliq miqdori qirqdan bir, ya’ni 2,5 foizga teng bo‘lgan. Bu sanab o‘tilgan soliqlar bilan bir qatorda fuqaro soliqlari undirish va uning hisob kitobi bilan band bo‘lgan turli lavozimlardagi ma’muriy shaxslar xizmatlari uchun ham har xil miqdorda to‘lovlar to‘lashga majbur edi.
Majburiyatning yana bir turi «begor» deb atalgan. «Begor»-tekinga ishlab berish ya’ni hashar ma’nosini anglatadi. Aholi odatda shaharlarda devorlar, ko‘rg‘on, saroy, machit, madrasa, ko‘priklar qurish va ularni mustahkamlash, ariq - zovurlar, kanallar yo‘llarini qurish va tozalashda tekinga ishlab berishlari kerak edi.
Albatta Amir Temur davrida ham aholidan olinadigan soliq mehnatkash xalq yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushar edi. Ammo bu davrda aholidan olinadigan soliq me’yorlari raiyatga og‘irlik qilmaslik choralari ko‘rilar edi. Buni Temurning quyidagi so‘zlari isbot eta oladi. »Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani qashshoklikka tushirib ko‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi, harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi.».(I.Mo‘minov. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli». - T.,»Fan». 1993. 36 bet).

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling