1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
-mavzu: Mulkdorlarni qatag’on qilish siyosati
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
15-mavzu: Mulkdorlarni qatag’on qilish siyosati
(2 soat) Reja: Mulkdorlarni qatag’on qilish siyosati va salbiy oqibatlari Surxon vohasida 1932-yildagi quloq qilish siyosatining davom ettirilishi Quloq qilish siyosatini arxiv manbalari asosida yoritish Asosiy adabiyotlar : Rustambek Shamsutdinov O`zbekistonda Sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari. Toshkent 2016-yil S. N. Tursunov Surxondaryo etnografiyasi . o’quv qo’llanma. Toshkent , tafakkur, 2020 yil Tursunov S.N. T. Pardayev . Surxondaryo – etnografik makon. Toshkent . 2012 .akademik nashriyoti Tursunov S.N. T. Pardayev G. Ahmedova O’zbekiston janubiy hududlarIda madaniy va amaliy sa’nat yodgorliklari tarixi Toshkent ,2012 Akademik nashriyoti E Qobulov E.A. Surxon vohasi xo‘jaligi, - T. “Sharq.” 2012 SSSR MIK va XKS ning 1930 yil 1 fevralidagi qaroriga asosan yerlarni ijaraga berish va yollanma mehnatdan foydalanish butunlay bekor qilindi1. VKP(b)MK Siyosiy byurosining «Yoppasiga jamoalashtirish jarayonida quloq xo‘jaliklarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori va VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining «Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog‘liq tadbirlar to‘g‘risida» gi ko‘rsatmalari (1930 yil 26 yanvar) asosida O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1930 yil 17 fevralda «Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida» qaror qabul qildi2. Kollektivizatsiya butun O‘zbekistonda bo‘lgani singari Surxondaryo okrugida ham hech qanday tayyorgarliksiz, shoshma-shosharlik bilan o‘tkazildi. Mahalliy partiya va sovet arboblarining o‘ylamay qilgan ishi katta xatoliklarga sabab bo‘ldi. Kolxozlar tashkil etilgan joylarda uy- joylar, mayda chorva mollari, parranda va hokazolarni tezlik bilan umumlashtirish nazarda tutilgandi. Artel tuzishda ham hamma chorva mollarini umumlashtirishga harakat qildilar3. Oqibatda odamlar o‘rtasida norozilik holatlari kuchayib bordi. OGPU tomonidan 1930 yil 10 mayda Surxondaryo okrug ijroiya qo‘mitasi nomiga jo‘natilgan xatda Qumqo‘rg‘on qishloq kengashining raisi Mahmadqulov Xolboy kolxozchilar va dehqonlar orasida kolxozda hamma xotinlar umumiylashtirilishi haqida gapirib, ularni kolxozga kirmaslik uchun tashviqot olib borayotganligini ma’lum qilgan4. Boysun tumanidagi Bandixon qishloq kengashiga kelgan Ekin komissiyasi a’zosi Osipov vaziyatni o‘rganmay, barcha o‘tovlarni umumlashtirgan. Shundan so‘ng 160 nafar dehqon Boysun tuman ijroiya qo‘mitasi nomiga shikoyat yozib, kolxozchilarning dalaga chiqib ishlamasliklari, buning sababi, o‘tovlar bilan birga xotinlar ham umumlashtirilishi haqida fikr paydo bo‘lganligini ma’lum qilishgan. Vaziyatni chuqur o‘rgangan komissiya Osipovning ushbu ishini noto‘g‘ri deb topib, unga hayfsan e’lon qilgan1. Ko‘pincha jamoalashtirish majburiy yo‘l bilan olib borilgan. Surxondaryo okrug OGPU boshqarmasining xabar berishicha, Boysun tuman Ekin komissiyasi a’zolari Maxtumov va Solihov Munchoq qishlog‘iga kelib yig‘ilish o‘tkazishgan. Maxtumov kolxozga kirganlarga birinchi bo‘lib urug‘lik va ish hayvoni sotib olish uchun pul va boshqa imtiyozlar berilishini, kirmaganlar esa yeri, chorvasi va butun mol-mulki tortib olinib, quloq qilinishini aytgan. Natijada shu vaqtning o‘zida kolxozga 12-13 xo‘jalik a’zo bo‘lgan. Solihov esa kolxozga yozilmaganlar quloqqa tortilib, yeri kolxoz foydasiga olib qo‘yilishini aytganidan so‘ng, 56-58 xo‘jalik mulkidan ajrab qolishidan qo‘rqib kolxozga a’zo bo‘lgan. Yig‘ilishdan so‘ng Solihov qishloq kengashi raisi va kotibi bilan birga dehqonlar yo‘qligidan foydalanib, go‘yoki kolxozga kirmoqchi bo‘lgan dehqonlarning ro‘yxatini tuzishgan. Natijada Munchoq, Uzunquduq, Chilonzor qishloqlaridan 161 xo‘jalik ro‘yxatga tushib qolgan. Bu esa keyingi oylarda odamlarning kolxozdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan. 1930 yil may oyiga kelib, 23 xo‘jalik jamoa bo‘lib yerni ishlagan, qolganlari alohida mehnat qilgan2. 1930 yil 1 aprel holati bo‘yicha Boysun tumanida jamoalashtirish 87% ni tashkil qildi. Tumanda jami 55 ta kolxoz mavjud bo‘lib, shuning 53 tasi artel edi3. Surxondaryo okrugida jamoalashtirish zudlik bilan amalga oshirilishiga qaramasdan, dehqonlar unga nomigagina kirishgan. Ular davlat tomonidan berilgan topshiriqlarni istamasdan, nomigagina bajarishgan. Xususan, Surxondaryo okrug OGPU boshqarmasining okrug ijroiya qo‘mitasiga jo‘natgan maxfiy xabariga ko‘ra, 1930 yil 14 fevral kuni talabnoma jo‘natilishiga qaramasdan, 15 fevralda qishloq kengashlaridan hech kim Jarqo‘rg‘ondagi Zang kanalini tozalashga kelmagan. 16 fevral kuni Oqqo‘rg‘on qishloq kengashidan 282 kishi o‘rniga 109 kishi kelgan, Jarqo‘rg‘ondan 414 kishi o‘rniga 34 kishi, Minordan 318 kishi o‘rniga 10 kishi kelgan. To‘pqora, Angor, Zang, Novshahar, Oktyabr qishloq kengashlaridan biron kishi kanal tozalashga kelmagan1. Shu davrda sovet rejimi kolxozga kirishdan bosh tortgan dehqon xo‘jaliklariga qarshi ommaviy ravishda «quloq» qilish kampaniyasi boshlab yubordi. Quloqqa tortish — odamlarni barcha fuqarolik, konstitutsiyaviy, birinchi navbatda saylov huquqlaridan mahrum qilish edi. Quloqqa tortish hech qanday sudsiz, tergovsiz hal qilingan. Bu ishlar raykom kotibi, rayijroqo‘m2 raisi va OGPUning mahalliy rahbarlaridan tashkil topgan maxsus kengashlar, «uchlik»lar va «ikkilik»lar tomonidan bajarilgan. Ular tomonidan okrug va tuman ijroiya qo‘mitalariga ma’lum bir kishlarni quloqqa tortish haqida so‘rovnomalar jo‘natilib turilgan. 1930 yil fevral oyida OGPUning Surxondaryo okrug bo‘limi tomonidan Boysun tumanida quloqlarni aniqlash bo‘yicha tezkor ishlarni amalga oshirgan. Quyida OGPUning maxfiy ma’lumotlaridan namunalar keltiramiz: Omonov Shodiqul––Darband qishlog‘ida yashovchi savdogar, boy. Yollanma ishchilarga ega. Qishloq vakili, VKP (b) a’zosi Rahimov Mahmatmirza bilan qarindoshchilik aloqalariga ega bo‘lganligi bois quloqqa tortilmagan. Muzaffarov Boboxo‘ja––Pasurxi qishlog‘ida yashovchi boy. 12 botmon3 lalmi yeri, 4 tanob bog‘ va bedazori, 3 botmon sug‘orma yeri, 2 ta ho‘kiz, 3 ta eshak, 2 ta sigirga ega. 1929 yilga qadar muttasil yollanma ishchi kuchini ishlatgan. Qishloq vakili bilan aloqasi borligi uchun Muzaffarov quloqlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Jabborov Qo‘zi––Avlod qishlog‘ida yashovchi boy. 7 botmon lalmi yeri, 1 ½ tanob bedazori, 1 ta ho‘kiz, 1 ta sigir, eshak, 2 ta ot, moyjuvozga ega, bir nafar yollanma ishchisi bor, qishloq vakili yordamida quloqlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Ro‘ziev Holiq––Pulhokim qishlog‘ida yashovchi boy. 6 botmon lalmi yeri, 4 botmon sug‘orma yeri, 3 tanob bog‘ va bedazori, 3 ta ho‘kiz, 2 ta sigir, 3 ta eshak, 3 ta ot, 50 bosh qo‘yga ega, yollanma ishchi kuchidan foydalanadi. Pulhokim qishloq kengashi raisi O‘taev Qosim yordamida quloqlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Rahimov Turboy––Machay qishlog‘ida yashovchi boy. 20 botmon lalmi yeri, 6 tanob bedazori, 4 ta ho‘kiz, 2 ta sigir, 2 ta ot, 4 ta eshak, 30 bosh echkiga ega, yollanma ishchi kuchidan foydalanadi, quloq deb tasdiqlangan. Machay qishloq kengashining sobiq raisi yordamida joriy yilda soliqqa tortilmagan. Mirzaqulov Ko‘char––Machay qishlog‘ida yashovchi boy. 36 botmon lalmi yeri, 4 tanob sug‘orma yeri, 4 ta ho‘kiz, 2 ta sigir, 3 ta ot, 5 ta eshak, 300 bosh mayda molga ega, yollanma ishchi kuchidan foydalanadi. RIK tomonidan quloq sifatida tasdiqlangan. Qishloq vakili To‘ramurodov yordamida mol- mulkini musodara bo‘lmasligi uchun xotini nomiga o‘tkazgan. Mulkini yashirgani uchun 1928 yilda sudga berilgan va jarimaga tortilgan. 1929-30 yilda 11 so‘m 30 tiyin miqdorida soliqqa tortilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rishlaringizni so‘rayman1. Surxondaryo okrug OGPU boshqarmasining 1930 yil 30 mart kuni Boysun tuman ijroiya qo‘mitasiga yo‘llagan maxfiy xatida quyidagi shaxslarni quloqqa tortish so‘ralgan. Bular: Mahmatqulov Rahmatqul – Darband qishlog‘ida yashovchi sudxo‘r boy. Xo‘jaligida 8 botmon lalmi yeri, 1 botmon sug‘orma yeri, 220 bosh qo‘y- echkisi, 5 bosh qoramoli, 1 ta ot, 2 ta eshagi bo‘lgan, yollanma ishchi kuchini ishlatgan. Karimqulov Qobil – Darband qishloq kengashidagi Sesanga qishlog‘ida yashovchi sobiq sudxo‘r boy. Xo‘jaligida 12 desyatina lalmi yeri, 1 desyatina bedazori, 250 bosh mayda moli, 7 bosh qoramoli bo‘lgan, yollanma ishchi kuchini ishlatgan1. Quloq qilish, jamoalashtirish ishlariga asosan chalasovod, yuqoridan berilgan topshiriqqa aqli yetmaydigan, qishloq xo‘jaligi arteli nizomini bilmaydigan, saviyasi past kishilar rahbarlik qilishdi. Vijdonli, halol, uzoqni ko‘ra oladigan, elparvar kishilar boshqaruvdan chetlashtirildi. Arxiv hujjatlarida ana shunday mahalliy rahbarlarning ishdan chetlatilishi yoki qamoqqa olinishi bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. 1930 yil 25 martda Boysun tumanining siyosiy va iqtisodiy holati bo‘yicha berilgan maxfiy hisobotida aytilishicha, Machay qishloq kengashida sobiq RIK raisi Allayorov o‘z ukasi (sobiq bosmachi), mullalar, eshonlar va huquqdan mahrum qilinganlar bilan birga kolxoz qurilishiga qarshi guruh tashkil etganlikda ayblangan va jami 12 kishi OGPU liniyasi bo‘yicha qamoqqa olingan2. Duoba qishloq kengashidagi quloq Bobo Polvonning ikki o‘g‘li aholini o‘z ta’siriga olib, o‘zlarini kolxozga qabul qilish haqida talab bilan chiqishdi. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida matlubot kooperatsiyasi boshlig‘i Ahmad eshon (sobiq bosmachi), amir amaldori, qishloq kengashining 2-kotibi Idiguxon – Sattor Murodov (12 yillik imomlik stajiga ega) ushbu g‘alayonlarga boshchilik qilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularni ishdan olib, Bobo polvon surgun qilindi3. 1930 yil 29 mart kuni Sherobod tuman partiya qo‘mitasi, Surxondaryo okrug ijroiya qo‘mitasi, OGPU, okrug Ekin komissiyasiga yuborilgan maxfiy xatda yozilishicha, Xo‘jaulkan qishlog‘idan Imomqulov Chori chorvachilik shirkati raisi qilib saylangan. U sobiq savdogar, bosmachilik ko‘makchisi sifatida bir necha marta qamoqqa olinganligi bois ishdan olish taklif qilingan1. 1930 yildan boshlab quloq xo‘jaliklarini tugatish va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha Surxondaryo okrug sudi tomonidan sotsialistik musobaqa o‘tkazildi. Birgina Denov tumanidagi 5-sonli uchastka xalq sudi tomonidan 1930 yil 31 yanvardan 10 fevralga qadar 66 nafar kishi quloq sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan. Faqat bir nafar kambag‘al borligi uchun unga imkoniyat berilgan. Qolganlari jarimaga tortilgan, mol-mulkining bir qismi musodara qilingan yoki topshirilmagan paxta va g‘allasi undirilgan2. Ushbu musobaqalarda sust ishtirok etgan va dehqonlarga rahm qilgan sudyalar ishdan olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan Sheroboddagi 130-sonli uchastkaning xalq sudyasi Ro‘ziboev Ernazar 1931 yilda boy-quloq elementlar bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib sudga berilgan3. Quyida yer-suv islohotlari va jamoalashtirish davrida javobgarlikka tortilgan mulkdorlarning ayrimlari haqida arxiv materiallari asosida ma’lumot beriladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling