1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


SSSRda qabul qilingan besh yillik rejalar


Download 1.08 Mb.
bet22/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

SSSRda qabul qilingan besh yillik rejalar.



T/r

Besh yilliklar

yillar

1

I-besh yillik

1928-1932

2

II-besh yillik

1933-1937

3

III-besh yillik

1938-1942

4

IV-besh yillik

1946-1950

5

V-besh yillik

1951-1955

6

VI-besh yillik

1956-1960

7

VII-besh yillik

1959-1965

8

VIII-besh yillik

1966-1970

9

IX-besh yillik

1971-1975

10

X-besh yillik

1976-1980

11

XI-besh yillik

1981-1985

12

XII-besh yillik

1986-1990

13-mavzu: Surxondaryoda islohotlarning amalga oshirilishi va uning natijalari (2-soat).
Reja:

  1. Surxondaryoda yev-suv islohotining amalga oshirilishi va natijasi;

  2. Surxon vohasida yangi yerlarning o’zlashtirilishi;

  3. Janubiy Surxon suv omborining qurilishi;



Asosiy adabiyotlar :

  1. 1.S. N. Tursunov Surxondaryo etnografiyasi . o’quv qo’llanma. Toshkent , tafakkur , 2020 yil

  2. Tursunov S.N. T. Pardayev . Surxondaryo – etnografik makon. Toshkent . 2012 .akademik nashriyoti

  3. Tursunov S.N. T. Pardayev G. Ahmedova O’zbekiston janubiy hududlarIda madaniy va amaliy sa’nat yodgorliklari tarixi Toshkent ,2012 Akademik nashriyoti

  4. E Qobulov E.A. Surxon vohasi xo‘jaligi, - T. “Sharq.” 2012

Surxondaryo okrugida o‘tkazilgan eng yirik siyosiy jarayonlardan biri bu 1928-1929 yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohotlari hisoblanadi. Bu islohotlarni o‘tkazishdan muayyan maqsadlar ko‘zlangan edi. Iqtisodiy tomondan olib qaraydigan bo‘lsak, 1925 yilda butun Sovet davlatida industrlashtirish (sanoatlashtirish) jarayoni avj olib ketdi. Ishga tushirilayotgan sanoat korxonalariga tobora ko‘proq xom ashyo kerak edi. Bu davrda Rossiyadagi to‘qimachilik korxonalari asosan AQShdan valyuta hisobiga keltirilayotgan paxta bilan ishlar edi. Keng ko‘lamli sanoatlashtirish avj olayotgan bir sharoitda Amerika paxtasiga qaramlikdan qutulish va chet el valyutasini tejash davr talabiga
aylandi. Buning uchun mamlakatda paxtachilikni rivojlantirish zarur edi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan Sovet davlati O‘zbekistonda yirik paxtachilik plantatsiyalarini shakllantirish bo‘yicha ulkan rejalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu amalda iqtisodiyotda paxta monopoliyasining o‘rnatilishini anglatar edi.
O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish oson emas edi. Buning uchun juda ko‘plab yangi yerlarni o‘zlashtirish va yirik irrigatsiya inshootlarini qurish talab qilinar edi. Ammo bu ishlarni bajarish uchun mablag‘lar yo‘qligi hisobga olinib, boylar va o‘ziga to‘q dehqonlarning yerlarini tortib olish yo‘lidan borildi.
1925 yilning 18 fevralida I.Stalin O‘zbekiston kompartiyasining I s’ezdiga telegramma yo‘llab, yer-suv masalasiga alohida e’tibor qaratishni ta’kidladi1. Shu s’ezdda qatnashgan SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (MIQ) raisi M.I.Kalinin ham bunga alohida urg‘u berdi2. 1925 yilning oktyabrida VKP (b) MK I.Stalin va M.I.Kalinin boshchiligidagi komissiya tomonidan ishlab chiqilgan «O‘rta Osiyo Respublikalarida yer- suv islohoti bo‘yicha ishlarning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi dasturni qabul qildi. Shu dasturdan kelib chiqib, 1925 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kompartiyasining II s’ezdida respublikada yer-suv islohotini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Natijada, O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1925 yil 2 dekabrda «Er va suvni natsionalizatsiya qilish» to‘g‘risida va «Er va suv islohoti to‘g‘risida» dekretlarni qabul qildi. Ana shu dekretlar asosida 1925-1929 yillarda O‘zbekistonda yer-suv islohoti o‘tkazildi. O‘zbekistonda yer oldi-sottisi, hadya qilish, garovga qo‘yish qat’iyan ta’qiqlandi3. Yer bilan bog‘liq barcha kelishuvlar bekor qilindi4. O‘sha kunning o‘zida Farg‘ona, Samarqand va
Toshkent oblastlarida yer-suv islohotlarini o‘tkazish to‘g‘risida dekret ham qabul qilindi1.
O‘zbekistonda yer-suv islohoti 3 bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1925-1926 yillarda Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida, ikkinchi bosqich 1927 yilda Zarafshon (Buxoro) vohasida, uchinchi bosqich 1928-1929 yillarda Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazildi2. Yer-suv islohoti Surxon vohasida sal kechroq va o‘ziga xos shaklda o‘tdi. Negaki, mahalliy aholining asosiy qismi bu hokimiyatni norozilik bilan kutib olgan edi. Qolaversa, vohada hali mustabid sovet rejimiga qarshi qurolli kurash hali to‘xtamagan edi.
1926 yilning so‘ngida Zarafshon oblastida o‘tkazildi. Ammo Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida faqat 1929 yil boshlaridagina o‘tkazildi.
Yer-suv islohotlarini o‘tkazishda “Qo‘shchi” uyushmasining roli juda katta bo‘ldi. Uning a’zolari boy xo‘jaliklarini aniqlash va yerlarni kambag‘allarga bo‘lib berishda faol ishtirok etishdi. Bularning barchasi aholi o‘rtasida sovetlarning obro‘yi oshib borishiga olib keldi. Farg‘ona, Samarqand, Toshkent oblastlarida yer olgan “Qo‘shchi” uyushmasi a’zolarining soni ikki baravar o‘sdi. Andijon okrugida esa bu raqam to‘rt baravarni tashkil qildi3.
Shu bilan birga yer-suv islohotiga qarshi kurash ham kuchayib bordi. 1928 yil ichida hamda 1929 yil boshida yer olgan kishilardan 61 kishi, 30 qishloq faoli, 23 sovet xodimi, 100 nafar faol xotin-qiz o‘ldirildi. Aniqlangan qotillarning 169 tasi yirik yer egalari, amir amaldorlari, quloqlar va 10 nafari ruhoniylar edi Bunga javoban sovet hokimiyati yangi terror to‘lqinini boshlab yubordi. 1928 yil dekabrida VKP (b) MK ning ko‘rsatmasiga binoan O‘zSSR MIK o‘z yerlarini yashirgan pomeshchik va yirik quloq xo‘jaliklarini to‘liq tugatish to‘g‘risidagi dekretni qabul qildi. 1929 yil yanvar-fevral oylarida boylarga qarshi keng ko‘lamli kampaniya boshlanib ketdi. Buning natijasida kambag‘allarning bir qismi yer olishga muvaffaq bo‘ldi1. Lekin ko‘p joylarda sovet ma’murlarining o‘zboshimchaliklari aholining haqli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Joylarda ko‘plab dehqonlar asossiz ravishda yerdan mahrum bo‘lib qolishdi. O‘zbekistonda qaltis vaziyat yuzaga keldi. Shuni hisobga olgan O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti o‘zining II sessiyasida “Er islohotlari vaqtida saqlanib qolgan pomeshchik va yirik quloq xo‘jaliklarini tugatishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish va to‘liq tugatish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, yirik yer egaligini to‘liq tugatish ishlari to jamoalashtirishga qadar vaqtincha to‘xtatildi2.
Islohotning asosiy natijalari 1928 yil 5 may kuni O‘zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining SSSR Davlat Reja komitetining Prezidiumidagi ma’ruzasida muhokama qilindi. Unda islohotning muvaffaqiyatli yakunlanganligi, dehqonlarning boylarga renta to‘lashdan qutulganliklari, paxta maydonlarining kengayganligi, qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalar tobora ko‘proq ishlatilayotganligi, yersiz dehqonlar soni ozayganligi alohida e’tirof etildi3.
Sovet davlati ozodlik harakatining iqtisodiy ildizini qirqish uchun yer-suv islohotlari va jamoalashtirish siyosatini o‘tkazishga kirishdi. O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan 1928 yil 1 noyabrda 192-sonli «Yirik boylarning yerdan mehnatsiz foydalanishini tugatish to‘g‘risida»gi dekreti qabul qilinadi. Unga ko‘ra, Surxondaryo okrugida yirik boylar, amir amaldorlari va ruhoniylarning 20 gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlari va lalmi yerlarning 45 gektaridan oshiqchasi tortib olinadigan bo‘ldi1.
«Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatishni o‘tkazuvchi organlar to‘g‘risidagi Nizom»da ko‘rsatilishicha, yer-suv islohotini Narkomzem (Er ishlari bo‘yicha xalq komissarligi), okrug ijroiya qo‘mitalari qoshidagi Okrug Yer Komissiyasi, tuman yer komissiyalari o‘tkazishi belgilandi2.
Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatish to‘g‘risidagi dekretni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnomada shunday ko‘rsatma beriladi:
Pomeshchik tipidagi yirik boy xo‘jaliklarini tugatishda barcha yerlarni, shu jumladan, daraxtlar, ekinzorlar, bog‘lar va shu kabilar, ushbu yerda joylashgan barcha imoratlar va qishloq xo‘jalik ahamiyatidagi binolar (omborxonalar, qo‘tonlar, chig‘irlar, qo‘rg‘onchalar, quduqlar va hkz.lar), shuningdek, musodara qilinadigan yerdagi tegirmonlar va boshqa qurilishlar hamda qishloq xo‘jalik sanoatining yordamchi uskunalari tortib olinadi. Ularga faqat turar-joyi qoldiriladi. Shahar ichidagi inshootlar va korxonalar tugatishga kiritilmaydi. Agar tugatiladigan xo‘jalik egasi atrofdagi aholi uchun zarar keltiruvchi shaxs sifatida tan olinsa, uni surgun qilib, mol-mulki va uy-joylari to‘lig‘icha tortib olinadi3.
10 kishidan ortiq kishi yashaydigan katta oilalarga imtiyoz berilishi ko‘zda tutildi. Bunda ushbu oila a’zolaridan biron kishi dala ishlariga doimiy jalb qilingan bo‘lsagina ushbu toifaga kiritildi. Mazkur oilalarga tumanda belgilangan miqdordagi yer qoldirilishi belgilandi.
Yo‘riqnomada butunlay tugatilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar aniq belgilab berildi.
Sobiq Buxoro amirligi bo‘yicha:
A) markaziy ma’muriyat bo‘yicha – qo‘shbegi, to‘pchiboshi, lashkarboshi, xazinachi, udaychi, devonbegi, miripoyan, zakotchi, rais, mirshab, amlokdor, jamoa, qozikalon, biy, dodho, to‘qsabo, shayxulislom, mufti, a’lam va oxun;
B) viloyatlar ma’muriyati bo‘yicha – beklar, qo‘rg‘onbegilar, qozi, rais, amlokdor, og‘alik, yasovulboshi, qorovulbegi, miroxur, to‘qsabo, biy, sudur, sadr, o‘roq, muftiy, a’lam, mudarris, ko‘p muridlarga ega eshonlar, tuman markazlarida yashovchi xatiblar.
Sobiq Xiva bo‘yicha: – mahram, yasovul, karvonboshi, qushbegi, devonbegi, qozikalon eshon, a’lam eshon, muftiy eshon, qozio‘rda eshon, islomxo‘ja va kanaxo‘ja1.
Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, islohotga siyosiy tus berilganligi ayon bo‘ladi. So‘nggi tadqiqotlar sovet rejimining yer-suv islohotlarini o‘tkazishdan oldin qatag‘on qilinishi lozim bo‘lgan kishilarning ro‘yxati va ularning tavsifnomasini tuzib chiqqanligini ko‘rsatdi. E’tiborli tomoni, bu ro‘yxatlar sir saqlash tamg‘asi ostida tuzilgan edi. Sovet hukumati ruhoniylar, amir amaldorlari va boylarni aniqlash maqsadida bir nechta guruhlarni yuborgan. Birinchi guruh aniqlay olmagan kishilarni keyingi guruh aniqlab boravergan.
Ro‘yxatlar shakllantirilgach, komissiya tomonidan maxsus ish (delo)lar tutilib, unga tugatiluvchi xo‘jalikda yashovchi odamlar soni va mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. Ulardan eng yiriklari bo‘yicha alohida tavsifnomalar yozilgan. Keyin yer-suv komissiyasining xo‘jalikni tugatish bo‘yicha qarori chiqarilgan va mol-mulkni tortib olish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan. Oxirida qishloq kengashlari tomonidan mazkur xo‘jalikning tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berilgan. Quyida ana shunday hujjatlarning ayrimlari bilan tanishtiramiz:
Berildi shu to‘g‘ridakim, Denov tumani Yangibozor qishloq kengashidagi Jar qishlog‘ida yashovchi Xo‘jaqul O‘taganov xo‘jaligi O‘zMIQ ning 1928 yil 1 noyabrdagi 192-sonli Dekreti asosida Denov tuman yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatish bo‘yicha Yer Komissiyasining 1928 yil 13 dekabrdagi 56-sonli qarori bilan boy tipidagi xo‘jalik bo‘lganligi uchun tugatildi. Undan 192 tanob yer, 2 ta ot, 2 ta ho‘kiz, 1 dona bel, 40 pud arpa, 35 pud bug‘doy, 150 pud somon, 1 dona ketmon, 1 dona o‘roq tortib olindi1.
Berildi shu to‘g‘ridakim, Sariosiyo tumani Zaxnobod qishloq kengashidagi Zaxnobod qishlog‘ida yashovchi Tilov oqsoqol Boymatov xo‘jaligi O‘zMIQ ning 1928 yil 1 noyabrdagi 192-sonli Dekreti asosida Sariosiyo tuman yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatish bo‘yicha Yer Komissiyasining 1928 yil 19 dekabrdagi 33-sonli qarori bilan yirik pomeshchik tipidagi xo‘jalik bo‘lganligi uchun tugatildi. Undan 52 gektar yer, 2 ta ot, 6 ta ho‘kiz, 4 ta ishlab chiqarish korxonasi, 2 dona omoch, 75 pud bug‘doy, 120 bog‘dan iborat 500 pud somon, 1 dona ketmon, 2 dona o‘roq tortib olindi2.
Ta’kidlash joizki, yer-suv islohoti arafasida Termiz tumanida har bir dehqon xo‘jaligiga o‘rtacha 3-4 tanob, boy xo‘jaligiga esa 10-15 tanob to‘g‘ri kelgan edi. Denov tumanidagi butun xo‘jaliklarning 4,68 % ni yirik boy xonadonlar tashkil etib, ular ixtiyoriga barcha ekin maydonlarining 46,03 %, Sariosiyo tumanida esa butun xo‘jaliklarning 3,7 %, ekin maydonlarining 70 % yirik yer egalari qo‘lida bo‘lib, tumandagi 5 ming xo‘jalikning 3 mingtasida 0,5 dan 5 tanobgacha yer to‘g‘ri kelar edi. Boysundagi jami ekin maydonlarining 9,6 foizi butun aholining 0,4 foizini tashkil etgan boylar qo‘lida edi. Yersiz kambag‘al- qashshoqlar Boysun tumanida 12,1 %, Termiz tumanida 46,8%, Sariosiyoda 41,9%, Sherobodda 51,2% ni tashkil etgan3.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, vohada yirik mulkdorlarning umumiy ulushi juda past bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, kompartiya rahbariyati mazkur islohotlardan ichki ziddiyatlarni avj oldirishga harakat qildi. Jumladan, 1928 yilning 5 noyabrida, bozor kuni bo‘lganligidan foydalanib, Jarqo‘rg‘onda yer-suv islohotini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha yirik miting o‘tkazildi. Unda bel, ketmon, o‘roq va shoxalar bilan qurollangan mingdan ortiq batraklar, yersiz yoki oz yerga ega bo‘lgan dehqonlar qatnashishdi. Shundan so‘ng namoyishchilar qizil bayroqlarni hilpiratib, bozor maydonigacha kelishdi va bu yerda ikkinchi miting o‘tkazildi. Unda yerdan mehnatsiz foydalanishni to‘xtatish, boy- quloq unsurlar, ruhoniylar va sobiq amir amaldorlariga nisbatan la’natlar aytish umumiy shiorga aylandi. Namoyish so‘ngida komissiyaga ko‘maklashish uchun 5 nafar kambag‘aldan iborat guruh tuzildi. Ana shunday kishilar yordamida tumanda yirik mulkdorlarning xo‘jaliklarini tugatishga kirishildi1.
Boysun tumanida olib borilgan islohotlarda kambag‘allar va batraklar faol ishtirok etishib, oliy ruhoniylar, boylar va amir amaldorlarining yerlarini tortib olishni talab qilishdi2.
Yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni yumshatish va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida Sherobod tumanidagi Ahmad to‘qsabo Shomurodov, Subhonqul Sobirov (boy), Abduvohid Omonqulov (eshon), Majid Abdukarim (qorovulbegi) singari boylar ixtiyoriy ravishda yerlaridan voz kechib, uni o‘z qishloqdoshlariga bo‘lib berishdi. Bunga javoban Surxondaryo okrug Yer Komissiyasi barcha tuman bo‘limlariga xat jo‘natib, «ko‘ngilli tarzda» yerni topshirayotgan boylardan aslo yer olmasliklarini talab qildi. Komissiyaning fikricha, ular bu ishi bilan o‘z obro‘larini saqlab qolmoqchi bo‘lishgan. Shu sabab, bunday boylarning mol-mulkini ulardan so‘rab o‘tirmay to‘liq musodara qilish kerak3.
Er-suv islohoti natijasida sobiq amir amaldorlari, ruhoniylar, savdogarlar va yirik boylarning butun mol-mulki musodara qilingan. Ularning yashashi uchun hech qanday imkoniyat qoldirilmagan. Natijada Surxondaryo okrug Yer Komissiyasi qaroridan norozi bo‘lib shikoyat qiluvchilar soni ko‘payib borgan. Ulardan Sherobod tumanidagi Zarabog‘ qishlog‘ida yashovchi Mengliqul Haqnazarovning Okrug Yer Komissiyasiga yozgan shikoyatida aytilishicha, tuman Yer Komissiyasining 1928 yil 14 dekabrda qabul qilgan qarori bilan u amir amaldori sifatida tan olinib, 22 tanob lalmi yeri, 51 tanob sug‘orma yeri, 3 ta ho‘kiz, 2 ta otini musodara qilingan. 14 kishidan iborat bo‘lgan oilasini boqish uchun hech narsa qoldirilmagan. Bunda qishloqlarda ayrim kishilarni «polvon»,
«rais» deb chaqirganlaridek, uni ham «oqsoqol» deb atashganligini, biror kishi uni amir xizmatida bo‘lganligi isbotlab berolmasligini, shunga qaramay, amir amaldorlari toifasiga kiritilganligini afsus bilan qayd qilib, yordam berishni so‘raydi1. Afsuski bu ariza boshqa ko‘pgina shunga o‘xshash shikoyatlar qatori javobsiz qoldirilgan.
Sovet rejimi o‘ziga xizmat qilgan boylarni ham ayamagan. Maxfiy hujjatlardan birida aytilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidagi To‘pqora qishlog‘ida yashovchi Marqa Aliboev o‘rtahol dehqon bo‘lib, 2-3 gektar yeri, ot, eshak va 2 tuyasi bo‘lib, boy sifatida saylov huquqlaridan mahrum etilgan. Marqa Aliboev o‘tmishda musulmon otryadiga bosh bo‘lib, milliy kuchlarga qarshi kurashganligi uchun o‘z noroziligini bildirgan va «meni shu xizmatlarim uchun mahrum qilishdi» degan2.
Sherobod tumanidagi Xo‘jaqiya qishlog‘ida yashovchi Mustafoqul Muqimovning 1929 yil 19 fevralda Surxondaryo okrug Yer Komissiyasi nomiga yozgan arizada aytilishicha, tuman yer komissiyasi uni boy deb hisoblab, 22 tanob yeri va bir otni tortib olgan. Ushbu yerlarni o‘zi ishlashi, hech kimga ijaraga bermaganligi, qolaversa, sobiq bosmachilarga
qarshi kurash olib borganligi uchun Surxondaryo okrug ijroiya qo‘mitasi tomonidan 1927 yilda mukofot olganligini ma’lum qiladi1.
Amirlik davrida Termiz shahri hokimi – bekcha lavozimida ishlagan Xolmurod Pirnazarov ham qatag‘onga uchradi. Oila a’zolari soni 11 jondan iborat bo‘lishiga qaramay, 1928 yilda amir amaldori sifatida xo‘jaligi tugatilgan. Aksiga olib, uni fuqarolik huquqlaridan ham mahrum etishgan. Surxondaryo okrug OGPU bo‘limi tomonidan Surxondaryo okrug ijroiya qo‘mitasi raisi nomiga 1930 yil 18 mayda jo‘natilgan xatda yozilishicha, fuqaro Pirnazarov 1921 yildan boshlab Sovet davlati tomonida turib, milliy kuchlarga qarshi kurashganligi, uning amir amaldori bo‘lmaganligini ko‘plab hujjatlar va Pattakesar2 shahri aholisi ham tasdiqlashi ko‘rsatilgan. Pirnazarovning aytishicha, u ishlagan lavozim (bekcha) qishloq oqsoqoli lavozimiga to‘g‘ri kelib, o‘zi 5-6 kishilik qayiq egasiga ijarachi bo‘lgan. Ana shundan kelib chiqib, Surxondaryo OGPU raisining o‘rinbosari Dimentman okrug raisidan Pirnazarovning huquqlardan mahrum etilish sabablarini so‘ragan3. 1930 yil 23 mayda Surxondaryo okrug ijroiya qo‘mitasidan kelib tushgan maxfiy xatda yozilishicha, Pirnazarov Xolmurod ilgari haqiqatdan ham amir amaldori bo‘lib ishlaganligi va buni kambag‘allar yig‘ini tasdiqlashini, shundan kelib chiqib uni huquqlardan mahrum etilganlar ro‘yxatida qoldirilishini ma’lum qilgan4.
Okrugda yer-suv islohotini o‘tkazish sun’iy ravishda avj oldirildi. 1928 yilning 1 noyabridan 1929 yil yanvariga qadar Surxondaryo okrugida rasman 531 ta yirik yer egalari tugatilib, reja 100% ga bajarildi. Bu jami xo‘jaliklarning 1,22 % i edi. Islohot davomida sug‘oriladigan yerlarning 20 desyatinadan ortiqrog‘i, lalmi yerlarining 45 desyatinadan ortiqrog‘i musodara qilindi. Mulkdorlardan 8995 gektar sug‘oriladigan va 8049 gektar lalmi yerlar tortib olindi. Tortib olingan yerlar okrugdagi barcha yerlarning 8,03 % ga to‘g‘ri kelar edi. Bundan tashqari, 646 ot, 845 ho‘kiz va ko‘plab qishloq xo‘jalik asbob-uskunalari musodara qilindi. Olingan narsalar 4382 nafar kambag‘al va kam yerli kambag‘al dehqonlarga taqsimlandi. Okrugdagi 10,1 % dehqon xo‘jaliklariga 11107 gektar sug‘oriladigan, 4097 gektar lalmi yerlar va 1357 bosh ish hayvoni bo‘lib berildi1.
Ammo o‘tkazilgan arxiv tadqiqotlari yer-suv islohotlari natijasida mulki tortib olinib, qatag‘on qilingan kishilar soni yanada ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi. Sababi, Yer Komissiyasi bergan hisobotda faqat 1928 yil noyabr oyida 671 xo‘jalik tugatilganligi ma’lum qilingan edi. Quyidagi jadvalda ushbu hisobot ko‘rsatib beriladi.
5-jadval. Surxondaryo okrugida yerdan mehnatsiz foydalanishni tugatish bo‘yicha olib borilgan ishlarning birinchi bosqichi to‘g‘risida berilgan hisobot




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling