1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


Download 1.08 Mb.
bet8/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

To‘rtinchi iqlim sharqdan boshlanadi va Tibetdan, so‘ngra Xurosondan o‘tadiki, bunda Xo‘jand, Usrushona, Farg‘ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarud, Marv, Saraxs, Tus hamda Nishopur shaharlari bor. Undan so‘ng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Daylam, Ray va Isfaxondan o‘tadi.
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi. So‘ngra Xurosonning shimolidan o‘tadi. Undan Taroz shahri savdogarlar shahri bor. Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turarband (O‘tror hozirgi Aris), Ozarbayjon, Armeniya (Armaniston) viloyati, Bardag‘a (Barda), Nasava (Naxshvon) shaharlari bor.
Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan o‘tadi, so‘ng Xazar mamlakatidan (Shimoliy Kavkaz va Quyi Volga bo‘yi), Jurjon (Kaspiy) dengizining o‘rtasidan kesib o‘tadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi.
Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi. So‘ng turkiy mamlakatlardan (M.Osiyo) o‘tadi. So‘ng Jurjon dengizining shimolidan o‘tadi. So‘ng Rum dengizini (Qora dengiz) kesib o‘tadi va saqlablar (Slavyanlar) mamlakatidan o‘tadi va g‘arb dengizida (Atlantika) tugaydi.”
Keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, al-Farg‘oniy katta kenglikdagi o‘lkalarni tavsiflagan bo‘lsa ham, o‘zining asl Vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Al Farg‘oniy Yajuj mamlakati deb sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Mo‘g‘ulistonning sharqi va Xitoyning shimoliy sharqiga mos keladigan aniq geografik hududni aytgan. Ahmad Farg‘oniyning nomi al Xorazmiy kabi butun Sharq va G‘arbda mashhurdir. O‘rta asrda tabiiy ilmiy bilimlarning rivojiga katta hissa qo‘shgan olim sifatida manbalarda ta’kidlanadi.
Abu Ali ibn Sino butun hayoti davomida 450 dan ortiq asarlar yozgan. Bizgacha ularning 242 tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafa, 43 tasi tabobatga (“Tib qonunlari” asarida 811 xil dorining 612 tasi o‘simliklardan olingani qayd etilgan) oid, qolganlari esa mantiq, psixologiya, astronomiya, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlanadi. Bu asarlardan ko‘proq falsafa va tibga doirlari jahonning aksariyat tillariga tarjima qilingan.
Zamondoshlari allomani bekorga “Shayx ur-rais”(“Donishmandlar sardori”), “Sharaf ul-mulk”(“mamlakat obro‘si, sharafi”), “Hujjat al-haq”(“rostlikka dalil”) deb atashmagan edi.
Ibn sino tibbiyotga oid optik shishalar, linza, yassi va sferik ko‘zgularning xossalarini yaxshi bilgan. Chunki u o‘z asarlarida ayrim yorug‘lik hodisalarini tushuntirishda bu shishalarni erkin ishlata olgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning “nima uchun suv to‘ldirilgan kolbadan billur zarrabin o‘rnida kuydirishda foydalansa bo‘ladi?” degan savoliga (Beruniy va Ibn Sino tez-tez bir-biriga yozma savol va javob yozib turishgan) “suv tabiatan zich, silliq va rangsiz moddadir, shuning uchun suv to‘ldirilgan shisha kolbadan nur sinishi natijasida nurlarning kuchi to‘planadi va yonish sodir bo‘ladi”- deb javob bergan edi.
Kishi iste’mol qiladigan har bir ozuqa tarkibida suv borligini hisobga olgan olim ozuqa moddalarning yumshashi, kishi tanasidan oqib tomirlarga o‘tishi va hazm bo‘lishi, ovqat chiqindilarining chiqarib yuborilishida suv muhim vosita deb hisobladi. Shuning uchun ichiladigan suvning tozaligiga alohida e’tibor bergan edi. Ibn Sino quduq va yer osti suvlaridan foydalanishning zararini ham “Tib qonunlari” kitobida asoslab berdi. U suv uzatish masalalariga ham e’tibor qaratgan edi. Olimning fikricha, qo‘rg‘oshin quvurlar orqali o‘tkazilgan suv juda zararli. Chunki u qo‘rg‘oshinning “kuchini” olgan. Bunday suvni ichgan kishi oshqozon yaralari xastaligiga yo‘liqishi mumkin. Ammo temir quvurlarda oqib, “temir kuchini” olgan suvlar foydalidir. Ulug‘ hakim suvning sifati va foyda-zarari haqidagina to‘xtalib qolmay, uning sifatini aniqlash va og‘ir suvdan ichimlik suv tayyorlash usullari haqida ham keng ma’lumot beradi.
Suvning sifatini aniqlashda Ibn Sino quyidagi usulni taklif qilgan edi: bir xil og‘irlikdagi va sifati jihatidan ham bir xil bo‘lgan ikki bo‘lak paxta yoki mato olib ikki xil suvda ho‘llash kerak, so‘ng ular yaxshilab quritilib tortib ko‘riladi. Qaysi paxta yoki mato yengil chiqsa, u ho‘llangan suv jihatidan yaxshi suv deb baho beradi.
Alloma Ibn Sinoning ilmiy qarashlarida o‘rta asr saboqlariga xos soddadillik sezilib tursa ham, suvni tozalash va toza saqlash haqidagi fikrlari ekologik muammolar kuchaygan bizning davrimizda ham o‘z ahamiyatini to‘liq saqlab qoldi. Xulosa qilib aytganda, Ibn Sino tibbiyot ilmi sohasida o‘z qarashlari bilan ustozlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdiki, uning yuqoridagi kashfiyotlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling