1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
A.Rayhon Beruniy 50 yoshida qadimgi sanskrit tilini o‘rgandi. Bundan tashqari fors, arab, yahudiy va grek tillarini ham bilar edi. Beruniy yirik olim ustozi Abu Nosir ibn Iroqdan astronomik ta’limotlari bo‘yicha dars olgan. 995 yilgacha u astronomiya, geografiya va geodeziya ilmiy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir nechta kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya” 1025 yilda yozib tugallangan. Bu asar shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilashga bag‘ishlangan. Masalan, Beruniy G‘azna shahrining kengligi 33 gradus 35 minut, Kanada shahriniki 33 gradus, 55 minut, Dumpurniki 34 gradus 20 minut. A.R.Beruniyning hisobiga ko‘ra Buxoro shahrining kengligi 39 gradus 20 minut deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 39 gradus 46 minutdir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 0,26 gradusga farq qiladi.
Beruniy “Geodeziya” nomli kitobining 4-bobining oxirida yer aylanasining kattaligini o‘lchashda yangi usul qo‘llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy yerning radiusini o‘sha davr uchun aniq o‘lchab bergan. U yerning meridian aylanasining uzunligini 40.183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy (Hindistondagi Nandna qo‘rg‘onida) o‘lchab topgan qiymatlar bo‘yicha o‘iga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,0,36 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini hisobga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniyning hisobicha, 6315,886 kilometr bo‘ladi. Bu raqam hozirgi vaqtda olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya’ni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil qiladi. So‘ngra Beruniy shu 32 gradus 00 minut kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanligini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davrdagi aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110.885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan 1000 yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma’lum bo‘ladi. Yer aylanasinig uzunligini aniqlash Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 1 gradus yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay usuldir. Shuning uchun Beruniy trigonometrik usullardan foydalanib, tog‘ balandligini o‘lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan edi. Beruniy bu asarining yuzaga kelishida Sulton Mahmud G‘aznaviyning Xorazmshohlar yurtini 1017 yil yozida bosib olishi va Beruniyni o‘zining Hindistonga qilgan bosqinchilik yurishida o‘zi bilan olib ketishi sabab bo‘lgan edi. Yo‘lda Sharqiy Turkistonnning Mo‘lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to‘g‘ri keladi. Beruniy o‘zga yurtda bo‘lishiga qaramay, fursatdan ustalik bilan foydalangan holda Mo‘ltondan (Pokiston) 400 kilometr g‘arbdagi Nandna qo‘rg‘onida Yer kurrasi o‘lchamini aniqlashga kirishdi. Avval, shu joyning geografik kengligini o‘lchab, 32 gradus 00 minutga teng ekanligini aniqladi. So‘ngra ufqning pasayish burchagini o‘lchadi va yuqoridagi biz keltirgan o‘lchovni aniqladi. 2022 yil 25 avgustda Prezidentning “Buyuk mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.1 5.O‘rta asrlarda Erkin dehqonlar kuchiga bo‘lgan muhtojlik orta boshlaydi. Buning oqibatida bu davrda qullarning ma’lum bir qismi joylarda qullikdan ozod etilib, yirik feodal mulklariga xususan vaqf yerlariga kadivar sifatida biriktirish jarayoni kuzatiladi. Bunday ozod qullar garchi ijarachilar qatorida hosilning 1/3 qismiga ega bo‘lsa-da, ammo vaqf yerlarini tashlab keta olmas edilar. Chunki ular vaqf yerlarida bir umr dehqonchilik qilishlari uchun ozod etilgan edilar. XIV asr tarixchisi Ibn Battuta o‘zining «Sayohatnoma» nomli kitobida Termiz shahriga ta’rif berib “Termiz - chiroyli imoratlari va bozorlari ko‘p yirik shahar, uni boshdan oyok anhorlar kesib o‘tadi, bog‘lari xam juda ko‘p. Ayniqsa, uzum bilan behisi juda shirin, go‘sht hamda sut juda serob. Shahar aholisi hammomda boshini tafl bilan emas, qatiq bilan yuvadi” deb ma’lumot beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling