1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


-Mavzu. XVI-XIX asrlarda Xonliklarda dehqonchilik va yer-suv munosabatlarining umumiy holati; (2-soat)


Download 1.08 Mb.
bet11/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

5-Mavzu. XVI-XIX asrlarda Xonliklarda dehqonchilik va yer-suv munosabatlarining umumiy holati; (2-soat)
Reja:

  1. Yer-suv munosabatlarida Shayboniylar o‘tkazgan islohotlar va uning ahamiyati.

  2. XVII-XIX asrlarda amirlik va xonliklarda sug’orish tizimi va ularning ahvoli;

  3. XVI-XIX asrlarda xonliklarda yer egaligining turlari;

Adabiyotlar
1.Abduraimov M.A. Buxoro xonligida agrar munosabatlar tarixidan lavxalar. - T., «Fan», 1970 yil. I, II jildlar (rus tilida).
2.Abduraimov M.A. K voprosu o feodal’nom institute darbasi (darubast) v Uzbekistane v XVI-XVII vekax. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1963 yil,4 - son, 40-47 b.
3.Abduraimov M.A. O nekotorыx kategoriyax feodal’no zemlevladeniya i polojenii krest’yan v Buxarskom xanstve v XVI-nachalo XIX veka. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1963 yil,7 - son, 32-43 b.
4.Abdurasulov U. Zemel’nыe otnosheniya v Xivinskom xanstve vo vtoroy polovine VII-pervoy chetverti XIX v. K.i.n. T., 2008 g.
5.Annanepesov Murad. Zemledelie i agrarnыe otnosheniya v turkmenistane v XVIII-XIX vv. K.i.n. - Ashxabad. 1973 g.
6.Djalilova R. K istorii agrarnыx otnosheniy v gosudarstvo Sheybani-xana v nachale XVI veka. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1963 yil, 9-son, 38-42 b.
7.Yo‘ldoshev M.Y. Xiva xonligida yer egaligi va davlat tuzilishi. - T., 1959 yil.
8.Yuldashev M.Yu. K istorii zemlevladeniya v Sr. Azii v XVI-XVII vekov. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964 yil,3 - son, 61-66 b.
9.Mallaboev B.B. Chorizmning Turkistonda vaqf mulkchilik siyosati (Xoja Ahror avlodlari vaqf mulklari misolida). Fan nomz. dissert. - T., 2004 yil.
10.Muhammadjonov A.R. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). - T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik.
11.Muhammadjonov A.R. Iz istorii agrotexniki v nizov’yax Zeravshana. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1963 yil,8 - son, 61-62 b.
12. Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). - T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma).
13.Sultonov O‘.A. Toshkent vaqf xo‘jaligida an’analar, islohotlar va muammolar (XVI - XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida).” Doktorlik diss. - T., 2016 y.
14.Sultonov O‘.A. Toshkent vaqf xo‘jaligida ijara munosabatlari (Ko‘kaldosh madrasasi vaqf ma’muriyati ijara hujjatlari tahlili). O‘zbekiston tarixi. 2012 yil, 2 - son, 35-46 b.
15.To‘raev Q, M.Zokirova. Sharq manbalarida o‘lchov birliklari. Marifat. 2007 yil, 13 yanvar.
16.Xaliyarov A. Xiva xonligida pul vaqfining huquqiy va iqtisodiy asoslariga doir. O‘zbekiston tarixi. 2014 yil, 4-son, 17-23 b.
17.Yaqubov Q. Vatan tarixshunosligida Xiva xonligi vaqf mulkchiligi tarixini o‘rganish masalalari. O‘zbekiston tarixi. 2014 yil, 1-son, 28-35 b.
18. Qobilov E. Mang‘itlar sulolasi davrida Surxon vohasining ma’muriy-boshqaruv tizimi. TerDU xabarlari. 2013 yil, 1 - 4 son, 8 – 10 son.
19.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6-8 b.
XVI asr boshlarida Temuriylar davlati o‘rniga kelgan Shayboniyxon davlatning iqtisodiy va siyosiy jihatlarini mustahkamlash yo‘lida qator islohotlar o‘tkazadi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg‘ol tizimini joriy qiladi. Ikkinchidan, mamlakatda yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko‘chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o‘zlariniki qilib olish yo‘li bilan mulklarini ko‘paytirib oldilar.
Shayboniylar davrida sug‘orish ishlarida tabiiy tayanch bo‘lib kelgan an’anaviy manbalar-Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Masalan, “Mehmonnomayi Buxoro” muallifi Sirdaryo daryosi imkonlari haqida so‘z yuritar ekan, bu daryoning kechuv joylaridan, irmoqlaridan ko‘plab katta anhorlar qazilgan va ular suvi bilan atrofdagi ekinzorlar sug‘orilganini alohida ta’kidlaydi.
Ayniqsa, Sig‘noq atrofini obodonlashtirishda bu yaqqol ko‘rsatiladi. Ushbu kitob muallifi Fazlulloh ibn Ro‘zbexonga homiylik qilgan M.Shayboniyxon 1502 yili Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayrilish yerida ko‘prik-suv ayirg‘ichini bino qildirganini bilamiz. Umuman olganda, M.Shayboniyxon hukmronligi va undan keyingi beqarorlik yillarda ham sun’iy sug‘orish ishlarining ahamiyati yo‘qolmadi. Buni biz XVI asrning 20-yillarida tuzilgan vaqfnomalardan birida keltirilgan ma’lumotlar orqali ko‘rishimiz mumkin. Masalan, birgina Kesh viloyatida Qashqadaryoning irmoqlari bo‘lmish Surxob va Rudakdan atrof qishloqlarga qazilgan o‘ndan ortiq kanallar ishlab turgani ma’lum.
Lekin sun’iy sug‘orish ishlari XVI asrda gurkiragan payt bu Abdullaxon II davriga to‘g‘ri keladi. 1582 yili Zarafshon daryosi ustida qurilgan Karmana ko‘prigi (Puli Karmana) - suv ayirg‘ichi, 1583 yili Nurota tog‘larida qurilgan Oqjob suv ombori, Zarafshon daryosi suvini tegishli hududlarga taqsimlashda katta ahamiyat kasb etgan Mehtar Qosim, Chahorminor va Jondor ko‘prik suv ayirg‘ichlari, Zarafshon daryosidan Jizzax vohasigacha tortilgan va Sangzor daryosi bilan tutashuvchi Tuyatortar kanali, Murg‘ob vohasidagi Hovuzixon suv ombori, 1556-1557 yillari qurilgan va Samonjuq dashtini obodonlashtirishda katta ahamiyat kasb etgan Xoja Kaab kanali, 1559-1560 yillari bunyod etilgan Afshona kanali, 1568-1569 yillari Amudaryodan Chorjo‘ygacha tortilgan, Murg‘ob daryosidan Marv atrofiga chiqazilgan kanallar, 1577-1579 yillarda amalga oshirilgan Hisor va Romiton, 1579-1585 yillari Vaxsh daryosidan qazilgan sun’iy sug‘orish inshootlari kabilarni keltirishimiz mumkin.
Hujjatlarga ko‘ra, ana shunday tadbirlarda o‘n minglab mardikorlar qatnashgan. Bular albatta yirik suv inshootlaridir. Ulardan tashqari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan anhorlar, ariqlar qazish, ularni tozalash (masalan, Toshkent viloyatidagi Zax ariq), sardobalar qurish kabi tadbirlar ham doimo amalga oshirib borilgan. Sug‘orish ishlarining yo‘lga qo‘yilgani tabiiy ravishda g‘allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va ipakchilik kabi sohalarning rivojlanib borishiga yo‘l ochib berdi.
Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo‘llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga xam katta ahamiyat qaratdi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘rnida ulkan band qurdirgan. Uning ravoqlarini to‘g‘on tepasidan turib ochish yoki bekitish mumkin edi. Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z yerlarni sug‘orib dexqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi. Ayni paytda ko‘plab mahalliy ahamiyatga ega suv inshootlari xam qurilgan. Bu tadbirlar o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan. Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ldi. Birinchisi-markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar; Ikkinchisi-hukmron tabaqalar bilan mehnatkash omma o‘rtasidagi ziddiyatlar. Shayboniylar davrida yer egaligining iqto’, suyurg‘ol, tanho va jogir singari to‘rtta turlari bo‘lgan.
Shayboniyxon ulkan davlatni kichik-kichik mulklarga (suyurg‘olga) bo‘lib yuborib katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Chunki, har bir mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga intilar edi. Mulk tizimining hukmronligi har bir mulkning alohida ajralib chiqishiga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo‘ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi.
Shayboniyxon, Ayni paytda, davlat xazinasiga tushadigan daromadning muttasilligini ta’minlash maqsadida egalari tashlab ketgan yerlarni davlat ixtiyoriga olish, egalari qaytib kelib yerini talab qilganida esa uni qaytarib berish, hatto davlat bu yerlardan foydalangani uchun yer egasiga davlat xazinasidan haq to‘lash tartibini ham joriy etgan edi. Aholiga soliq solishda amaldorlarning haddan oshishlariga ham chek qo‘yildi. Shunday bo‘lsa-da Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli baribir nochor edi. Ko‘pchillik omma yersiz bo‘lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Aholidan yigirma turdan ortiq soliq va to‘lovlar olinar edi. Asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo‘lib, daromadning o‘ttiz foizidan qirq foizigachasini tashkil qilar edi.
Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalar edi. Davlat pulga muhtoj bo‘lganda favqulodda soliqlar xam joriy etilgan. Aholi soliq va jarimalar to‘lashdan tashqari, majburiy mehnat majburiyatini ham o‘tashi kerak edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo‘l va ko‘priklar qurishga, yem-xashak yig‘ishga jalb etishni nazarda tutar edi. Buning ustiga majburiyatni o‘tashga jalb etilganlar o‘z mehnat qurollari bilan ishga kelar edilar, o‘zlari hisobidan ovqatlanar edilar.
Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivoj topishida ushbu sulola namoyandalarining tutgan o‘rni katta bo‘lgani, shubhasiz. Avvalo shayboniylarning o‘zlari nihoyatda o‘qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, M.Shayboniyxon, Ko‘chkunchixon, Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Javonmardali Sulton kabi shayboniylar turkiy va forsiyda she’r bitganlar, diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo‘lganlar. M. Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoroda madrasada olgan edi. Shayboniyxon tomonidan 1508 yilda yozilgan Chig‘atoy turkiy tilidagi “Bahr ul xudo” (“Haqiqiy yo‘lning dengizi”) nomli qasidasining yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyaning Londondagi “British Muzeyi” kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qasidaning bir joyida Shayboniyxon shunday deydi.
Podsholikda Shayboniy faqrdan ayrilmag‘il,
Faqr shohi ikki olam ichra bo‘lur podsho.
Tengri gar berdi senga Eronu Turon,
Bandalik tavrni Shayboniy bermagil
eldan daho.
Shayboniyxonning she’rlar to‘plami bo‘lgan “Devon” i 191 varaqdan iborat bo‘lib, u bugun Turkiyaning Istambul shahridagi To‘pqori saroyi kutubxonasida saqlanmoqda.Turkistonning Buxoro, Samarqand, Urganch hamda Yassi (Turkiston) shaharlari nomlarini o‘z she’rlarida Shayboniyxonga qadar ko‘p ishlatgan boshqa shoir yo‘q desak, yanglishmaymiz. Masalan,
Ketmadi ko‘nguldin hech diydori Samarqandning,
Ko‘zumdan uchar har dam gulzori Samarqandning.
Har nechaki shahr o‘lsa dunyoda latif, ammo
Barchadin erur yaxshi bemori Samarqandning.

Haq o‘z karami birlan ul elni omon tutsun,


Bo‘lsun bu jahondin yo‘q ag‘yori Samarqandning.
Ko‘ptur Hirida, bilgil, bulbul bilan to‘ti ham,
Andalibni uyaltti dildori Samarqandning.

Bu shahri Hiri ichra bir zarra safo yo‘qtur,


Jannat kibi xushbudur bozori Samarqandning.
Qosh yosi bila xo‘blar g‘amza o‘qidin otsa,
Jon javshanidin o‘tar o‘qlori Samarqandning.

Shaboniy tilar har dam Buxoru Samarqandni,


Tengrisi madad bo‘lsun, ul yori Samarqandning.
Yoki
Jannati ma’vo degan bog‘i Samarqand emish,
Kavsari a’lo degan obi Samarqand emish.
Yoki yana
Bir xayolim bor ko‘ngulkim pir vofiy aylayin,
Ul buxoro shahrida Ka’ba tavofin aylayin.

Ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyatning kuchsiz va iqtidorsiz bo‘lganligini kuzatish mumkin. Bu vaqtda Ashtarxoniylarning ikkita rasmiy poytaxti bor edi. Otaliq va o‘zbek qabilalari yo‘lboshchilarining nufuzi Shayboniylar davridagiga qaraganda oshib ketdi. Boshqaruv ishlari o‘shalar qo‘lida edi. Siyosiy parokandalik, tinimsiz davom etgan ichki kurashlar, shahar hayotining so‘nishi, oshirib yuborilgan boju xirojlar natijasida aholining xonavayron bo‘lishi, tashqi hujumlar, talon-tarojlar natijasida vohalarning xarob holga kelib qolishi, savdo karvonlarining g‘arot qilinishi ashtarxoniylar hukmronligi davrining o‘ziga xos xususiyatlaridandir.


Imomqulixon bu holatning oldini olishga harakat qilgan. Masalan, u 1614-1615 yillarda Qashqadaryodan qarshi cho‘liga kanal qazittirgan. 1633-1634 yillarda esa Qo‘shqo‘rg‘onda kanal qazittirdi. Lekin, suniy sug‘orish qurilishlari ko‘lami XVI asrdagidek bo‘lmadi. Natijada XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tuta boshladi. Qishloq xo‘jaligi inqirozga uchradi, sug‘orish tarmoqlari izdan chiqdi. Buxoro xonligida g‘alla ekish maydonlari kamayib ketdi. Chunki yer egasi oldindan dehqondan hosilning uchdan bir qismini oladigan bo‘lsa, endi uchdan ikki, to‘rtdan uch qismini oladigan bo‘lib qoldilar.
Dehqonlar ziraotkorlikdan hech qanday foyda ola olmay qoldilar. Muhammad Badir Samarqandiy istehzo bilan «Sudxo‘r bir kishiga bir tanga bersa, uni yetti tanga qilib qaytarib olar edi», deb yozadi. Yer egalarining, amaldorlarning o‘zboshimchaligi bu bu paytga kelib chegara bilmay qoldi. Jamoa yerlari-yaylovlar dushman otlari tuyog‘i ostida qoldi; jamoaga tegishli ekin yerlar talon-taroj qilindi. Natijada, yuqori mansab egalari qo‘lida katta-katta yer-mulklari xam to‘plana boshladi. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Yalangto‘shbiy, Ollohberdibiy kabilar qo‘lida ulkan va bepoyon ekin yerlari to‘plandi. Xon ulardan xiroj ham olmay qo‘ygan edi. Xazinasi bo‘shab qolgan xon o‘z yerlarini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ldi.
Ruhoniy katta yer egalarining mavqei xam bu davrda o‘sdi. Farg‘ona va Toshkentda ular hatto hokimiyatni ham o‘z qo‘llariga olishga erishdilar. 1670-1680 yillardagi jung‘orlarning o‘lkaga hujumi va talon-tarojlari oqibatida Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqand vohalari xarobazorga aylandi. Buxoro amirligi davrida ham yer-suv mulkligining uch shakli saqlanib qolgan edi. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lar edilar. Bunday yerlar sotilmas edi va ayir boshlanmas edi.
Davlat yerlarining boshqa bir qismi yirik yer egalariga, hukmron sulola a’zolariga yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida inom etilgan edi. XV-XVI asrlarda suyurg‘ol berish juda keng tus olgan edi. Suyurg‘ol olganlar u yerni boshqarish huquqini ham olgan edilar. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi xamda oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra o‘z qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
Siyosiy tarqoqlik tufayli markaziy hokimiyat zaiflashuvi oqibatida yirik yer egalarining davlat hayotidagi mustaqilligi va qudrati shu darajada oshgan ediki, endilikda ular amalda markaziy hokimiyatga qaram bo‘lmay qoldilar. Natijada bunday yer egalari XVII-XVIII asrlarda suyurg‘ol yerlarini o‘zlarining doimiy mulklariga aylantirib olganlar hamda ularni meros qoldirish huquqini qo‘lga kiritganlar, xiroj ham to‘lamay qo‘yganlar. Bu hol keyinchalik siyosiy parokandalikning yanada kuchayishiga, markaziy hokimiyat zaiflashuviga hamda iqtisodiyotning, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligining ham orqaga ketishiga olib kelgan. Buning oqibatida davlat yerlari qisqarib borgan. XVI asrdan boshlab davlat yerlarini “tanho” deb nom olgan shaklda inom etish qaror topa bordi. Tanho asosan harbiy xizmatda bo‘lgan kishilarga inom etilgan. Bunday inomga sazovor bo‘lgan kishi yerning o‘ziga ega bo‘lgan.
XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanhodorlarning soni 12 mingdan 36 ming kishiga yetdi. Eng kichik tanho yerlari 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham ana shu yerlardan tushar edi. Xususiy yerlar shaxslarning yerlari bo‘lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bunday yerlar asosan arablarga qarashli yerlar bo‘lgan. Bu yerlar soliqdan ozod qilingan edi, lekin daromadning 1/10 qismi miqdorida o‘lpon to‘lanar edi. Mulk yerlari (xususiy yer) ning ikkinchi qismi (mulkixur yoki mulki xurri xolis) davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan shaxslarga berilishi natijasida vujudga kelgan edi. Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan hamda ular barcha soliqlardan ozod etilgan edilar.
Vaqf yerlari bu masjid, mozor, xonaqo, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilgan edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan edi. Amir Shohmurod (1785-1800 yy) hukmronligidan bashlab vaqf yerlarining miqdori bir muncha ko‘paydi. Bu hol xazinaga tushadigan daromadga ta’sir etmay qolmadi. Shuning uchun Amir Nasrullo yarg‘u ya’ni vaqf yerlarini musodora qilish usulini joriy etdi.
Buxoro amirligi davrida ham XVIII asrda sug‘orish tarmoqlarining kengaytirilishiga alohida e’tibor berildi. Buxoro amirligi hududida Zarafshon daryosidan Xurmo va Sarazm naxrlari chiqarildi. Ularning biri to‘rt chaqirim, ikkinchisi uch chaqirim uzunlikda edi. Amir Shohmurod (1785-1800 yy) davrida 40 chaqirim uzunlikdagi Qozonariq (Urgut tumanini sug‘organ), 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig‘i, 24 chaqirim uzunlikdagi Tug‘izariq qazildi. Yana Oqdaryo va Qoradaryodan ham nahrlar chiqarilgan edi. Sug‘orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og‘ir yuki mehnatkashlar yelkasida edi. Aynan ularning mehnati, sabr-toqati sug‘orish inshootlarining muqim ishlashini ta’minlar edi.
Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to‘plagan edilar. Ular shunday sug‘orish inshootlarini bunyod eta oldilarki, unga tan bermaslikning iloji yo‘q edi. Xususan, suv ayirg‘ich to‘g‘oni qurishdagi mohirlik buning isbotidir. Masalan, suv oqimi qiya va tez bo‘lgan tog‘ daryolari hamda soylarda suvayirg‘ich (sepoya) lar, tinch oqadigan daryolarda shox-shabbadan qurilgan to‘g‘onlar, Amudaryodek chuqur va tez oqar daryolarda esa ko‘p boshli suv ayirg‘ichlari qurgan edilar. Ayrim joylarda esa yirik to‘g‘onlar qurilgan edi. Bunday to‘g‘onlardan ayrimlarining uzunligi uch chaqirim, tubining kengligi to‘rt metr, balandligi esa bir yarim metrni tashkil etar edi.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘iriq eng ko‘p ishlatilgan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘iriqlar ham yaratilganki, ular suvni hatto to‘rt metr va undan yuqoriroqqa ham ko‘tarib bera olar edi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tortqichli suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va ho‘kiz kuchidan foydalanilar edi. XIX asrda birgina Amudaryoning quyi oqimida 600 mingdan ko‘proq chig‘iriq o‘rnatilgan edi. Bu kabi inshootlar Buxoro amirligi xo‘jaligida katta o‘rin tutgan. Bu hayot ta’minoti bo‘lgan inshootlarning bosh bunyodkori, dalalarning hosildor yerga aylantirgan asosiy kuch-dehqon ommasi edi. Bunday sug‘orish inshootlarini bunyod etish, ularni doimiy ravishda ishga yaroqli holda tutish dehqonlarni og‘ir majburiyatlarni bajarish, ularni shafqatsiz ezish vositasi edi.
Har bir dexqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha sug‘orish inshootlari qurish, kanal va ariqlarni tozalash, sozlash ishlarida qatnashishga majbur edilar. Bir so‘z bilan aytganda ularning ahvoli qullarnikidan farq qilmas edi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling